Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
Eritmalar deb ikki yoki undan ko‘p komponentlar (tarkibiy qismlar) va
ularning o‘zaro ta’sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli sistemalarga aytiladi. Masalan, H 2 SO 4 ning eritmasi erituvchidan-suvdan (birinchi komponent), erigan moddadan-kislotadan (ikkinchi komponent) va ularning o‘zaro ta’sir mahsulotlaridan-gidratlangan ionlardan: H + , HSO 4 - , SO 4 2- lardan tarkib topgan bo‘ladi. Agregat holatiga ko‘ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo‘ladi. Suyuq eritmalarga moddalarning suvdagi eritmalari; qattiq eritmalarga metallarning qotishmalari; gazsimon eritmalarga gazlarning aralashmalari va havo 40 misol bo‘la oladi. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo‘lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir. Har qanday eritmaning muhim xususiyati uning tarkibi hisoblanadi. Eritmalar tarkibini son bilan ifodalashning har xil usullari bor: erigan moddning massa ulushi, molyar konsentratsiya va boshqalar. Erish jarayoni bir modda molekulalari yoki ionlari orasidagi oddiy maksimallanishdan iborat bo‘lib qolmay, balki ayni moddalar orasida turli хil fizika-kimyoviy o‘zaro ta’sirlar ham bo‘lishi mumkin. Eritmada qaysi moddaning miqdori ko‘p bo‘lsa, yoki qaysi modda o‘z agregat holatini o‘zgartirmagan bo‘lsa shu modda erituvchi qolgani esa erigan modda deyiladi. Eritmalar erigan modda zarrachalarining o‘lchami katta kichikligiga qarab chin eritmalar kolloid eritmalar va dag‘al dispers sistemalarga bo‘linadi. Chin eritma erigan modda zarrachalarining o‘lchami1 nm (10 -6 mm) dan kichik, kolloid eritmada 1 nm dan 100 nm gacha, dag‘al dispers sistemalarda esa 100 nm dan katta bo‘ladi. Eritmalar ogregat holatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi. 1. Gazlar aralashmasi (masalan havo). 2. Suyuq eritmalar. 3. Qattiq eritmalar. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling