Mavzu: Tasviriy sanat darslarida ko'rgazmali qurollarni tayyorlash va ulardan foydakanish usullari Reja: Asosiy qisim
Download 33.07 Kb.
|
Tasviriy san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tonallik (tusli) tasvir
Chiziqli tasvir - eng oddiy va keng tarqalgan turi. Bu yerda narsalar yaxlit tutash chiziqlar yordamida yomg‘lik manbalarisiz va shak! hajmisiz tasvirlanadi. Chiziqli tasvir o‘z navbatida tekisli (yassilik) va perspektivali bo‘lishi mumkin. Tekisli rasmda narsani faqat uzunligi va eni beriladi. Masalan, barg shaklining rasmi, tog‘lai- va h.k. Perspektivali chiziqli tasvirda narsalar uchta o‘lchamdan iboratligini ko‘rsatadi - bo‘yi, eni va balandligi.
Bunday rasmlami bajarish mashaqqatli, negaki, perspektiva yordamida tasvirlashning asosiy qonunlarini bilish kerak va sinf taxtasida bo‘r bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Perspektivada tasvirlangan rasmda narsalar to‘g‘risida to‘liq tasawur beradi. Shtrixli tasvir — qisqa chiziq shtrixlaming kombinatsiyasini o‘z ichiga oladi, odatda, ular chizilgan narsalami soya tomonlarida joylashadi. Narsalarning hajmini ko‘rsatishda tasvirdagi shtrixlar buyum shakllarining yo‘nalishlari yumaloq va tekislik bo'yicha yuritiladi. Narsaning hajmi ko'rsatilmaguncha shtrixlar bir necha marotaba yurgiziladi. Chiziqli tasvirlashga qaraganda shtrixli tasvir murakkabroq, shu sababli ham undan foydalanishdan oldin muvofiq (tegishli) mashqlar talab qiladi. Narsani faqatgina siluet yoki konturini emas, balki uning hajmini ham ko‘rsatish kerak boigan holda shtrixli tasvirlashdan foydalaniladi. Tonallik (tusli) tasvir - bajarilishi yanada murakkabroq. Bunday usuldan narsani yanada yaxlit va ko‘rgazmali ko'rsatishda qoilaniladi. Tusli tasviming bajarilishi quyidagicha: sinf taxtasiga narsaning tashqi ko‘rinish chiziqlari bilan tasvirlanadi, unga bo‘r surtilgan latta bilan yupqa qatlam yurgiziladi; qorongi boigan joylari o‘chiriladi, yorug‘ joylari bo‘r bilan yanada kuchaytiriladi; undan keyin chizilgan narsani xarakterli qismlari bo‘rttirib chizib qo‘yiladi. Tusli rasmlarda ayrim hollarda rangli bo‘rlardan ham foydalaniladi. 0 ‘qituvchiga ko‘pincha biron-bir ko‘rinishni paydo boiishini, harakatini, dinamikasini tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Ulaming shu holatini ko‘rsatish va afzal tushunishga multiplikatsiya - rasmlar bera oladi (ro‘y berayotgan voqeani ketma-ketligini tasvirlovchi rasmlar). Har bir rasm, o‘quvchilarning ko‘z oldida paydo boiadi va tavsiflanadi (izoh beriladi). Agarda, o‘qituvchining sinf taxtasida bo‘r bilan ishlash malakasi bo'shroq bo‘lsa, u paytda oldindan qog‘ozga 3—4 bosqichda bajarilgan rasmlami tayyorlab olishi mumkin. Dars vaqtida ulami ketma-ket ko‘rsatib tushuntirish olib boriladi. Xulosa Hozirda tasviriy san`at darslarini davlat ta`lim standartlari talablari darajasida o`tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. CHunki, tasviriy san`at darslarida texnika vositalari, ko`rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko`p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to`plab bo`lmaydi. Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning Hajmi va turlari Ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izoHlanadi: - tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish: - tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish; - tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suHbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish; - o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish; - jamoa bo`lib televidenie orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b. Ayniqsa, san`at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug`soya qonunlarini, rassomlarning Hayoti va ijodini o`rganishda tasviriy san`at xonasining aHamiyati beqiyosdir. Tasviriy san`atdan ko`rgazmali qurollar Hisoblangan gipsli geometrik shakllar, gipsli rozetkalar, uy-ro`zg`or buyumlari (lagan, choynak, piyola, guldon, kapkir, bidon, qumg`on, patnis, sabzi taxta v.b.) musiqa asboblari (rubob, dutor, nay, childirma, surnay, skripka, v.b.) meva va sabzavotlar (olma, nok, beHi, qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, baqlajon, uzum, anor, v.b.)ning modellari, qush va Hayvonlarning (quyon, chumchuq, qaldirg`och, kabutar, qarg`a, bulbul, sa`va, to`ti, tipratikon, laylak, turna v.b.) tulumlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus xona talab etiladi. Tasviriy san`atdan o`zbek va chet el rassomlari, xalq amaliy san`ati va me`morchilik asarlarining reproduksiyalari, rangshunoslik, yorug`-soya va perspektiva qonunlariga oid chizish va bo`yash usullarini ko`rsatuvchi jadvallar borki, ulardan unumli foydalanish ko`p jiHatdan maxsus xonaga bog`liqdir. Ma`lumki, tasviriy san`at mashg`ulotlarini dastur talablari darajasida o`tkazish, rasm chizish uchun molbert yoki moslamali parta, natura qo`yish uchun taglik, naturani sun`iy ravishda yorug`lantiruvchi asboblar kerak bo`ladi. Tasviriy san`at xonasi bo`lmagan taqdirda bu ko`rsatilgan ko`rgazma va texnika vositalarini (mavzuga taaluqli bo`lganlarini albatta) o`quvchi sinfdan-sinfga ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi. Bu ishlar esa ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lganligi sababli ularni amalga oshirib bo`lmaydi. Natijada, mashg`ulotlarning ko`pchiligi ko`rgazmaliliksiz o`tiladi va u dastur talablariga javob bermaydi. Hozirda, boshqa fanlar qatori tasviriy san`at darslarini texnika vositalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. CHunki, san`atshunoslik asoslari kursini o`tishda ko`plab slayda, diopozitiv, diafilm, kinofilmlar namoyish etish kerak. Maktablarni yoppasiga kompyuterlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda maxsus xonaning bo`lishi yanada oydinlashadi. Mana shuning uchun Ham Hozirda tasviriy san`at predmetining o`qitilishini talablar darajasiga ko`tarish uchun Har bir maktabda bu fandan maxsus xona bo`lish shart. Download 33.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling