Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
Mudir nihoyat keldi. Yo‘lda selga uchrab, kiyimi astar-avrasigacha ho‘l bo‘lib ketibdi. 
Mudir meni kabinetida ko‘rib: 
— Xush kelding, qizim. Hozir maorif bo‘limida aytishdi seni. Olloh jumlamizni muborak 
etsin, — dedi. 
Mudirning oppoq yumaloq soqol o‘rab turgan chehrasi ichida yumaloq yuzi, olma kabi 
qip-qizil betlari, javdirab turgan g‘ilay ko‘zlari bor edi. 
Ustidan oqayotgan suvlarga qarab: 
— Oh, xudo ko‘tarsin, shamsiyani olib chiqish esimdan chiqibdi. Rosa sho‘rim quridi! 
Aqlsiz kalla jabrini oyoq tortar, deyishadi, lekin bu safar kiyim tortdi. Ayb qilma, qizim, 
bir oz qurib olmasam bo‘lmaydi, — dedi. 
Mudir choponini yecha boshladi. Men o‘rnimdan turib: 
— Afandim, sizni bezovta qilmay. Keyin kelarman, — deb tashqariga chiqmoqchi 
bo‘ldim. 
Lekin Rajab afandi qo‘l ishorasi bilan meni joyimga o‘tqazdi. 
— Yo‘q, jonim qizim, takalluf nima hojat! Biz senga ota o‘rnidagi odammiz, — dedi. 
Choponning ichida naparmon chiziqli sariq atlasdan nimchagami yo ko‘ylakkami 
o‘xshagan bir narsa bor edi. Yoqasiga qarasang ko‘ylak deysan, cho‘ntaklariga qarasang 
nimcha. 
Rajab afandi stulini pechka yoniga surib o‘tirdida, tovonlariga ot taqasiga o‘xshatib ju-
da katta mixlar qoqilgan ko‘n botinkali oyoqlarini o‘tga yaqinlashtirib, men bilan gapla-
sha boshladi. 
Mudirning sandonga bolg‘a urilganda chiqadiganga o‘xshash yo‘g‘on va quloqlarni kar 
qiladigan dag‘al ovozi bor edi. “Q” harflarini “G‘” shaklida talaffuz etardi. 
— Juda ham yosh bola ekansan-ku, qizim! — dedi. 
Hamma yerda eshitaverib jonimga tekkan so‘zni u ham aytdi. 
— Albatta, bu ish qo‘lingga osonlikcha kirmagandir, lekin buni qo‘lda saqlab qolish un-
dan ham qiyinroq bo‘lar, deb o‘ylayman. Shuning uchun g‘ayrat qilishing kerak. Mening 
muallimalarim ham o‘z yo‘llari bilan qizlarim o‘rnidagi kishilar. Shu sababli nihoyatda 
o‘zlarini og‘ir, jiddiy tutishlari kerak. Bir vaqt muallimalarimdan bittasi ko‘p xunuk ish 
qilib qo‘ydi. Qorasi o‘chsin! Maorif bo‘limi bilan kelishib o‘tirmasdanoq, pasportini qo‘liga 
berib quvib chiqardim. Shunaqa emasmi, Shahnoza xonim? Nima balo, og‘zingga talqon 
solib olganmisan? 
Shahnoza xonim, ya’ni maktab mudirining muovini  yo‘talmasdan turib biron so‘z ayta 
olmaydigan o‘rta yoshli, za’faron, xasta yuzli bir xotin edi. Anchadan beri bir narsa dey-
ishga harakat qilayotganligini sezib o‘tirardim. U asabiy bir tovush bilan: 
— Ha-ha, shunday bo‘luvdi, — dedi. Keyin so‘z nvbatini qo‘ldan bergisi kelmadimi, 
tomdan tarasha tushgandek qilib gapirdi: 
— Hammollar ikki majidiyatdan kamiga unashmayapti, nima qilamiz? 
Rajab afandi, ustidan bug‘ eshilib chiqayotgan nam botinkalariga o‘t ketayotgandek, 
birdan sakrab turdi. 
— Bu muttahamlarni qarang, voy la’natilar-ey! O‘lay agar, yuklarni o‘zim orqalab ta-
shiyman. Men telbaroq odamman. Aytdimmi — qilaman. Bor, borib ayt. 
Keyin u yana menga yuzlandi: 
— Sen ko‘zlarimning g‘ilayligini ko‘ryapsanmi? Xudo nomi bilan qasam ichamanki
men bu ko‘zlarimni ming liraga ham sotmayman. Odamlarimga mana shunday bir 
qarash qilsam bas, aql-hushlari boshlaridan uchadi-ketadi. Ya’ni, masalan, muddaom 
shuki, qiz degan narsa aql-xushli, odobli, yaxshi tarbiyali bo‘lishi kerak. Vazifasiga qusur 
yetkazmasin, tashqarida muallimalik nomiga isnod keltirmasin. Muovina xonim, dars 
vaqti bo‘lib qoldi deysanmi? 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling