Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ka’batulloh va masjidlar eshigini ochmoq va ularni berkitmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

81-bob. Ka’batulloh va masjidlar eshigini ochmoq va ularni berkitmoq 
to‘g‘risida 
«Ey, Abdumalik, Ibn Abbos masjidlarini va uning eshiklarini bir ko‘rganingda erdi!» deb 
aytdi menga Ibn Abu Mulayka», — deydilar Ibn Jurayj. 
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar. 
Usmon ibn Talha: «Eshikni ochingiz!» — deb oyuz qildi. Eshikni ochishgach, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam (Ka’baga) kirdilar. U kishi birlan birga Bilol, Usoma ibn Zayd 
va Usmon ibn Talhalar ham kirdi. So‘ng, eshikni yopib qo‘ydilar. Bir ozdan keyin 
hammalari qaytib chiqdilar. Men shosha-pisha: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namoz o‘qidilarmi, yo‘qmi? » — dedim Bilolga. 
— Ha, o‘qidilar, — dedi. 
— Qaysi joyda? — dedim. 
— Ikki ustun oralig‘ida, — dedi. 
Qarangkim, o‘shanda «necha rak’at» deb so‘rash xayolimdan ko‘tarilibdir». 
82-bob. Masjidga mushriklarning kirmog‘i xususida 
Sa’id ibn Abu Sa’id: «Quyidagi o‘adisni Abu Hurayradan eshitdim», — deydilar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga askar yubordilar. Askarlar Baniy 
Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uni Sumoma ibn Asol deyishardi. Sumomani 
masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ydilar» (bu hadis yuqorida aytilgan). 
83-bob. Masjidlarda baland ovoz birlan gaplashmoqning noo‘rinligi 
Soib ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Masjidda turgan erdim, bir kishi mayda tosh otib meni 
chaqirdi, qarasam, Hazrat Umar erkanlar. «Anavi ikki kishini olib kelg‘il!» — dedilar. 
Ikkovini boshlab keldim. «Kimsizlar? Qaerdansizlar?» — dedilar Hazrat Umar. 
«Toiflikmiz»,— deyishdi. «Agar Madina ahlidan bo‘lganingizda, darra urdirardim, (bu 
qanaqasi?) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidlarida ovozlaringizni 
ko‘targ‘aysizlar?»—dedilar Hazrat Umar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan 
masjidda qarzini qistadi. Ular ovozlarini ko‘tarib janjallasha boshladilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam uylarida turib ularning ovozini eshitdilar. Keyin, hujralarining 
pardasini ochib: «Ey, Ka’b ibn Molik!» — dedilar. «Labbay, yo Rasululloh?» — dedi Ka’b. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan «qarzingning yarmini 
kechgil!» deb ishora qildilar. «Kechdim, yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam!»—dedi 
Ka’b. Rasululloh: «Turg‘il, qarzingni to‘lag‘il!» — dedilar Hidradga». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling