Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ulov ustida nafl o‘qimoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

7-bob. Ulov ustida nafl o‘qimoq 
Abdulloh ibn Amrning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
sallamning tuyada ketayotgan tomonlariga qarab namoz o‘qiyotganlarini ko‘rganman».
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov mingan 
holda qibladan boshqa tomonga qarab ham namoz o‘qiyverar erdilar». 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu safarda ulov ustida ham nafl va vitr 
o‘qiyverar erdilar Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilar erdilar»,- 
deb aytar erdilar». 
8-bob. Ulov ustida imo-ishora birlan nafl o‘qimoq 
Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar safarda ulov minib ketayotgan 
tomonlariga qarab nafl o‘qiyverar erdilar. Imo-ishora birlan ruku’ va sajda qilar erdilar, 
ya’ni go‘yo ruku’ va sajda qilayotgandek harakat qilib qo‘yar erdilar. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam ham xuddi shundoq qilar erdilar». 
9-bob. Farz namozi ulovdan tushib o‘qiladir 
Omir ibn Rabiy’a rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ulov 
(ketayotgan tomonga qarab) ustida imo-ishora birlan ruqu’ va sajda qilib, nafl o‘qib 
ketayotganlarini ko‘rganman. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz namozini 
bunday o‘qimas erdilar (ulovdan tushib o‘qir erdilar)». 
Ibn Shihob rivoyat qiladirlar (ul kishiga Zuhriy, Zuhriyga ersa, Solim aytib bergan 
erkan): «Abdulloh ibn Umar safarda yurganlarida kechasi ulov ustida namoz o‘qir 
erdilar. Qaysi tomonga qarab ketayotganlariga sira parvo qilmas erdilar. Ibn Umar: 
«Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam ulov ustida qaysi tomonga qarab bo‘lsa ham, nafl 
va vitr o‘qiyverar erdilar. Biroq farz namozini ulov ustida o‘qimas erdilar»,—deydilar», ' 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov minib 
sharq tomonga ketayotgan bo‘lsalar ham, nafl o‘qiyverar erdilar. Lekin, qachon farz 
namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar, ulovdan tushib, qiblaga qarab o‘qir erdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling