Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet18/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi

Auskultatsiyada – arterial qon bosimi me’yorida bo‘lib, to‘shdan chap tomonda 2-3 qovurg‘a oralig‘ida “quruq” qo‘pol sistolik shovqin eshitiladi. Uning intensivligi o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasining chiqish qismi stenozi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
FKGda bu shovqin rombsimon shakldagi, sistolani butunlay egallaydigan shovqin sifatida qayd qilinadi. 2 ohangga bo‘lingan.
EKGda yurakning elektrik o‘qi o‘ngga siljigan, o‘ng qorincha zo‘riqish alomatlari va gipertrofiyasi ko‘p ifodalangan.
Rentgenogrammada yurak o‘lchamlari biroz kattalashgan, o‘ng qorincha gipertrofiyasi natijasida uning bo‘shlig‘i kengaygan, va yurak uchi yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lib, u “yog‘och botinka” (Gollandskiy bashmachok) shaklida bo‘ladi.
Yurak bo‘shliqlarini kateterizatsiyasi - katta diagnostik ahamiyatga ega. Bunda o‘ng qorincha ichidagi bosimni aniqlash mumkin. Odatda o‘n qorincha ichidagi bosim juda yuqori bo‘lib, aortadagi bosim bilan teng bo‘ladi.
Angiokardiografiya – kateter orqali o‘ng qorinchaga kontrast modda yuborilganda, bir vaqtnig o‘zida o‘pka arteriyasi va aortaning ko‘tariluvchi qismining kontrastlanishi kuzatiladi.
Laborator tekshirishlar: qon taxlilida eritrotsitlar miqdorining oshishi kuzatiladi (5-7 x1012 g/l), gemoglobinning oshishi (180-200 g/l gacha) gematokritning – 60-80% gacha oshganligi kuzatiladi.
Davolash
Fallo tetradasini davolash operativ hisoblanadi. Bemorlarda palliativ va radikal operatsiya usullari qo‘llaniladi. Palliativ operatsiyalarga quyidagilar kiradi: 1) Blelok-Taussik usuli. Bunda o‘ng o‘mrov osti va o‘pka arteriyasi o‘rtasida anastomoz qo‘yiladi
2) Vishnevskiy-Doneskiy usuli. Bunda o‘mrov osti arteriyasi bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida anastomoz, Doneskiy halqasi va transplantat yordamida qo‘yiladi; 3) Vaterstoun-Kuli usuli. Bunda aortaning ko‘tariluvchi qismi bilan, o‘pka arteriyasi o‘rtasida anastomoz qo‘yiladi
Fallo tetradasida qo‘llaniladigan radikal operatsiyalarni hali to‘liq ishlab chiqilgan deb bo‘lmaydi. Radikal operatsiya hajmi klapanlar holati, o‘pka o‘zagi diametri, o‘pka shoxchalari holatiga, QATYning joyiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi operatsiyalar qo‘llaniladi: Blelok-Taussik bo‘yicha qo‘yilgan anastomozdan keyingi radikal korreksiya: sun’iy qon aylanishi sharoitida o‘mrov osti arteriyasini bog‘lash, klapanlar stenozida tabaqalar yopishganda, ularni kesish, o‘pka aretriyasini kengaytirish, QATY ga yamoq qo‘yish.
2.Vaterstoun-Kuli bo‘yicha anastomoz qo‘yish operatsiyasidan keyingi korreksiya; anastomozni yo‘qotish va boshqa defektlarni korreksiyalash qo‘llaniladi.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling