Metallurgiya
solvatlar (erituvchi suv bo‘lganida gidratlar
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritmaning sinflari.
solvatlar (erituvchi suv bo‘lganida gidratlar) deyiladigan birikmalar hosil bo‘ladi.
Bunday birikmalarning hosil bo‘lishi jihatidan eritmalar kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi. Rus kimyogari D. I. Mendeleyev eritmalarning kimyoviy nazariyasini yaratdi, uni juda ko‘p tajribalar bilan asoslab berdi va 1887 yilda “Suvdagi eritmalarni solishtirma og‘irligiga ko‘ra tekshirish” nomli kitobida bayon qilib berdi. Eritmaning sinflari. Moddalar suv bilan aralashtirilganda bir jinsli (eritmaga xos xususiyat) hamda ko‘p jinsli sistemalar, ya’ni suspenziya va emulsiyalar hosil qilishi mumkin. Erish jarayonida dastlab moddalar maydalanadi, shu sababli haqiqiy eritmalar, shuningdek, suspenziya va emulsiyalar dispers 43 sistemalar jumlasiga kiradi (disperslanish-maydalanish demakdir). Dispers sistemalar juda ko‘p bo‘ladi, ular bir-biridan qanday zarrachalar (qattiq, suyuq va gazsimon) ekanliklari va qanday muhitda (suyuq va gazsimon holatlarga) aralashganliklari bilan farq qiladi. Masalan, tutun yoki havodagi chang, bunda havo gazlar aralashmasi, tutun yoki chang-maydalangan qattiq jism zarrachalaridir. Tarkibi–dispers muhiti–suv va boshqa suyuqliklar bo‘lgan dispers sistemalar dispers zarrachalarning o‘lchamlariga qarab haqiqiy eritmalar yoki eritmalar, kolloid eritmalar, dag‘al dispers sistemalar yoki suspenziya va emulsiyalarga bo‘linadi. Haqiqiy eritmalarning dispers zarrachalari juda kichik o‘lchamlarga ega, shuning uchun ularni bir jinsli sistemalar deb ataladi. Zarrachalarning o‘lchamlari 1 nm (10 -9 m) dan kichik bo‘ladi. Kolloid eritmalarda dispers zarrachalarning o‘lchamlari 1-100 nm, hatto undan ham katta bo‘lib, bu zarrachalar juda ko‘p molekula yoki atomlardan iboratdir. Kolloid eritmalar ba’zi yuqori molekular moddalarni, masalan, oqsillarni suvda eritish natijasida, shu bilan birga kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham hosil bo‘ladi. Ularning xarakterli hossasi tiniqligi hisoblanadi. Ba’zi kolloid eritmalar qaynatilganida elektr zaryadga ega bo‘lgan ionlar desorblanadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklasha boshlaydi va idish tubiga cho‘kib qoladi. Kolloid zarrachalarning bir-biriga yopishib, eritmadan cho‘kish hodisasi Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling