Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
136 ham yo‘q emas. Ne ajab, odam uyida ham hammani bir xil yaxshi ko‘ra olmaydi-ku. O‘qituvchilar orasida istambullik Naziha bilan Vasfiya degan ikkita yosh juvonni yaxshi ko‘rib qoldim. Bular bir-birlaridan hech ayrilmaydilar. Lekin muovina Shahnoza xonim, bular bilan yaqin aloqa qilmang, deb aytdi menga. Ammo nima uchunligini bilmayman. Bulardan boshqa yana ikkita tanishim ham bor. Biri bir mahallar markaziy rushdiyada meni mudofaa qilgan uzun bo‘yli, timqora ko‘zli muallima xotin. Bu yerda haftada bir kun dars beradi. Mudir afandining g‘ilay boqishlaridan qo‘rqmaydigan birdan-bir o‘rtog‘imiz shu. Aksincha, Rajab afandining o‘zi undan hayiqadi, moviy choponining yoqasini ushlab: “Juda fe’li yomon-da! Shundan bir qutulsam bormi, xudo haqqi, ko‘zim tuzalib ketadi!” deydi. Ikkinchi tanishim — tishlari otnikiga o‘xshagan, ko‘zoynaklarini hech vaqt olmaydigan keksa muallima. Istambulda turgan kezlarimda ko‘pincha shahar atrofi poezdiga birga tushib qolardik. Go‘ztepa tomonlarida, allaqaerda muallimalik qilardi. Kampir meni taniganmi, yana yuzimga tikilib: — Xudoyo tavba! Shunchalik bir-biriga o‘xshagan odamlarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan emasman. Bir mahallar poezddda bitta sho‘x maktab qizini ko‘rib yurardim. Sizga shu- naqa ham o‘xshaydiki!.. Lekin, u nazarimda, frantsuz edi shekilli. U shunday sho‘xlik qilardiki, butun vagon ichagi uzilgudek bo‘lib kulardi,— deydi. Men ham ko‘zimni olib qochib: — Ehtimol, shunaqa ham bo‘ladi, — deyman. Maktabda bir necha erkak muallimlar ham bor. Masalan, Zohid afandi. Bu keksa kishi din darsi beradi. Geografiya o‘qituvchisi, iste’foga chiqqan mo‘ysafid polkovnik Umarbey. Ismini men bilmaydigan bir yozuv muallimi va musiqa muallimi Shayx Yusuf afandi; bu faqat maktabgagina emas, butun B... shahriga shuhrati ketgan kishi. Yusuf afandi haqiqatan ham bir mahallar Mavloviylar sulukiga shayxlik qilgan. Bechora bir necha yil avval qattiq og‘rib, sil kasaliga yo‘liqqan. Doktorlar joyini o‘zgartirmasa o‘lishini aytgan- lar. Shuning uchun tul opasi bilan ikki yil avval B... shahriga ko‘chib kelgan. U hozir opa- si bilan kichkina bir uyda turar emish. Ana shu kichkina uyni ko‘rgan-bilganlar uni musiqa muzeyiga o‘xshatadilar. Har cholg‘udan, har sozdan bor emish. Shayx afandi bu yerda mashhur bastakor sifatida ham tanilgan. Uning asarlari kuylanar, chalinar, odam ularni yig‘lamasdan tinglay olmas ekan. Men uni birinchi marta yomg‘ir yog‘ib turgan bir kunda ko‘rdim. Tanaffusda o‘quvchi qizlarim bilan birga boqqa chiqib, bir oz havo olib kelmoqchi bo‘ldm. Men u yerda yangi to‘p o‘yinini ko‘rsatdim, birga o‘ynashdim, anchagina bahrimni ochdim. Ichkariga kirga- nimda qora ko‘ylagim ivib ketgan edi. Joyi kelganda shuni ham aytib ketayinki, men ixti- ro etgan muallimalik ko‘ylagi sekin-sekin boshqalarga ham rasm bo‘la boshladi. Hatto o‘quvchi qizlarim ham tiktirib kiyishadigan bo‘lishdi. Mudir afandi ko‘ylakning rangiga qo‘shilmay: — Musulmon qizi qora kiyishi to‘g‘ri kelmaydi! Yashil bo‘lishi kerak, — deyardi. Biz esa, shunisi yaxshi, kirchimol, deb unisiga unamas edik. Muallimlar bo‘lmasida at- rofi kafelli kattakon pechka yonib turardi. Ikki devor burchagi bilan shu pechka orasiga kirib, ko‘ylagimni quritayotgan edim. Qo‘llarim cho‘ntaklarimga solingan edi. Shu mahal eshik ochilib, o‘ttiz besh yoshlardagi nozik, novcha bir afandi kirib keldi. U erkak o‘qituv- chilarimiz singari fuqaro kiyimida edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, yuqorida ta’rif qilin- gan Shayx Yusuf afandi xuddi shu kishi ekanligini payqadim. Maktabda uni juda yaxshi ko‘rishadi. Muallimlar darrov uni o‘rab olishdi, paltosini yechintirishdi. O‘zimni pechka panasiga olib turib, yer ostidan unga qaradim. Yumshoq, xushmuomala odam ekan. Zahil yuzida ko‘pincha o‘lishga mahkum bo‘lgan kasallardagi rangsiz, nozik, tiniq oqchil- lik bor edi. Chiroyli sariq soqoli, och ko‘k ko‘zlari menga pansiondagi olaqorong‘i dahliz- larda mungli-mungli kulimsiragan Iso suratlarini xotirlatdi. So‘zlari tasvirdan ojiz, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling