Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Eshak minib ketayotib nafl o‘qimoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

10-bob. Eshak minib ketayotib nafl o‘qimoq 
Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molik Shom shahridan kelayotganlarida biz 
kutgani chiqdik. «Ayn ut-Tamr» degan yerda uchrashdik. Shunda ul kishining eshak 
ustida nafl o‘qib kelayotganlarini ko‘rdim. Yuzlari qiblaning chap tomoniga qaragan holda 
erdi. Men ul kishiga; «Sizning qibladan boshqa yoqqa qarab namoz o‘qiyotganingizni 
ko‘rdim»,— dedim. Anas ibn Molik: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
shundoq qilganlarini ko‘rmaganimda erdim, bundoq qilmagan bo‘lar erdim»,— dedilar». 
11-bob. Safarda farz namozidan keyin nafl o‘qimagan kishi 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga 
chiqdim. Janob Rasulullohning safar vaqtida farz namozidan keyin nafl o‘qiganlarini 
ko‘rmadim. Olloh taolo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda sizlarga yaxshi ibrat 
bo‘lg‘ulik narsalar ko‘pdir!»— deydir». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar qilganlarida 
yonlarida birga yurdim. Janob Rasululloh farz namozini ikki rak’atdan ortiq o‘qimas 
erdilar (ya’ni, sunnatini o‘qimas erdilar). Abu Bakr birlan ham, Umar va Usmon birlan 
ham safarda birga yurdim, ular ham shundoq qilishar erdi». 
12-bob. Safarda farz namozidan avval va keyin o‘qiladirgan sunnat 
namozlaridan tashqari nafl qam o‘qigan kishi 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qidilar. 
Ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning choshgohda 
namoz o‘qiganlarini bir kishi ko‘rib aytib berdi. Ummu Honi’ ersa bundoq dedi: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan kuni mening uyimga kirib 
g‘usl qildilarda, 8 rak’at nafl o‘qidilar. Bundan keyin ul kishining bunchalik qisqa (engil) 
namoz o‘qiganlarini ko‘rmaganman. Biroq qisqa (engil) o‘qigan bo‘lsalar ham, maromiga 
yetkazib ruku’ va sajda qilganlar». 
Abdulloh ibn Omirning otalari rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning kechasi safarda ulov minib ketayotib nafl o‘qiganlarini ko‘rdim». 
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda tuya minib 
ketayotib (tuya ketayotgan tomonga qarab) imo-ishora birlan ruku’-sajda qilib nafl 
o‘qiyverar erdilar». 
Ibn Umar ham shundoq qilar erdilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling