Ma'naviyat beqiyos kuch
Download 171 Kb.
|
Abdug`afforov Asadbek
Ma`naviy barkamollik
Yosh avlodni jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda ma’naviyatning ta’siri beni hoya kattadir. Zero, barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarimizning o‘zligini anglashga, davlat va jamiyat, xalq va oila uchun munosib farzand bo‘lishlarida ma’na viyat beqiyos kuch sifatida o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ma’naviy ta’sir deganda aynan ma’naviyatga xos bo‘lgan sifatlarning insonga bevosita ta’siri tushuniladi. U o‘z ichiga axloqodob, huquq, nafosat, mehrmuhab bat, muomala madaniyati, mas’uliyat, daxldorlik, oli janoblik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ma’naviy ta’sir tushunchasini ikki xil ifoda etish mumkin: birinchidan, har qanday insonning kamolo ti ma’naviy ta’sirning mahsulidir; ikkinchidan, insonning o‘zi ham boshqalar uchun ma’naviy ta’sir manbayidir. Chunki har bir inson ajdodlaridan qolgan ma’naviymod diy meros, ezgu fazilatlardan ta’sirlangan holda o‘zida pok niyat, sof intilishlarni mujassam etib boradi. Ma’naviy ta’sirning ma’lum bir xalq doirasidagi ko‘ri nishiga birorbir alloma yoki mutafakkir izidan borgan shu xalqning keyingi avlodi hayoti va ijodini solishtirib ko‘rganda, buni sezish qiyin bo‘lmaydi. Misol uchun, mutafakkir Alisher Navoiyning o‘lmas merosi, durdo na asarlarining ahamiyati undan keyin yashabfaoliyat ko‘rsatgan Ogahiy, Munis, Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi o‘nlab shoirlar ijodida namoyon bo‘lgan. Yangi asrga ke lib Cho‘lpon, Avloniy, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlar ham bu an’analarni davom ettirganlar va rivojlantirganlar. Umu man olganda, ma’naviy ta’sir — bu otaonaning farzand ga ibratidir. Ma’naviyati mustahkam bo‘lgan xalqqa ega yurtning kelajagi ham barqaror bo‘ladi. Ma’naviyati mustahkam millat, fuqaro o‘z yo‘lidan adashmaydi. U jamiyat hayoti ni rivojlantirishga nafaqat nazariy qarashlari bilan, balki amaliy faoliyati bilan ham hissasini qo‘shadi. Vatanni se vish, vatanparvarlik inson ma’naviyatini belgilovchi aso siy omillardan biridir Ma’naviyat kamol topgan jamiyatda qobiliyat, iste’dod egalari shu jamiyat, millatning yuzi, g‘ururi, obro‘e’tibori hisoblanadi. Ma’naviyati yuksak jamiyatda aql, sog‘lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning, millatning ertangi kunga ishonchi kuchli bo‘la di, insonga xos bo‘lmagan salbiy illatlar barham topadi. Ma’naviyat ustuvor bo‘lgan joyda, u xaloskor kuchga ayla nadi. Kishilarning qalbidan joy oladi. Qayerdaki ma’na viyat, yoshlar tarbiyasi o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, u jamiyat hayotida parokandalik yuz beradi. Buning uchun har bir fuqaro loqayd va befarq bo‘lmasdan, tinmay o‘z ustida ishlashi, jamiyat va yurt taqdiri uchun yashab, faoliyat ko‘rsatishi lozim. «Oila va jamiyat sha’ni men uchun aziz», degan fikr doimo qalbida bo‘lishi zarur. «Xalq — ulug‘ va sharafi yo‘ldan ilgarilab borayot gan ulkan karvon kabidir. Uni yo‘ldan chalg‘itishga uri nuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar ha misha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. Karvon bexatar bo‘lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida nene ajdodlardan me ros yengilmas kuch — ma’naviyat bor». Ezgu amallar, jasoratga teng ishlar imone’tiqodi mustahkam insonlarga xos bo‘lgan fazilatlardan sanala di. Shu boisdan elyurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish, kasbkori sha’niga dog‘ tushirmaslik, doimo fidoyi bo‘lish mas’uliyati muqaddas qadriyatlardan hisoblanadi. Ma’naviyatni shakllantiruvchi asoslarni puxta o‘zlashtirgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning hayotga, yonatrofga, oilaga, ijtimoiysiyosiy jarayonlarga ijobiy munosabati ularning ezgulik, insoniylik bilan yashashga, ma’naviy kamol topishiga olib keladi. «Yurtimiz yoshlari o‘rtasida ilmfan, ta’limtarbiya, tibbiyot, mada niyat, adabiyot va san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida, umuman, barcha jabhalarda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan azamat yigitlari miz juda ko‘p. Ular o‘zining jismoniy va ma’naviy salohiyati, iste’dod va maho ratini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yara tib berish borasida mamlakatimizda ko‘p ishlar qilin yapti va kelgusida ham ularni albatta davom ettiramiz». Shavkat Mirziyoyev Vijdoningga teskari yurma va haqiqatga zid nar sani gapirma. Shu muhim nasihatga rioya qilsang, hayo tingda o‘z oldingga qo‘ygan vazifalarni to‘la ado etasan». Mark Avreliy Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling