Mavzu: nasilchilik ishida chatishtishish va duragaylashning qo‘lanishi reja


Download 22.78 Kb.
bet2/7
Sana03.02.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1155148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-маъруза

Qon singdirish chatishtirish. Qon singdirish chatishtirish – bir zotni ikkinchi zot bilan tubdan yaxshilash maqsadida qo’llaniladi. Ayniqsa talabga javob bermaydigan mahalliy zotni asta – sekin madaniy zavod zotiga aylantirish uchun qo’llaniladi. Ba’zi hollarda qon singdirish usuli yangi zot yaratishga olib keladi. Bu usul dastlab qo‘ychilikda o’rta asrlarning oxirida dag’al junli qo‘ylarni, mayin junli qo‘ylarga aylantirish maqsadida qo’llaniladi. Bu chatishitrishda mahalliy zot yaxshilanuvchi, madaniy zot yaxshilovchi deb ataladi. Bir zotni ikkinchi zot bilan yaxshilash, ikki zot o’rtasida duragaylar olish, so’ngra duragaylarni bir necha bo’ginda yaxshilovchi zot erkak hayvonlari bilan juftlash asosida amalga oshiriladi.
Qon singdirish va poda sifatini yaxshilash chatishtirayotgan zotlarning bir – biridan irsiy xususiyatlarning farq qilishga, duragaylarni tarbiyalash sharoitiga, tanlash juftlashning darajasiga bog’likdir. Agar chatishtirilayotgan zotlar bir – biriga o’xshashroq bo’lsalar, tarbiyalash sharoiti yaxshi bo’lsa, hamda tanlash va juftlash yaxshi olib borilsa qon singdirish tez amalga oshishi mumkin.
Qon singdirish muvaffaqiyatli chorvachilik texnikasi darajasiga, kishilarning qobiliyati, hamda hayvonlarni maxsuldorligi darajasining xarakteriga bog’lik. XIX asrda maxalliy dag’al junli qo‘ylar bilan chatishtirilib, maqsadga muvofiq jun beruvchi qo‘ylar olish uchun 12 -15 bug’in davomida chatishtirish talab qilingan bo’lsa, hozir 4 – 5 bug’in chatishtirish yetarlidir. Qoramolchilik, yilqichilik va cho‘chqachilikda qon singdirish 3 – 4 bug’inda tugatilishi mumkin.

1- jadval
Olatov qoramol zotini yaratishda qon singdirish chatishtirishi natijalari
/A.S.Vsyakiy bo’yicha /

Sigirlarning genotiplari

305 kunlik sog’im, kg

Sutni yog‘i, %

Tirik vazni , kg

Shvits zoti
Qirgiz qoramoli
Duragaylar:
I bug’in
II bug’in
III bug’in
Olatov zoti

5248
1135

2754
4106


5179
4975

3,71
4,18

4,11
3,77


3,72
3,80

566
339

454
562


565
595

Olatov zotida qirgiz qoramoliga nisbatan sut maxsuldorligi 4 marta, tirik vazni 1,7 marta oshgan, sutning yog‘liligi 0,38% ga kamaygan. O‘zbekistonda uzoq yillar davomida maxalliy zebusimon qormolarni qizil cho‘l, shvits va qora – ola bilan qon singdirish – chatishtirish usuli bilan yaxshilangan.



Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling