Mavzu: nasilchilik ishida chatishtishish va duragaylashning qo‘lanishi reja


Download 22.78 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1155148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-маъруза

Qon quyish – chatishtirish. Qon quyish chatishtirishi umuman biror zotning ayrim kamchiligini tuzatish yoki ayrim xususiyatlarini yanada kuchaytirish maqsadida qo’llaniladi. Bu chatishtirishda yaxshilovchi zotning qimmatli xususiyatlarini saqlab qolishga harakat qiladi. Bu yaxshilovchi zotni tug’ri tanlash va uning erkak hayvonlardan bir marta foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
Yaxshilovchi zot yaxshilanuvchi zotga tana tuzilishi va mahsuldorligi jixatidan yaqin bo‘lib, ayrim qimmatli xususiyatlari yaxshilanuvchi zotdagiga qaraganda kuchli rivojlangan bo’lishi zarur. Yaxshilanuvchi zot, yaxshilovchi zot bilan chatishtirib, ulardan birinchi bug’in duragaylar olinadi va keyinchalik shu birinchi bug’in duragaylarni yaxshilanuvchi zot erkak hayvonlari bilan qochirib, ikkinchi bug’in duragaylar olinadi so’ngra esa bular o‘z – o’zi bilan urchitiladi. Ba’zi hollarda ikkinchi bug’in duragaylarni yanada yaxshilanuvchi zot erkak hayvonlari bilan chatishtirib olingan 3 bug’ini duragaylarni o‘z – o‘zi bilan urchitadilar.
Bu usulni amalga oshirishda yaxshilovchi zotlarni erkak hayvonlarini tug’ri tanlash, hamda 1 va 2 bug’in duragaylari ichida naslli erkak hayvonlarni tug’ri tanlab olish muhim ahamiyatga ega.
Kiyinchalik duragaylarni o‘z – o‘zi bilan chatishtirishda ham hayvonlarni tanlash va juftlash zarurdir. Qon quyish chatishtirishda duragaylarni maqsadga muvofiq tarbiyalash, ya’ni oziqlantirish va saqlash sharoti muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Hayvonlarni zavod usulida chatishtirish. Yangi zot yaratish yoki zavod chatishtirishida ikki yoki undan ko‘p zotlar chatishtirb, bulardan boshlang’ich zotlarning qimmatli belgilarini biriktirilgan va qisman yangi belgilari bo’lgan yangi zot yaratilgan. Yangi zot yaratish, mavjud zotlar talabga javob bermay qolgan hollarda amalga oshiriladi. Masalan: junchilik sanoatini rivojlantirishi ma’lum sifatli junni talab qiladi, bu talab o‘z navbatida bir qancha mayin junli qo‘y zotlarining yaratilishiga olib keladi. Ba’zi hollarda mahalliy zotlar talabga javob bermay qolganda va chetdan keltirilgan madaniy zotlar mahalliy zotga moslashishi qiyin bo’lganda ham yangi zot yaratishga ehtiyoj tug’iladi. Masalan: O‘rta Osiyo va Kavkazda issiq iqlim va qon parazit kasalliklarning tarqalganligi, chetdan keltirilgan madaniy zotlarni urchitishda qanchalik tug’diradi. Shuning uchun joylarda zebu yoki zebusimon mollar bilan madaniy zotlarni chatishtirish natijasida yangi zotlar yaratish zarur bo’ladi.
M.F.Ivanov Rossiyada faqat bir unversal cho‘chqa zoti hamma joyda urchitish uchun yaramaydi degan edi. Ma’lum iqlim, tuproq, oziqa va xo’jalik sharoitiga ega bo’lgan rayonlar uchun, shu sharoitga moslashgan o‘z hayvon zotlari lozim. Yangi zotlar mamlakatimizning zot boyligini ko‘paytirish uchun, hamda tovar xo’jaliklarda chatishtirish o’tkazish uchun zarurdir.
Zavod chatishtirishi ancha murakkab bo‘lib, ko‘p hayvonlar ishtirok qilishini va ancha ko‘p xarajatlarni talab qiladi. Bundan tashqari zavod chatishtirishda murakkab xillanish yuz berish mumkin, ya’ni maqsada muvofiq duragay olish qiyinlashadi. Ammo chatishtirish uchun zotlar tug’ri tanlab olinganda, duragaylarni maqsadga muvofiq tarbiyalaganda, tanlash va juftlash olib borilganda bu qiyinchiliklar hal qilinishi mumkin.
Zavod chatishtirish muvaffaqiyati uchun quydagilar zarur:

  1. Yangi zot yaratilishi kerak bo’lgan rayoning tabiiy va xo’jalik sharotini yaxshi bilish yangi zot qanday bo’lishi to’g’risidagi aniq fikrga ega bo’lish.

  2. Boshlang’ich zotlarni to’g’ri tanlash, hamda urg’ochi va erkak hayvonlarni to’g’ri juftlash.

  3. Duragay yosh hayvonlarni maqsadga muvofiq ravishda tarbiyalash va ulardagi foydali belgilarni rivojlantirish uchun tashqi muxit sharoitidan foydalanish.

  4. Tug’ilgan avlodlarni har tomonlama tahlil qilish va xar bir hayvoning shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish.

  5. Qarindoshlik juftlashdan ustalik bilan foydalanish.

  6. Past sifatli va maqsadga muvofiq bo’lmagan hayvonlarni qattiq puchak qilish.

  7. Qimmatli xususiyatga ega bo’lgan hayvonlardan, yangi maqsadga muvofiq tipdagi hayvonlarni ko‘paytirish uchun foydalanish.

  8. Qimmatli naslli duragay erkak hayvonlardan bir necha bir – biriga qarindosh bo’lmagan liniyalarni tashkil etish.


Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling