Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Safarda shom va xufton namozlarini qo‘shib o‘qimoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

13-bob. Safarda shom va xufton namozlarini qo‘shib o‘qimoq 
Solimning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam safar og‘ir bo‘lsa, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar». 
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safarda ulov 
minib ketayotgan bo‘lsalar, peshin birlan asrni hamda shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir 
erdilar». 
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shom birlan 
xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar». 
14-bob. Safarda namozxon shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qiganda, azon va 
takbir aytadirmi, yo‘qmi? 
Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shoshilinch safar vaqtida 
shom namozini kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rganman»,- deydilar. 
«Abdullohning o‘zlari ham shundoq qilar erdilar,-deydilar Solim raziyallohu anhu,- agar 
safarda shoshilib turgan bo‘lsalar, takbir aytib, uch rak’at shom o‘qir erdilar. Keyin, 
salom berib, bir oz turar erdilarda, xuftonga takbir aytar erdilar, so‘ng ikki rak’at o‘qib 
salom berar erdilar. Shom birlan xufton o‘rtasida ham, xuftondan keyin ham biror rak’at 
qo‘shimcha sunnat namoz o‘qimas erdilar. Faqat yarim kechada tahajjud o‘qir erdilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda mana bu ikki 
namozni, ya’ni shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar»,- deydilar. 
15-bob. Kun og‘masdan ilgari safarga chiqsa, peshinni asrga qo‘shib o‘qiydir 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Quyosh og‘masdan ilgari safarga chiqsalar, peshinni asr vaqtigacha kechiktirib, keyin 
ikkala namozni qo‘shib o‘qir erdilar. Quyosh og‘gan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin yo‘lga 
chiqar erdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling