Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
134 — Bo‘ldi, afandim, qizlar sinfga kirishdi.. — Yur, qizim, seni o‘quvchi qizlaringga tanishtirib qo‘yay. Lekin xudo xayringni bersin, shu yuzingni avval yaxshilab yuvib ol. Mudir afandi so‘nggi so‘zlarini bir oz tortinib, ovozini pasaytirib ayti. Men juda qattiq xijolat bo‘lib qoldim. Tavba. Yuzimga bir narsa tegibdimi? Muovina xonim bilan ko‘z urishtirib olishdik. U ham men singari taajjubda edi. — Nima, yuzimga bir narsa tegibdimi, afandim? — deb so‘radim. — Qizim, xotin zoti zebu ziynatga o‘ch keladi. Lekin muallimalar yuz-ko‘zlarini mana shunday bo‘yab sinfga kirishsa — to‘g‘ri kelmaydi. Mening senga otalarcha nasihatim shu. Men uyalib-tortinib: — Lekin menda bo‘yoq yo‘q, mudir afandi, men haligacha yuzimga bo‘yoq surtgan odam emasman, — dedim. Rajab afandi ishonmasdan yuzimga tikilib: — Ana xolos, ana xolos, — deyardi. Men birdan sirga tushunib, o‘zimni tutolmasdan kulib yubordim. — Mudir afandim, siz aytgan bo‘yoqlardan men ham kuyganman. Lekin nachora, xudo surtibdi, suv bilan yuvishning iloji bo‘lmasa, — dedim. Muovina xonim ham menga qo‘shilib kula boshladi. — Xonimning rangi tabiiy, afndim, — dedi. Biznig kulgilarimiz mudir afandiga ham yuqdi. Uning kulishi ham odamlar kulgisidan boshqacharoq edi. “Xo-xo-xo” deb kulganda “x” harfini yangi maktabga kelgan bolalarga alifbe o‘rgatayotgandek, dona-dona qilib chiqarardi. — Ana u tomoshani qarang! Xudo beribdi, xudo... Xudo bir bersa birato‘la beradi. Hay, muovina xonim, sen mana shunday chiroyli yuzni ko‘rganmisan? Qizim, onang sen- ga sut o‘rniga gulqand emizganmi? Voy xudo! Rajab afandi nihoyatda yaxshi odam bo‘lsa kerak. Anchagina kayfim ochildi. U hamon ustidan bug‘i chiqib turgan choponini kiydi, biz birga sinfga ketdik. Koridor derazalarining birida talabalarimni ko‘rib, nafasim bo‘g‘zimga tiqildi. Biz ichkari kirdik. Yo rabbiy, muncha odam ko‘p! Sinfda elliktacha qiz bola bor edi. Hammasi ham men tengi katta-katta qizlar. Bularning birdaniga menga tikilgan turli-tuman ko‘zlari qarshisida yer- ga kirib ketgudek bo‘lib turardim. Rajab afandi shu zahoti chiqib ketganida men juda yomon ahvolda qolardim, nimaga desangiz, o‘zimni yo‘qotib, shoshib qolgan edim. Xayriyatki, mudirda odamlarni o‘z so‘zi- ga quloq soldirish fazilati kuchli ekan. — Qani, qizim, joyingga bor-chi! — deb guvilladi-da, meni qo‘yarda-qo‘ymay kafedra stoliga chiqardi. Ke- yin uzundan-uzoq so‘z boshladi. Voy xudo, nimalarni gapirmadi! Yevropaliklar-ku tabiiyotni, kimyoni, falakiyotni, riyozatni arablardan olgan ekan, xo‘sh, nima uchun biz yevropaliklardan ilmi jadidni olmay, noma’qulchilik qilib kelamiz? Yevro- paliklarning ilmu urfon va donishmandlik xazinalariga to‘qinish, ularning bilim sohalari- dagi g‘alabalariga chang solish — qonuniy talashdir. Bu talash to‘plar, miltiqlar yordami bilan emas, balki faqat frantsuz tili orqaligina qilinar emish. Mudir afandi dam sayin qaynab, jo‘shib bordi. U quloqlarni qomatga keltiradigan mo- maqaldiroqdek dahshatli tovushi bilan guldirab gapirar, meni ko‘rsatib: — Dunyoning hamma mamlakatlari ega bo‘lgan bilim xazinasining kaliti mana shu mushtumdek kichkina qiz qo‘lidadir. Sizlar buning kichkinaligiga qaramanglar. Bo‘yi sin- chalakdek bo‘lsa ham, ichi javohirlar bilan to‘liqdir. Yoqasiga yopishing, bo‘g‘ziga chang soling, ilmini og‘zidan oling, limondek siqib chiqaring! U mal’un qahqahalardan birining boshlanishidan qo‘rqib, sinfdan qochib chiqib ketish- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling