Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qoriga (sajdasiga) qo‘shilib sajda qilmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

7-bob. Qoriga (sajdasiga) qo‘shilib sajda qilmoq 
Tamim ibn Hazlamning bolalik chog‘lari erdi. Bir kuni ul sajda etiladirgan oyatni qiroat 
qilib berganida, Ibn Mas’ud: «Sajda qilg‘il, sen bizning imomimizdirsan!» - degan edilar. 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan 
surani o‘qir erdilar-da, sajda etar erdilar, biz ham birgalikda sajda aylar erdik. Ba’zan 
(odam ko‘pligidan) bir peshona siqqudek joy topolmay qolar erdik». 
8-bob. Imom sajda qilinadirgan oyatni o‘qiganida odamlarning to‘planmog‘i 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan 
oyatni o‘qiganlarida biz ham ul kishining oldilarida bo‘lar erdik, o‘l kishi sajda qilar 
erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda etar erdik. Odam ko‘pligidan ba’zi birimiz 
peshona siqqudek joy topolmay qolar erdik». 
9-bob. «Olloh taolo sajda etiladirgan oyat tilovat qilingandan keyin sajda 
etmoqni vojib aylamagan»,-degan fikrga borgan kishilar 
Imron ibn Husaynga: «Bir kishi sajda qilinadirgan oyatni eshitsa ham, to‘xtamay o‘tib 
ketaverdi»,- deyishdi. Imron: «To‘xtamagan ersa, ne bo‘libdir?» -dedilar. Imom Buxoriy: 
«Imron buni vojib deb hisoblamadi, shekilli»,-deydilar. Sajda qilinadirgan oyat 
o‘qilgandan keyin boshqalar sajda aylab, Salmon Forsiy sajda etmay o‘tib 
ketaverganlarida ul kishiga odamlar: «Nega siz sajda qilmadingiz!»-deyishdi. Shunda 
Salmon Forsiy: «Biz bul oyatni eshitmoq niyatida chiqqanimiz yo‘q erdik, biz uni 
tasodifan eshitib qoldik»,- degan ekanlar. Hazrat Usmon: «Bul - sajda qilinadirgan 
oyatni eshitmoqni ataylab niyat etgan kishilargagina vojibdir!»-deydilar. Zuhriy: 
«Tahoratli kishigina sajda qilg‘aydir. Agar sajda etmoqchi bo‘lsangiz, qiblaga qarab sajda 
etingiz. Ot minib safarga ketayotganingizda, ketayotgan tomoningizga qarab sajda 
qilaveringiz, buning zarari yo‘qdir»,- deydilar. Soib ibn Yazid razyyallohu anhu ersa, 
qisqa tilovat qilganlarida sajda etmas erdilar. 
Abu Bakr ibn Abu Mulayka rivoyat qiladirlar: «Rabiy’a odamlarning mumtozi erdi. Ul 
menga Hazrat Umar huzurida bo‘lgani haqida gapirib, bunday degandi: «Hazrat Umar 
jum’a kuni minbarda turib «An-Nahl» surasini o‘qidilar, sajda qilinadirgan oyatga 
kelganda, minbardan tushib sajda etdilar, odamlar ham sajda etishdi. Keyingi jum’ada 
yana «An-Nahl» surasini o‘qidilar, sajda qilinadirgan oyatga kelganda: «Ey odamlar, biz 
sajda qilinadirgan oyatga keldik, kimki sajda etgaydir, sunnatga amal qilgan bo‘lur. 
Kimki sajda qilmasa, gunohi yo‘qdir»,- deb o‘zlari sajda qilmadilar». 
Nofi’ raziyallohu anhu Hazrat Umar haqlaridagi rivoyatga qo‘shimcha qilib: «O’shanda 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
Hazrat Umar, «Olloh taolo sajda qilinadirgan oyat uqilgach, sajda etmoqni farz qilgani 
yo‘q, xohlasak sajda qilg‘aymiz» deb aytgan erdilar»,-deydilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling