Mavzu: Qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha hisoblashishlar hisobi va ularni schetlarda aks ettirish Bajardi: mmt-81”I” guruh talabasi Murodova Munisa


Download 21.96 Kb.
bet3/4
Sana24.03.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1292378
1   2   3   4
Bog'liq
BXMS

«To‘lanadigan foizlar» schyoti mo‘ljallangan. Ushbu passiv schyotning kreditida olingan kreditlar berilgan veksellar bo‘yicha foizlarni hisoblanishi, debetida esa ushbu foizlarni kreditorlarga o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. Hisoblangan foizlar summasiga Debet 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar» Kredit 6920 «To‘lanadigan foizlar» Hisoblangan foizlar bo‘yicha majburiyatlar o‘tkazib berilganda Debet 6920 «To‘lanadigan foizlar» Kredit pul mablag‘lari schyotlari kreditlanadi (5010,5110 va boshqalar). Olingan qarzlar va kreditlar uchun, shartnoma shartlariga asosan hisoblangan foiz ko‘rinishidagi majburiyatlarning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha alohida yuritiladi. Royalti bo‘yicha majburiyatlarning hisobi. Xo‘jalik sub’ektlari tomonidan boshqa yuridik shaxslarning nomoddiy aktivlaridan vaqtinchalik foydalanganlik uchun shartnomalarga asosan hisoblangan to‘lovlarining holati va harakati 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» schyotida aks ettiriladi. Ushbu schyotning kreditida royaltilar bo‘yicha kreditlorlik qarzini vujudga kelishi va xarajatga olinishi, debetida esa royalti bo‘yicha majburiyatlarning o‘tkazib berilishi natijasida kamayishi aks ettiriladi. 1.Shartnomalarga asosan hisoblangan «royalti» tegishli olinadigan joriy to‘lovlar Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» Kredit 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» 2.Foizlarning kelib tushishiga Debet 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» Kredit Pul mablag‘lari hisobi schyotlari (5110-5530) 6940
«Kafolatlar bo‘yicha qarz» - ushbu passiv schyot o‘z tovarlarini, ish xizmatlarini ma’lum muddatlargacha kafolatlangan holda sotuvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Uning kreditida kafolatlar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. 6950
«Uzoq muddatli majburiyatlar –joriy qismi» – ushbu passiv schyotning kreditida uzoq muddatga olingan bank kreditlari va boshqa qarzlarning kelgusi joriy yilga tegishli qismi bo‘yicha majburiyatlarning summalari, debetida esa bu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning joriy qismi ushbu schyotga 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarining debetidan hisobot yilning oxirida o‘tkaziladi. Joriy majburiyatlarning uzilishi pul mablag‘lari schyotlarining (5010,5110 va boshqalar) kreditida aks ettiriladi. 6960

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling