Mavzu: nasilchilik ishida chatishtishish va duragaylashning qo‘lanishi reja


Download 22.78 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1155148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-маъруза

Duragaylash. Chorvachilik har xil turlarga mansub urg’ochi va erkak hayvonlarni juftlashga duragaylash deb aytiladi.
Duragaylash usuli juda qadim zamonlardan beri ma’lum. Eshaklar bilan biyalarni juftlab olish qarib 4 ming yildan beri qo’llaniladi. Bir o’rkachli va ikki o’rkachli tuyalar o’rtasida duragay nor tuyalar olish ham qadimdan ma’lum.
Hayvonlarni duragaylash masalalariga J.Byuffon, Ch.Darvin, M.F.Ivanov, P.I.Kuleshov, A.O.Serebrovskiy va boshqa olimlar o‘z asarlarida batafsil to’xtalib o’tganlar.
Yangi o’simlik va hayvon zotlari yaratishda duragaylashning katta axamiyatiga ega ekanligi bu olimlar tomonidan qayd qilingan.
Xonaki hayvonlar ularning yovvoyi qarindoshlari orasida olingan duragaylar ko‘pgina biologik xususiyatlari va xo’jalikka foydali belgilar bilan ajralib turadilar.
Duragaylarda kombinatsiyalangan o‘zgaruvchanlik mujassamlanib, xar xil turlarning genlari xilma – xil birikib, yangi genotipni xosil qiladi. Ular yuqori hayotchanligi, kassaliklarga chidamliligi, kuchli o’sish va rivojlanishi bilan ajralib turadilar.
Uzoq turlarni duragaylashda muhim to’siqlar mavjud. Bulardan eng muhimi uzoq turlarning chatishmasligi bo‘lib, uning zamirida jinsiy xususiyatning urug’lantirishdagi nomuvofiqligi yotadi. Bu nomuvofiqlik xar xil turlar o’rtasidagi biologik tafovutlar tufayli kelib chiqqan. Shu tufayli, masalan, buyvollarni qoramolar bilan chatishtirish natijasiz bo‘lib kelmoqda.
Duragaylash xar xil chorvachilik tarmoqlarida keng qo’llanilmoqda, qoramol bilan zebu, qutos, zubr, bizon, gayal va bantengni duragaylash mumkin. Qoramollarni madaniy zotlarini zebu bilan duragaylash katta axamiyatga ega bo’lmoqda. M.F.Ivanov tashabbusi bilan I.S.Juravo «Askaniya - Nova» qizil cho‘l zotini zebu bilan duragaylash bo’yicha tajriba o’tkazgan. «Askaniya – Nova » da zebusimon birinchi bug’in sigirlardan 2480 kg gacha sut sog’ib olinadi, sutning yog‘liligi 4,97%. Zebusimon qoramollar qon kasalliklariga chidamli bo’ladi.



Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling