Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi
Download 39.35 Kb.
|
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gemodinamikasi
AORTA KOARKTATSIYaSI
Aorta koarktatsiyasi-aortaning bo‘yincha qismida joylashgan tug‘ma segmentar torayishidir. Bu yurakning tug‘ma nuqsonlari o‘rtasida 6,8% va boshqa yurak nuqsonlari bilan birgalikda 25-60% gacha uchraydi. Aortaning torayishi ko‘proq aortaga OAY (ochiq arterial yo‘l) qo‘shilishidan proksimal, distal yoki uning qarama-qarshisida kam hollarda aortaning ko‘krak yoki qorin bo‘limlarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu variantlarni postduktal va preduktal variantlarga bo‘lish mumkin. Postduktal variantda aorta ichi lokallashgan torayishi bilan xarakterlanadi. Bunda aortaning tashqi diametri aorta ichi torayishi darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Preduktal variantda aorta OAY dan proksimal qismda aortaning torayishi aniqlanadi. Gemodinamikasi Aorta koarktatsiyasida qon aylanishining buzilishi 2 rejimda kechadi. 1-rejimda buzilish, torayish joyidan proksimal va distal qismlarda kuzatiladi. Aortaning torayishi OAY dan postduktal joylashgan bo‘lsa, o‘ng qorinchaning zo‘riqish alomatlari va gipertrofiyasi kuzatiladi. Chap qorincha zo‘riqa boshlaydi va uning gipertrofiyasi kuzatiladi. O‘pkada, o‘pka arteriyasida, o‘ng qorinchada hajmiy zo‘riqish kuzatiladi. Aortaning proksimal qismda diastolik bosim oshib ketadi, chap qorinchaning zarbaviy hajmini ko‘tarilishi hisobiga sistolik bosim ham oshadi. 2-rejimda preduktal variantida o‘pkada, o‘pka arteriyasida, o‘ng qorinchada hajmiy zo‘riqish yo‘qligi sababli o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Qon aylanishining buzilishining bu rejimida toraygan joydan pastki qismlarida gipotenziya belgilari kuzatiladi. Klinikasi Aorta koarktatsiyasi turli yoshdagi bemorlarda turlicha klinik namoyon bo‘ladi. Emizikli bolalarda u og‘ir yurak-o‘pka yetishmovchiligi, ishtahaning yo‘qligi, bolaning bezovtaliligi bilan namoyon bo‘ladi. Bu bolalarda kardiogen shok alomatlari ham kuzatilishi mumkin. Pre va postduktal variantlari kasallikning kechishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Izolyatsiyalangan koarktatsiyada bo‘yinturuq chuqurchasi va to‘shdan chap tomonda 2-3 qovurg‘alar orasida sistolik shovqin eshitiladi. Yurak sohasidagi sistolik shovqinning eshitilishi yurakda boshqa nuqsonlar borligidan dalolat beradi. Yurak yetishmovchiligi 70% bemorlarda kuzatiladi. Hansirash oqibatida bolalar daqiqasiga 70-100 martagacha nafas olishlari mumkin. Jigar kattalashadi, oyoqlarda shish paydo bo‘ladi. O‘pkada chap qorincha yetishmovchiligidan dalolat beruvchi ho‘l xirillashlar eshitiladi. Bu bolalarda buyrak yetishmovchiligi ham kuzatiladi. Hamma qo‘l va oyoqlarda periferik pulsatsiya va arterial qon bosimini o‘lchash aorta koarktatsiyasining diagnostikasini asosi hisoblanadi. Sistolik arterial qon bosimi qo‘llarda 100-220 mm sim ustunigacha yetadi. Lekin shuni esda tutish lozimki, yangi tug‘ilgan bolalarda aorta bo‘yinchasidagi fiziologik siqilish natijasida birinchi 2-3 oylarda oyoq va qo‘llardagi bosim gradienti 30 mm sim ustuniga teng bo‘ladi. Shunday qilib, oyoqlarda pulsatsiyaning yo‘qligi yoki sustligi tananing yuqori qismida arterial gipertenziyaning mavjudligi va oyoq va qo‘llarda bosim gradienti emizikli bolalarda aorta koarktatsiyaning asosiy alomati hisoblanadi. Bemorlar yoshiga qarab, kasallikning kechishi 3 davrga bo‘linadi. 1. Hayotning birinchi yilida bo‘lib, bu davrda o‘lim ko‘p uchraydi. 2. Hayotning 1 dan 5 yoshgacha bo‘lgan davri. Bolalar bosh og‘rig‘iga, hansirash, darmonsizlikka shikoyat qiladilar. 3. Kompensatsiya davri, 5-15 yoshlar. Bemorlar shikoyat bildirmaydilar. 4. Nisbiy dekompensatsiya davri. Bemorlarda turli shikoyatlar boshlanadi. 5. Dekompensatsiya davri. Bemorlarning 20-40 yoshlarida kuzatiladi. Bemorlarda gipertoniya kasalligining alomatlari paydo bo‘ladi. Ko‘rganda bo‘yin, yelka, ko‘krak muskullari yaxshi rivojlanganligi (gipertrofiyasi) yuz, teri va shilliq qavatlar giperemiyasi tananing pastki qismi va muchalarida esa gipotrofiya belgilari kuzatiladi. Katta yoshdagi bemorlarda 3 guruh shikoyatlar kuzatiladi: 1) aortaning proksimal bo‘limidagi gipertenziya bosh miya ichi gipertenziyasi (serebral belgilar) alomatlari: bosh og‘rig‘i, boshda og‘irlik, pulsatsiya hissi, aqliy tez charchash, xotira va ko‘rishning pasayishi, burundan qon ketishi, gemorragik insult; 2) chap qorincha zo‘riqishining kuchayishi (kardial belgilar) alomatlari: yurak sohasidagi og‘riq, yurakning tez urishi, nafas yetishmovchiligi; 3) tananing pastki sohasida qon aylanishi yetishmovchiligi alomatlari: yurganda tez charchash, darmonsizlik, oyoqlarning sovuq qotishi, yurganda oyoq mushaklarida og‘riq va gipotrofiya belgilari kuzatiladi. Download 39.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling