Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet15/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Etiologiyasi
Yurak embriogenezining buzilishiga olib keluvchi ikki guruhdagi sabablarga qaralsin.
Gemodinamikasi
Bu nuqsonda gemodinamikaning buzilishi defekt orqali qonning chap bo‘lmachadan o‘ng bo‘lmachaga oqishi va uning hajmini mitral klapan stenoziga proporsional ravishda oshishi bilan xarakterlanadi. Defekt orqali haydalayotgan katta hajmdagi qon chap qorinchaning daqiqiy hajmini kamaytiradi. O‘pka arteriyasida qon oqimining kuchayishi vaqt o‘tishi bilan o‘pka gipertenziyasiga olib keladi.
Klinikasi
Nuqsonning klinik alomatlari undagi anatomik komponentlardan qaysi birining kuchliroq ifodalanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Chap bo‘lmacha qorincha o‘rtasidagi mitral teshikning torayish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, arterial qonning bo‘lmachalararo to‘siq nuqsonidan o‘ng bo‘lmachaga o‘tishi shuncha ko‘p bo‘lib, dastlab o‘ng bo‘lmachani keyin esa o‘ng qorinchani hajmiy zo‘riqishiga, gipertrofiyasiga va dilyatatsiyasiga olib keladi. Klinik belgilarning ifodalanishiga qarab kasallikning 3 ta klinik bosqichi (kompensatsiya, subkompensatsiya, dekompensatsiya) tafovut qilinadi. Bemorlar hansirashga, tez charchashga, yurakning tez urishiga, yurak sohasidagi og‘riqqa shikoyat qiladilar. Bu bemorlarda qon tupurish va o‘pka shishi bo‘lmaydi.
Diagnostikasi
Obyektiv ko‘rganda bemorlardagi teri qoplamlarining oqimtirligi ularning jismoniy rivojlanishda orqada qolishi, ozg‘inligi yaqqol namoyon bo‘la boradi. Yurak uchi turtkisi kuchaygan va chapga surilgan.
Perkussiyada yurak o‘ng bo‘lmacha va qorincha hisobida kengaygan.
Auskultatsiyada va fonokardiogrammada: yurak ohanglari kuchaygan: 1-ohang yurakning uchida, 2-ohang o‘pka arteriyasining ustida yaqqol eshitiladi. 1-5 nuqtalarida presistolik, IV nuqtada esa sistolik shovqin eshitiladi.
EKGda yuraknig elektrik o‘qi o‘ngga surilganligi va o‘ng bo‘limlarning zo‘riqishi kuzatiladi. Hamma bemorlarda atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik va Giss tutamining o‘ng oyoqchasi qamali qayt qilinadi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling