Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suspenziyalar
- Emulsiyalar
koagulyatsiya deb ataladi. Ba’zi kolloid eritmalar koagulyatsiya natijasida iviq
massa holatiga o‘tadi, bu holatdagi modda gel (yoki iviq) deb ataladi. Masalan, 3 % li jelatina issiq suvda gelga yoki iviqqa aylanadi. Buning sababi shundaki, kolloid zarracha juda ko‘p suv molekulalarini o‘z atrofiga yig‘adi. Ko‘p gellar kundalik turmushda (masalan, jele, marmelad, ba’zi bir nozu-ne’matlar) ko‘plab ishlab chiqariladi va foydalaniladi. Dag‘al dispers sistemalar suspenziyalar va emulsiyalarga bo‘linadi. Suspenziyalar–dispers zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta, zarrachalarni asbobsiz ko‘z bilan ko‘rish mumkin, oson cho‘kadi, ba’zan bir necha daqiqa 44 mobaynida cho‘kadi, oddiy filtrlarda (qog‘oz filtrda) ushlanib qoladi. Emulsiyalar–dispers zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan katta, ayrim tomchilarni asbobsiz ko‘z bilan ko‘rish mumkin, masalan o‘simlik moyi yoki benzinning suv bilan aralashmasi. Eritmaning eng muhim xarakteristikasi uning konsentrasiyasidir. Eritmaning muayyan miqdorda erigan modda miqdori eritmaning konsentrasiyasi deyiladi. Barcha eritmalar o‘zidan elektr tokini o‘tkazishiga ko‘ra ikki sinfga bo‘linadi: elektrolit va noelektrolitlar. Elektrolit eritmalar o‘zlaridan elektr oqimini yaхshi o‘tqazadi. Bunaqangi eritmalarga kislota, asos, va tuzlarning suyuq eritmasi kiradi. Noelektrolit eritmalar ko‘proq organik modda eritmasi kiradi. Chin eritmalar – ikki (yoki bir qancha) moddning bir jinsli aralashmasidir. Chin eritmalar har xil agregat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asosan suyuq eritmalar to‘g‘risida to‘хtalamiz. Suyuq eritmalar erituvchi va erigan yoki eruvchi moddadan tashkil topadi. Chin eritmada dispers muhit, erituvchi dispers faza eruvchi deb nomlanadi. Erish jarayonida o‘z agregat holatini saqlab qolgan modda erituvchi hisoblanadi. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma’lum darajada madalangan zarrachalar hamda taqsimlanishi natijasida hosil bo‘lgan sistema dispers sistema deyiladi. Ma’lum darajada maydalangan holda taqsimlangan modda dispers faza deyiladi. Bu moddani o‘rab olgan moddalar esa dispers muhit deb ataladi. Eritmalar uch sinfga bo‘linadi: ideal eritmalar, cheksiz suyultirilgan eritmalar va ral eritmalar. Ideal eritmalar deb bir хil agregat holatidagi va istalgan nisbatdagi tarkibiy qismlardan hosil bo‘ladigan, issiqlik effekti ajralmaydigan, hajmi o‘zgarmaydigan, ideal gazlar aralashganda entropiyaning o‘zgarishi sodir bo‘lgan o‘zgarishga ΔS = ΔS ideal hamda ΔV = 0, ΔH = 0 ga teng bo‘lgan eritmalarga aytiladi. Cheksiz suyultirilgan eritma – bu хil eritmalarda erigan moddaning konsentrasiyasi cheksiz kichik bo‘ladi. Ideal bo‘lmagan har qanday cheksiz 45 suyultirilgan eritmada erituvchi ideal eritmalar qonuniga bo‘ysunadi. Erigan modda esa bo‘ysunmaydi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling