42
bo‘lgan moddaning eng ko‘p grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor ba’zan
eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib
moddaning eruvchanligi deb
ataladi. Masalan, 18
0
C da 100 g H
2
O da 51,7 g Pb(NO
3
)
2
eriydi. (ya’ni Pb(NO
3
)
2
ning eruvchanligi 18
0
C da 51,7 ga teng).
Moddaning eruvchanligi haqida gapirilganda erishdagi temperaturani albatta
ko‘rsatish kerak. Ko‘pincha qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura
ko‘tarilishi bilan ortadi. Bu eruvchanlik egri
chiziqlari yordamida yaqqol
tasvirlanadi. Abssissalar o‘qiga temperatura, ordinatalar o‘qiga
eruvchanlik
koeffitsienti qo‘yiladi. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli
temperaturadagi
eruvchanlik
koeffitsienti
oson
aniqlanadi.
Temperatura
pasayganida eritmadan moddaning ajralib chiqishi
kristallanish deyiladi.
Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo‘ladi:
moddaning tabiatiga
qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Erish jarayonida issiqlik chiqqanida
ekzotermik jarayon (H0), issiqlik yutilganida endotermik jarayon (H0)
amalga oshadi. Erish issiqligi H-bu 1 mol modda eriganida
ajralib chiqadigan
yoki yutiladigan issiqlik miqdoridir. Masalan, KOH uchun H
0
=-55,65 kjmol,
NH
4
NO
3
uchun esa H
0
=+26,48 kjmol.
Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida
Do'stlaringiz bilan baham: