Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Quyultirilgan  shakarli  tabiiy  sut


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41

Quyultirilgan  shakarli  tabiiy  sut.  U  shirin,  mazali,  yopishqoq 
konsistensiyalidir. Rangi oq, och pushti rangli. Nordonligi 48
o
 t dan past. 
Bu mahsulotni ishlab chiqarish quyidagi texnologik jarayonlardan iborat: sutni 
qabul qilish va analiz  qilish,  me‟yorlash, pasterlash, shakar eritmasini tayyorlash, 
quyultirish,  quyultirilgan  sutni  meyo„rllashtirish,  sovutish  va  sut  shakarini 
kristallash, bankalarga quyish va yopish, saqlash. 
Sutni qabul qilish va navlarga ajratishdan andozaga binoan olib boriladi. 
Me‘yorlash.  Sutdan  tayyor  mahsulot  olinganda  uning  tarkibida  26,5%  suv, 
quruq  modda  28,5%  (yogi  8,5%  kam  bo„lmasligi  kerak),  shakar  43,5%,  laktoza 
11,6%,  yogning:  YoQSQ  ga  nisbati=0,425  bo„lishi  kerak.  Me„yorlashtirilgan 
aralashma 85-90
o
S da pasterlanadi. 
Shakar  eritmasi    yuqori  sifatli  99,75%  li  saxaroza  va  0,15%  namlika  ega 
bo„lgan shakardan tayyorlanadi. 
Quyultirish. Tayyorlangan aralashma vakuum – bug„lash apparatida 50-60
o

da quyultiriladi. Quyultirilishga 10-15 min. qolganda shakar eritmasi aralashtiriladi. 
Quyultirilgan mahsulotda quruq modda 73,8-74% bo„lishi kerak. 
Bankalarga  quyish.  Tayyor  mahsulot  maxsus  uskunalar  yordamida  tunika 
bankalarga  qo„yiladi.  Havo kiritmasdan berkitiladi. Idishlar 400 g, 3,8-3,9  kg, 50-
100  kg  hajmi  bo„lishi  mumkin.  Saqlash  maxsus  binolarda  10-15
o
S  da  85%  nisbiy 
namlikda  bo„lishi  kerak,  1  yilgacha  saqlanishi  mumkin.  Quyultirilgan  sutni 
muzlatib saqlash mumkin emas, bunda oqsillar koagulyasiyalanishi mumkin.  
Quyultirilgan  shakarli  qaymoq.  Bunday  mahsulot  tarkibida  quruq  modda 
36% dan kam bo„lmasligi (yog„i 20%), namligi 26% yuqori bo„lmasligi, qand 37% 
kam  bo„lmasligi,  yogning:  YoQSQ  ga  nisbati=1,176  ga  teng.  Ta‟mi  shirin, 
konsistensiyasi  mahsulotga  mos,  rangi  oq  nordonligi  40
o
  T  baland  bo„lmasligi 
kerak. Quyultirilgan shakarli qaymoq yuqori sifatli qaymoqdan tayyorlanadi  

 
323 
Mahsulot tayyorlash texnologiyasi quyultirilgan shakarli sut bilan bir xil, faqat 
qaymoq tayyorlashda ular gomogenlanadi. 
Quyultirilgan  shakarli  yogi  olingan  sut  va  ayron.  Bu  ikkala  mahsulot 
alohida  xom-ashyolari  qo„shilmasdan  va  qo„shilib  ham  tayyorlanishi  mumkin. 
Bunda 75% obratga 25% ayron aralashtiriladi.  Tayyor mahsulotda nordonlik 60
o
 T 
dan, namlik 30% dan, YoQSQ- 26% dan, shakar 44% dan kam bo„lmasligi kerak. 
Flyaga va bochkalarga quyilib realizatsiyaga chiqariladi. 
Quritilgan  sut  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  jarayoni.  Bunday 
mahsulotlar  turi  (assortiment)  juda  ko„p.  Tabiiy  quritilgan  sut,  obrat,  ayron, 
qaymoq  (shakarli  va  shakarsiz),  nordon  sut  mahsulotlari,  yoki  emizuvdagi  bolalar 
uchun har xil quritilgan sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 
Quritilgan  tabiiy  sut  ishlab  chiqarish  jarayoni.  U  oq,  kukun    bo„lib, 
tarkibida YoQSQ. 70,9% (shu jumladan shakar 35-38%, oqsil 26-28%, mineral 5,8-
6,2%), yog„ 26,1%, namligi 3-7% bo„ladi. 
Yog„: YoQSQ ga nisbati =0,368 bo„lib  andoza bo„yicha olib boriladi. Sut ikki 
xil usulda quritiladi: 
Purkash (havo) va yupqa parda hosil qilish yo„li bilan quritiladi. 
Purkash yo„li bilan quritilganda 72-75
o
S pasterlangan sut  vakuum - quritgich 
apparatda  43-48%  gacha  quyultiriladi.  So„ng  gomogenlanadi.  Shu  haroratda  sut 
maxsus bashnyaga forsunka yoki disk yordamida yuboriladi. Bashnyada harorat t

140-155
o
S bo„lib, sut tez quriydi. 
 
VIII.2.Go‘sht va go‘sht mahsulotlari texnologiyasi. 
Go„sht  insonlar  uchun  eng  qimmatbaho  oziq-ovqatlar  turiga  kiradi.  U  inson 
organizmning  to„qimalarini  tiklanishida,  modda  almashinuvi  va  sintezlanishida 
ishtirok  etib,  energiya  manbai  hisoblanadi.  Inson  organizmining  xususiyatlari 
(yoshi, og„irligi), mehnat faoliyatiga qarab, turli miqdordagi kimyoviy, mexanik va 
issiqlik  energiyalarini  yo„qotadi.  Inson  organizmida  kuniga  o„rtacha  12750  KDJ 
issiqlik energiyasi sarflanadi. 
Tovarshunoslikda  (molshunoslik),  oziq-ovqat  mahsulotlarining  sifatini, 
ularning  ma‟lum  xususiyatlari  ifodalaydi.  Insonlarni  ozuqaga  va  uning  ta‟miga 
bo„lgan  fiziologik  talablarini  qondirish  va  mahsulotlarni  bir-biridan  ajratish 
imkoniyatiga ega ko„rsatkichga mahsulot sifati deyiladi. 
Olimlarning  go„sht  mahsulotini  turlicha  talqin  qilishiga  qaramasdan,      go„sht 
mahsulotining  sifati  to„g„risida  yagona  interpretasiya  tushunchasi  hozirga  qadar 
mavjud emas (yagona fikr-interpretasiya). 
Go„sht  va  go„sht  mahsulotlarining  ozuqaviy  qiymati  uning  kimyoviy 
tarkibidagi; oqsil, yog„, uglevod, ekstraktiv moddalar, vitaminlar, makro va mikro 
elementlar  saqlanishi  bilan  ifodalanadi.  Shunday  qilib,  go„shtning  ozuqaviy 
qiymati,  uning  tarkibidagi  muhim  biologik  moddalar  miqdori  va  sifatiga  qarab 
aniqlanadi hamda u inson organizmining fiziologik talablarini qondirishi lozim. 

 
324 
Inson organizmida sintez qilinmaydigan va albatta ozuqalar bilan organizmga 
tushadigan moddalar mavjud. 
Go„shtlarning biologik qiymati, uning tarkibidagi oqsillar, aminokislotalar va 
ularning hazmlanish xususiyatlariga qarab baholanadi. 
Go„shtlarning  energetik  qiymati,  iste‟mol  qilingan  go„shtlarning  biologik 
oksidlanishi  natijasida  hosil  bo„lgan  energiya  miqdoriga  qarab  aniqlanadi. 
Go„shtlarning  energetik  qiymati  organizmda  hazmlangan  oqsil,  yog„  va  uglevod 
moddalarning miqdori (g) bilan ifodalanadi. Ma‟lumki, organizmga qabul qilingan 
oqsil  va  uglevod  moddalarning  1g  17,2  KDJ,  yog„ning  1g  esa  38,8  KDJ  energiya 
beradi deb qabul qilingan. 
Go„sht  mahsulotlarining  yuqori  ozuqaviy  va  energetik  qiymati  nafaqat 
ularning  kimyoviy  tarkibiga,  balkim  hazmlanishiga  hamda  tarkibining  organizm 
uchun zararsiz ekanligiga ham bog„liq. 
Go„sht  mahsulotlarining  ozuqaviy  qiymati  organizmni  modda  va  energiya 
almashinuvini  to„liq  ta‟minlashi  va  moddalarga  bo„lgan  talabini  qondirish 
xususiyati  bilan  ham  ifodalanadi.  Bu  xususiyat  go„sht  mahsulotlari  tarkibidagi 
moddalar  miqdoriga  bog„liq  bo„lmasdan,  balkim,  organizmda  bu  moddalarni 
hazmlanishishiga ham bog„liq. 
Ozuqa  moddalarning  hazmlanishi  yoki  hazm  bo„lish  koeffitsienti, 
mahsulotlarni  yoki  ularning  ayrim  bo„laklarini  organizmda  qolishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Go„sht  mahsulotlarining  ozuqaviy  qiymatini  organoleptik  va  kimyoviy 
ko„rsatkichlari  ham  ifodalaydi  (rangi,  ta‟mi,  hidi,  konsistensiyasi,    kimyoviy 
tarkibi, tarkibida inson hayoti uchun xavfli bo„lgan mahsulotlarni saqlashi va h.k.). 
Go„sht  mahsulotlarining  ozuqaviy  qiymatiga,  organoleptik  ko„rsatkichlari  ham 
ta‟sir  qiladi.  Bu  ko„rsatkichlar  ovqat  hazm  qilish  sistemasining  faoliyatini 
tezlashtiradi yoki susaytiradi. Bunda, go„shtlarning ta‟mi va mazasi muhim bo„lib, 
go„shtning ozuqaviy qiymatini belgilaydigan boshqa ko„rsatkichlarini kamaytiradi. 
Masalan,  go„sht  tuzlash  yo„li bilan  konservansiyalanganda  uning ta‟mi  va  mazasi 
yaxshilanishi  bilan  tarkibidagi  oqsil  miqdori  ancha  kamayadi.  Shuning  uchun 
go„sht  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda,    shunday  texnologik  me‟yorlarni  qo„llash 
kerakki, uning tarkibidagi oqsil miqdoriga salbiy ta‟sir qilmasin, hamda oqsilning 
hazmlanish xususiyati yuqori bo„lsin. 
Go„shtni  qayta  ishlash  texnologiyasi  jarayonlarining  qat‟iy  meyorlarda  olib 
borilmasligi  natijasida,  ba‟zan  oqsil  moddalarining  molekulalaridagi  tuzilish 
buziladi.  Bu  holat  go„shtlarni  uzoq  muddatga  saqlaganda  ham  kuzatiladi.  Bu 
jarayonlar  go„sht  mahsulotlarining  biologik  qiymatini  pasaytiradi.  Shuning  uchun 
go„sht mahsulotlarining biologik qiymatiga baho berilganda, go„shtning tarkibidagi 
oqsillarning, turli omillar ta‟siriga chidamliligi muhim ahamiyatga ega. 
Oqsillarning  biologik  qiymati,  kimyoviy  va  biologik  usullarda  aniqlanadi. 
Kimyoviy usulda oqsilning tarkibidagi aminokislotalar aniqlanib, ularning nisbatiga 
qarab  baholanadi.  FAO  va  VOZ  tomonidan  aminokislotalarni  hisoblash  uchun 

 
325 
maxsus shkala ishlab chiqilgan. Bu shkalada 1g oqsil va 1g azot tarkibida necha mg 
aminokislota  saqlanishi  mumkinligi  hisobga  olingan.  Go„sht  tarkibidagi 
aminokislotalar  soni,  foiz  hisobida  shkala  ko„rsatkichlariga  nisbatan  hisoblab 
aniqlanadi. Amaliyotda go„shtlarning biologik qiymatini aniqlashda quyidagi tanqis 
aminokislotalar:  lizin,  triptofan  va  tarkibida  (S)  oltingugurt  saqlovchi 
aminokislotalar  aniqlanadi.  Bundan  tashqari,  triptofanni  oksiprolinga  nisbati  bilan 
ham  biologik  qiymat  aniqlanishi  mumkin.  Go„shtlarni  biologik  qiymatini 
baholashda, KEB (oqsillarni tejamkorlik koeffitsienti) va KIB (oqsillarni ishlatilish 
koeffitsienti) ko„rsatkichlari hisobga olinadi. 
Oqsillarning  biologik  qiymatini  aniqlashning  eng  ob‟yektiv  usuli,  azot 
balansini  aniqlashdir.  Bunda  ozuqa  bilan  qabul  qilingan  va  organizmdan  chiqib 
(siydik,  axlat  va  ter)  ketgan  azotning  miqdori  aniqlanadi.  Oragnizmda  hazm 
bo„lgan  azotni,  qabul  qilingan  azotga  nisbatining  foizdagi  ifodasiga  oqsilning 
biologik qiymat ko„rsatkichi deyiladi. 
Go„shtni  biologik,  ozuqaviy  qiymatini  aniqlash  va  ularga  ta‟sir  qiluvchi 
omillarni  bilish  muhim  bo„lib,  bunda  nimtaning  turli  joylaridan  qanday  maqsadda 
foydalanish  aniqlanadi. Bunda oziq-ovqat  va hayvonlar uchun ozuqa  sifatida, past 
qiymatli nimta bo„laklarni alohida ajratishga imkoniyat tug„iladi. 
Mahsulotlarni  sifatini  oshirish;  mehnat  unumdorligiga,  xo„jalik  qurilishini 
jadallashuviga,  tejamkorlikka  va  eng  asosiysi  ishchilarni  hayot  farovonligini 
yaxshilanishiga ijobiy ta‟sir qiladi. 
Murakkab  go„sht  mahsulotlarini  sifatini  aniqlashda,  uning  barcha 
xususiyatlarini  hisobga  olish  qiyin.  Shuning  uchun,  bunda  muhim  kompleks 
belgilar  sifati  aniqlanadi.  Go„sht  sanoati  ishlab  chiqarayotgan  mahsulotlar  sifatini 
nazorat qilishda,    nafaqat puchak  mahsulotlarni  aniqlash, balkim  sifatsiz  mahsulot 
ishlab  chiqarishning  oldi  olinadi.  Bunda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning 
sifatini  aniqlash  uchun  qulay  va  oson  usullarni  tadbiq  qilish  kerak.  Ammo,  bu 
usullar ishlab chiqarishda qo„llanilmayapti. Hozirgi davrda go„sht mahsulotlarining 
sifatini  nazorat  qilishni  takomillashtirish  maqsadida,  ayniqsa  ularni  yangiligini 
aniqlashda, gistologik usullarni qo„llashning muhimligi ta‟kidlanmoqda. 
Go„shtning sifatini aniqlashda «Ultra X» apparati qo„llanilsa, boshqa usullarga 
qaraganda  8-10  marta  tez  aniqlash  mumkin.  Bu  apparatda  bitta  namuna  go„shtda 
uning tarkibidagi suv, yog„, oqsil va mineral moddalarni aniqlash mumkin. 
Go„shtning  sifatini  kompleks  belgilari  ya‟ni;  orgonoleptik,  sanitariya-
gigiyenik va texnologik, hamda ozuqaviy qiymatlari kabilar belgilaydi. 
Go„shtning sifatini xarakterlaydigan ko„rsatkichlar 4 guruhga bo„linadi: 
1.  Ozuqaviy  qiymati  (undagi  oqsil,  yog„,  uglevod,  vitamin,  mikro  va  makro 
elementlar saqlanishi) 
2. Organoleptik ko„rsatkichlari (tashqi tuzilishi, rangi, marmarlik, ta‟mi, hidi, 
konsistensiyasi, yumshoqligi (sochnost)). 
3.  Sanitariya-gigiyena  holati  (kishilar  salomatligiga  salbiy  ta‟siri,  kasallik 
tarqatuvchi mikroblar, og„ir metall tuzlari, nitritlar, pestisidlar saqlanishi). 

 
326 
4.  Texnologik  ko„rsatkichlari  (suv  yutish  qobiliyati,  Rh    konsentrasiyasi, 
biriktiruvchi to„qima miqdori, yog„ miqdori va holati). 
Tayyor go‘sht mahsulotlarining sifatiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
1.  Go„shtning  sifatiga  hayvonlarning  tiriklik  vaqtidagi  ta‟sir  qiluvchi  omillar 
(hayvon  turi,  zoti,  jinsi,  yoshi,  burdoqilash  xarakteri,  sog„ligi,  tashish  usuli  va 
so„yishdan oldingi och qoldirish davri). 
2.  Qishloq  xo„jalik  hayvonlarini  so„yishdan  keyingi  ta‟sir  qiluvchi  omillar 
(go„shtning qotishi, yetilishi, chuqur avtoliz, chirish, gidroliz, mog„orlanishi, hidi, 
ta‟mi va rangining o„zgarishi). 
3.  Texnologik  qayta  ishlash  (tuzlash,  maydalash,  aralashtirish,  qovurish, 
qaynatish, dudlash, quritish va boshqalar). 
4. Go„shtni saqlash (
0
S, namlik, havo almashinishi, saqlash muddati). 
Go„shtning sifatiga bo„lgan talabning ortib borishi, uning kimyoviy tarkibi va 
ozuqaviy  xususiyatini  har  tomonlama  o„rganishni  talab  qiladi  va  uni  kishilik 
hayotiga  mos  ravishda  o„zgartirishga  qaratiladi.  Yuqori  sifatli  go„sht  yetishtirish 
uchun quyidagi vazifalarni, muammolarni hal etish kerak: 
1.  Qishloq  xo„jaligi  hayvonlarining  go„sht  mahsuldorligi  va  uning  sifatiga 
qarab seleksiya ishlarini olib borish. 
2. Go„shtga topshirilayotgan mollarning o„rtacha tirik vaznini oshirish. 
3. Yuqori go„sht chiqimiga ega bo„lish(suyak % kam, lahm % ko„p). 
Jamiyatning  hozirgi  zamon  tarraqqiyoti,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni 
andozalashni  taqazo  qiladi.  Bunda  asosiy  ahamiyat  ularning  sifatiga  qaratiladi. 
Xom-ashyo,  yarim  fabrikat  (yarim  tayyor),  tayyor  mahsulot  va  qo„shimcha 
mahsulotlar sifatining andozalanishi katta ahamiyatga ega. 
Mahsulot sifatining past yoki yuqori bo„lishi, tovarshunoslik nuqtai nazaridan 
andozalar  bilan  aniqlanadi.  Bunda,  albatta  sanoatning  ilmiy-texnika  yutuqlariga 
alohida ahamiyat beriladi. Mahsulotni sifatiga baho berish davlat andozalari orqali 
amalga oshiriladi. 
Har  5  yilda  andozalar  va  TU  qayta  ko„riladi  va  ishlab  chiqarishda  orqada 
qolganlari  yangilanadi.  Mahsulotning  andoza  ko„rsatkichlari  savdoda  katta 
ahamiyatga ega va preyskurant tuzishda asos qilib olinadi. Davlat  andozasi-yuqori 
sifatli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  talab  qiladi.  Ishlab  chiqarishda  andozalarga 
amal  qilish  darajasi  doimo  rejali  ravishda,  davlat  andoza  xizmati  xodimlari 
tomonidan nazorat qilinib boriladi. 
Andozalashtirishni rejalash va ishlab chiqilgan mahsulotni ko„rikdan o„tkazish 
mahsulotni 
sifatini 
boshqarishning 
usuli 
hisoblanadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
mamlakatimizda juda ko„p go„shtchilik sanoati korxonalarida mahsulotning sifatini 
kompleks boshqarish tizimi tadbiq etilmoqda. 
Mahsulotning  sifatini  kompleks  boshqarish  tizimining  asosiy  maqsadi,  yangi 
sifatli  mahsulotlar  yaratish,  yuqori  sifatli  mahsulotlarni  ko„plab  ishlab  chiqarish, 
past toifadagi mahsulotlarni kamaytirish va puchak mahsulotlar ishlab chiqarishga 
chek qo„yishdan iborat. 

 
327 
 
VIII.2.1. Go‘shtga topshirish uchun qishloq xo‘jalik hayvonlari va 
parrandalarini tashish. 
 
So„yishga  mo„ljallangan  qishloq  xo„jalik  hayvonlarini  tashish  murakkab  va 
og„ir    jarayon  bo„lib,  uni  ma‟lum  qabul  qilingan  qoidalarga  qat‟iy  rioya  qilgan 
holda  tashkil  qilish  va  o„tkazish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Qishloq  xo„jalik 
hayvonlari  va  parrandalarini  tashish  jarayonini  muvaffaqiyati  juda  ko„p  omillarga 
bog„liq  bo„lib,  hayvon  va  parrandalarni  xo„jaliklarda    tashishga  tayyorlash 
jarayonini  to„g„ri  tashkil qilinishi,  tansport  vositalarining  tashishga   tayyorgarligi, 
tashish  tezligi,  transportga  ortish  va  tushirish  sharoiti,  tashish  jarayonida 
veterinariya-sanitariya  qoidalariga  to„liq  amal  qilishga  bog„liq.  Qishloq  xo„jalik 
hayvonlari  va  parrandalarini  tashishda  qanday  usul  qo„llanilishidan  qat‟iy  nazar, 
veterinariya xizmati xodimlarining qat‟iy nazorati ostida o„tkaziladi. 
Hayvonlarni  xo„jalikdan  ko„chirish  uchun,  har  bir  guruh  hayvonlar  uchun 
hujjatlar to„ldiriladi. 
Veterinariya  guvohnomasi  (shakl  №1),  mamlakat  statistika  boshqarmasi 
tomonidan 
maxsus 
chiqarilgan, 
veterinariya 
boshqarmasi 
tomonidan 
tasdiqlanadigan hujjatdir. Bu hujjat xo„jalik veterinariya davolash (tuman) bo„limi 
vrachlari,  tomonidan  to„ldiriladi  Tuman  bosh  veterinariya  vrachi  bu  hujjatni 
to„ldirish  bo„yicha  javobgar  shaxs  bo„lib,  hujjat  to„ldiruvchi  shaxslarning 
familiyalari to„g„risida go„sht sanoati korxonalariga oldindan xabar beriladi. 
Bu  hujjat  3  kun  davomida,  faqat  xo„jalikdan  hujjatda  ko„rsatilgan  go„sht 
sanoati korxonasi manziliga qadar yuridik kuchga ega bo„ladi. 
Mol-tovar-transport  hujjati,  bu  muhim  hujjat  hisoblanib,  3  nusxada 
to„ldiriladi.  Bir  nusxa  xo„jalikda  qolib,  ikki  nusxa  tashishga  javobgar  shaxsga 
beriladi.  Ulardan  bir  nusxasi  muhrlanib,  konvertga  solinib,  go„sht  sanoati 
korxonalariga yuboriladi. 
Bu  hujjatni  har  bir  qatoriga,  qoramol,  ot  va  tuyalarni  har  bir  boshini  tirik 
vazni, sog„ligi, yoshi va  jinsi aniq yoziladi. Qolgan qishloq xo„jalik hayvonlari va 
parrandalariga turiga qarab har bir guruh ko„rsatkichlari alohida qatorga to„ldiriladi. 
Hayvonlarni tarozilarda tortish oxirgi marta sug„orilib-oziqlantirgadan so„ng, 3 soat 
o„tgach amalga oshiriladi. Hujjatga mollarni topshiruvchi shaxs, bosh hisobchi va 
xo„jalik rahbari tomonidan imzo chekilib, muhrlanib konvertga solinadi. 
Yo‘l jurnali – hayvonlar uzoq masofaga tashilganda to„ldiriladi unga yo„lda 
sarflanadigan barcha harajatlar yoziladi. 
So„yishga  mo„ljallangan  qishloq  xo„jalik  hayvonlarini  tashish  jarayonida 
ularni  saqlash  sharoiti  keskin  o„zgaradi,  bu  holat  ularni    umumiy  holatiga  keskin 
ta‟sir  qiladi,  ayniqsa  tashishni  birinchi  kunlarida  ular  bezovtalanib,  oziqlanmay 
qo„yadi. 
Shuning  uchun,  hayvonlarni,  xo„jalikda  tashish  jarayoniga  tayyorlash  lozim. 
Buning  uchun  ular  turi,  tirik  vazni,  jinsi,  semizligi,  yoshiga  qarab  guruhlanadi. 
Guruhlardagi  mol  bosh  soni,  mavjud  transport  vositalarini  turiga  qarab  aniqlanadi 

 
328 
va  ular  alohida  saqlanadi.  Bunda  ular  bir-biriga  yaxshi  o„rganib,  o„zlarini  tinch 
sezadilar, natijada stress holatlar kamayib,  har  xil travmatikjarohatlarning va tirik 
vazn kamayishining oldi olinadi. 
Yangi  tashkil  qilingan  guruh  hayvonlar  ichida  stress  holatlar  ayniqsa 
oziqlantirish va sug„orish paytida yaqqol seziladi. Bunda guruhlarga mollar to„g„ri 
tanlangan  bo„lsa, ular  o„zlarini  yaxshi,  erkin his qiladi. Bunda  guruh ichidagi har 
bir hayvonning xulq-atvori (povedeniye) katta rol uynaydi. Guruhda kuyga kelgan 
urg„ochi hayvonlar bo„lishi, yoki yosh buqachalar bo„lsa guruh tinchligini buzadi. 
Imkoni boricha bunday hayvonlar guruhga kiritilmagani maqsadga muvofiq. 
Hayvonlarni agressiv holati, qo„pincha, ularni och qolishi, suvsiz qolishi, o„zi 
egallagan  joy  uchun  kurashishi,  guruhida  boshqarish  (gigimon)  davrlarida  yaqqol 
seziladi.  
Har bir guruhda yetakchi (vojak) paydo bo„ladi, ular serharakat  bo„lib 
guruhni  boshqaradi.  Guruhlar  tashishga  10-12  kun  (kamida  2-3)  qolganda  tuzilib, 
ular  alohida  saqlanadi,  oziqlantirish  ratsioni  tashish  jarayonida  qo„llaniladigan 
ratsionga o„tkaziladi. Bir bosh qoramol uchun 2,7 m
2
 , cho„chqa va qo„ylar uchun 
1,5 m
2
 saqlash joyi ajratiladi. 
Uzoq masofaga tashish vaqtida, hayvonlarga yo„lda beriladigan turli ozuqalar 
jamg„ariladi. Har 1 s tirik vazni uchun qoramol va qo„ylarga 5,5 kg yaxshi pichan, 
cho„chqalarni 1 boshiga 2,5 kg omixta  yem, parrandalar uchun 80 g, quyonlarga 20 
g omixta yem olinadi. Yo„lda ko„k o„t berish taqiqlanadi. Tushama sifatida poxol, 
yog„och, qirindisi yoki torf ishlatilishi mumkin. 
Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  temir  yo„l,  suv  transportlari,  avtomobillarda  va 
haydash  yo„li  bilan  xo„jaliklardan  go„sht  sanoati  korxonalariga  yetkazilishi 
mumkin. 
Temir  yo„l  transportlarida  hayvonlar  manzilga  4  kun  mobaynida  yetkazilishi 
lozim. Masofa oralig„i 300-800 km ni tashkil etadi. Bundan uzoq muddatga tashish 
ular sog„ligiga salbiy ta‟sir qiladi. Hayvonlar maxsus yoki oddiy yuk vagonlarida, 
maxsus  jihozlangandan  so„ng  tashilishi  mumkin.  Maxsus  vagonlarga  oxo„rlar 
o„rnatilib,  ular  tagidan  hayvonlarni  bog„lab  qo„yish  uchun  halqalar  berkitiladi. 
Vagonga  sug„orish  uchun  ham  temir  oxur  o„rnatiladi.  Turli  ozuqalar,  tushama  va 
kerakli asboblar uchun stellaj mavjud. 
Oddiy  yuk  vagoni  esa  jihozlanganda  zahira  suv  uchun  unga  katta  idish 
o„rnatilishi,  lozim.  O‟rtada  hayvon  bog„lanishi  uchun  halqa  mahkamlanadi. 
Vagoning bir eshigi berkitiladi. Hayvonlar uzunasiga joylashtiriladi. 
Odatda  temir  yo„l  tashkilotlari  hayvonlarni  tashish  uchun  yaroqli,  toza 
dezinfeksiyalangan  va  yuvilgan  vagonlarni  ajratishi  lozim.  Vagonlarda  o„tkir 
predmetlar, mixlar bo„lmasligi kerak. 
Har  bir  javobgar  shaxs  2  ta  chelak,  lopatka,  fonar,  arqon  (2,5-3  m  har  bir 
boshga),  lagan,  supurgi,  xalat,  rezina  qo„lqop,  sovun,  kreolin  va  xlorli  ohaklar 
kabilar bilan ta‟minlanadi. 
Hayvonlar stansiyaga kunduzi, vagonga ortilishiga 2 soat qolganda keltirilishi 
lozim. Hayvonlar 2 soat dam olgandan so„ng veterinariya nazoratidan o„tkaziladi. 

 
329 
Kasal,  kasallikka  moyil  va  oriq,  hamda  hujjatlari  bo„lmagan  hayvonlarni  ortishga 
ruxsat berilmaydi. 
Davlat  transport  veterinariya-sanitariya  xodimlari  tomonidan  vagonlarning 
hayvonlarni  tashishga  layoqatligi  tekshirilib,  veterinariya  guvohnomasiga 
yozilgandan  so„ng  hayvonlar  maxsus  ortish  joyida  (traplar)  vagonlarga  ortiladi. 
Agar,  hayvonlar  ortishiliga  ruxsat  berilmasa,  2  soat  ichida  xo„jalikka  jo„natiladi. 
Barcha harajatlar xo„jalik tomonidan to„lanadi. 
Hayvonlarni vagonlarga ortishda sekin, urmasdan, baqirmasdan, tig„li narsalar 
ishlatmasdan  ortilishi  lozim.  Aksincha,  hayvonlar  stress  holatga  tushishi  mumkin. 
Hayvonlarning  turi,  jinsi,  semizligi  va  tirik  vazniga  qarab,  turli  vagonlarga  ortish 
miqdori  chegaralangan. 
Vagonlarga  qoramol  va  otlar  bog„lab  (uzunasiga)  ortiladi.  Boshqa  qishloq 
xo„jalik  hayvonlari  bog„lanmaydi.  Vagonlarga  har  xil  jinsli  hayvonlar  ortilsa  ular 
oralig„i  to„siq  bilan  ajratilishi  lozim.  Yozda  cho„chqalar  bosh  soni  10-15% 
kamaytiriladi  (issiq  urishi  mumkin).  Hayvonlar  yo„lda  kuniga  3  marta 
oziqlantirilishi va yozda 2 va kamida 1 marta sug„orilishi lozim. Suv sarfi har bosh 
qoramolga  10-15  l,  cho„chqa,  qo„y-echkiga  1,5-2  l  tashkil  qiladi.  Suv  harorati  9-
15
0
S bo„lishi kerak. 
Kasal  hayvonlar  alohida  oziqlantiriladi  va  sug„oriladi.  Yo„lda  hayvonlarni 
so„yish qat‟iy taqiqlanadi. Hayvon o„lsa gavda maxsus stansiyalarga tushiriladi va 
maxsus chiqim akti to„ldiriladi. 
Hayvonlarni  vagondan  tushirish,  Davlat  vet-sanitariya  nazorati    hodimlari 
nazoratidan o„tgandan so„ng amalga oshiriladi. Stansiyaga kelgandan boshlab va 6 
soat  ichida  tushirilishi  lozim.  Oldin  sog„lom,  so„ngra  kasal  hayvonlar  tushiriladi. 
Har bir vagondan mollarni tushirishga 30 minut vaqt ajratiladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling