Ma'naviyat beqiyos kuch
Download 171 Kb.
|
Abdug`afforov Asadbek
Millat turmush tarzi, anʼanalari, qadriyatlari orqali oʻzining qiyofasini namoyon etadi. Urf-odatlar, anʼanalar millat ruhiyati ijtimoiy-psixologik olamining oʻzginasidir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari odamning paydo boʻlishi, uning genetik asoslari, sogʻlom va barkamol vujudning shakllanish omillari xususida gapirar ekan, ulugʻ ajdodlarimiz taʼlimotida mavjud boʻlgan toʻrt unsurga alohida eʼtibor beradi. Havo, tuproq, suv va quyosh inson kamolotining asosi, deydi. Yilning toʻrt fasli mukammalligi, tabiiy muhit, geografik sharoit inson tanasi rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Fasllarning oʻz vaqtida va toʻla holda kelishi odam ruhiyati, kayfiyati, qalb kechinmalari toʻlaqonli shakllanishiga imkon beradi. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida xalqlarning, millatlarning paydo boʻlishi asoslari haqida gapirar ekan, tabiiy muhit, geografik sharoit, havo va quyoshning qay darajadaligi odamlar va millatlar shakllanishiga asos boʻlgan, deydi. Jamoa boʻlib yashayotgan ulkan hududdagi odamlar ruhiyati yashash sharoiti va tabiiy muhit taʼsirida shakllangan. Oʻzbek xalqi, ana shu talablardan kelib chiqib aytish mumkinki, Yer sharining eng barkamol maskanida dunyoga kelgan va shakllangan. Odamlar ruhiyati pokizaligi, fikrati tiniqligi, ongu shuuri goʻzalligi ayni shu tabiiy muhit bilan uygʻunlashib ketgan hodisa, deyish mumkin. Buni ilk ajdodlarimiz qarashlarida yaqqol koʻramiz. Hali yozuv paydo boʻlmagan ibtidoiy hayot sharoitida dastlabki ajdodlarimiz oʻz maqsadlari, intilishlari, orzulari va armonlarini ogʻzaki ifoda etgan. “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Kuntugʻmish” singari oʻnlab dostonlarni yaratgan. Ularda ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, umid va umidsizlik ziddiyatlari, hasad, koʻrolmaslik singari illatlar va qator fazilatlar ehtiros bilan ifoda etilgan. Dostonlarning barchasida kuchli qalb ogʻriqlari, iztiroblari dramatik tarzda bayon qilingan. Ularning oxirida esa ezgulik, yaxshilik, muhabbat gʻalaba qiladi. Xuddi shunday holat ertaklarda ham bor. Har bir ertak ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat oʻrtasidagi ashaddiy toʻqnashuvlar oqimida davom etadi va ularning barchasi bir xil yakun topadi. Yaʼni yaxshilik bilan tugaydi. “Ular murod-maqsadlariga yetishdi”, degan gap barcha ertaklarning yakuni hisoblanadi. Ana shuning oʻzi ilk ajdodlarimizning xayoloti qay darajada goʻzal, fikrati teran, orzulari rangin, niyatlari pokiza boʻlganini koʻrsatadi. Bu ruhiy poklik oʻzbek xalqining koʻp ming yillik taraqqiyotida asos boʻlib kelmoqda. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling