Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o‘qiyveradir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

5-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o‘qiyveradir 
Hazrat Ali safarga chiqdilar. Yo‘lda ketayotib, hali uylari ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, 
namozni qasr o‘qidilar. Safardan qaytishda hamrohlari Hazrat Aliga: «Mana, Kufa ham 
ko‘rinib qoldi, endi namozni to‘liq o‘qiymizmi?» - deyishdi. Hazrat Ali: «Yo‘q, to shaharga 
kirmaguncha to‘liq o‘qimasmiz»,- deb javob qildilar. 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga peshinni Madinai Munavvarada o‘qidik. Zul-Hulayfa degan yerga borganda 
ersa, ikki rak’at asr o‘qidik (Makkaga 6 mil) qolgandi)». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Dastlab, namoz ikki rak’at, deb farz qilingan erdi. 
Safarda shul ikki rak’atligicha qoldi. Lekin, muqimlikda to‘rt rak’at qilib to‘ldirildi. Zuhriy: 
«Oisha onamiz «to‘ldirildi» deganlarida nimani nazarda tutgan erdilar»,- deb Urvadan 
so‘radi. Urva: «Usmon raziyallohu anhu bu xususda (ya’ni, namozni to‘rt rak’at o‘qymoq 
to‘g‘risida) ne degan bo‘lsalar, o‘shani nazarda tutdilar»,- dedi». 
6-bob. Shom safarda uch rak’at o‘qiladir 
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda 
shoshilib turganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rdim. Solim: 
«Mening otam Abdulloh ham safarda shoshib turgan bo‘lsalar, shunday qilar erdilar»,- 
deydi». 
Ibn Shihob Zuhriyga Solim bunday deb rivoyat qilgan erkan: «Ibn Umar Muzdalifa degan 
yerda xufton vaqti bo‘ldi hamki, shom o‘qimadilar. Bir payt Ibn Umar xotinlari Safiya 
binti Abu Ubaydga baqirib gapirib turgan erdilar, men: «Namozga!» - dedim. 
«Yuraverg‘il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg‘il, hali»,- 
dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim, ul kishi tag‘in: «Yuraverg‘il»,- dedilar. Shu 
tariqa 2-3 mil yurdik, so‘ng tushib namoz o‘qidik. Namozdan keyin: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning safarda shoshilib turganlarida shunday namoz 
o‘qiganlarini ko‘rganman. Ul kishi shomni uch rak’at o‘qib, salom bergan erdilar, bir 
ozdan keyin ersa, takbir aytib, ikki rak’at xufton o‘qigan erdilar, keyin salom bergan 
erdilar. Xuftondan keyin tonggacha nafl o‘qimagan erdilar», - dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling