Мавзу: ёшлик даври ва унинг ўзига хос психологик хусусиятлари


Download 0.55 Mb.
bet2/15
Sana07.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1083145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
yoshlik davri va uning oziga xos psixologik xususiyatlari

Ilmiy muammo shundaki keyingi yillarda kasb xunar kolleji yoshlarining kasbiy qiziqishlari asosida kasbga yo‘llash ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmayotganligi, yoshlarning kasbiy bilimlarining sayozligi natijasida malakali mutaxasiss tayyorlashda bir muncha kamchiliklar sezilmoqda. Bu xolat ayni kasb xunar kollejidagi kasbga yo‘naltirish ishlarining talab darajasida emasligini anglatadi. Natijada yoshlarning o‘zi xohlamagan yo‘nalishlar asosida mutaxasissliklarga biriktirish, ularning kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olmaslik, kabi bir qator xolatlar kuzatilmoqda.
Shaxs tarbiyasi, uning ijtimoiy-psixologik kamoloti har qanday davlatning bosh strategik masalalaridan biridir. Chunki, shaxsni ma’lum ezgu g‘oyalar, intellektual talablar asosida tarbiyalamay turib har jihatdan kamol topishga qodir jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Zero, bu jarayonda eng avvalo ta’lim-tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, ayni-paytda ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixologik tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, barkamol avlod tarbiyasi va uning mukammal ta’lim olishi masalalari davlat siyosati maqomi darajasida hal qilinayotganligi bugungi yoshlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan porloq kelajagiga jiddiy e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir
Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozir niхoitda zarur bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonning har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs etishish jarayoni qanday sodir bo‘lishini, keksayishning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qizikmoqdalar.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Yoshlar даврида ўзига хос психологик хусусиятларни шаклланиши, жамиятда ёшлар ролини oshirishda psixologlarning vazifalari masalalari, va yoshlar bilan ishlarini olib borishda ularning qiziqishlarini hisobga olish muammolari bo‘yicha nazari va amaliy taxlillar xorij va mahalliy psixologik-pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Jumladan: L.I.Bojovich, L.A.Petrovskaya, A.I.Donsov, A.A.Bodalev, M.Ratter, M.M.Ribalkova, G.A.Kovalev, M.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziev, A.I.Ostrovskiy, G.Q.To‘laganova, Z.Kamaletdinova, N.G‘.Kamilova kabi olimlarning tadqiqotlarida, Shuningdek, Dj.Bugental, K.Levin, A.Maslou, K.Rodjers, V.Frankl, A.Freydlarning psixologik nazariyalari tahlilida kasbiy qiziqishlarni shakllantirishda shaxs imkoniyatlarining kuchi masalasiga keng qamrovli yondashuvni ko‘rish mumkin. Ammo, zamonaviy psixologiyada aynan ushbu muammo ustida tadqiqotlar olib borgan mutaxassislar juda ozchilikni tashkil etadi.
Мазкур тадқиқот иши “Таълим-тўғрисидаги” Қонун ва Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури асосида ёшларнинг психологиясини, шахсини ўрганиш ва шу асосда унинг ўзига хос жиҳатларини асослаш ҳамда ижтимоий тараққиётини таъминлашга қаратилган комплекс илмий-тадқиқот режалари билан боғлиқдир. Илғор илмий психология фанида шахс ижтимоий тараққиёти бўйича яратилган умумий қонуниятлар, концепциялар, шунингдек, шахсга индивидуал ёндашув принциплари Б.М.Теплов, Э.А.Голубева, Б.Р.Қодиров, Э.Ғ. Ғозиев ва бошқаларнинг илмий ҳоялари муаммони тахлил қилишда назарий ва амалий манба бўлиб хизмат қилди .Шахс ва муносабат мутаносиблиги принциплари Т.Лири, С.Л.Рубинштейн, Б.С.Мерлин ва бошқалар, буюк аждодларимизнинг таълим- тарбия тўғрисидаги таълимотлари тадқиқотни ёритишда мухимлиги жиҳатидан катта рол ўйнади.Шу нуқтаи назардан ёшлар муаммоларини назарий ва амалий тахлил қилиш максадида диссертация ишимизда “”Ёшларнинг психологик хусусиятларини ўзига хос томонларига эътиборни қаратдик. Бу тадқиқотнинг долзарблигини асослайди.
Бежиз президентимиз И.А.Каримов “Ҳозир ҳар бир олим, айниқса, жамиятшунос олим ўз илмий фаолиятини республика муаммоларига, ўз халқи ва бутун мамлакатимиз такдирига мувофиқлаштириши лозим. –деб таъкидламаганлар”1

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling