Mundarija: kirish I bob. Ijtimoiy normalar turlari
Huquq tushunchasi, belgilari va turlari
Download 54.4 Kb.
|
Matkarimov Muhammadkarim
Huquq tushunchasi, belgilari va turlari.
Huquq – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalarining tizimidir. Har bir inson о’z hayotida huquq bilan aloqada bо’lib, huquq haqida о’z shaxsiy tasavvuriga ega bо’ladi. «Umrida tabiatshunoslik va tarix masalalariga qiziqmagan insonni topish mumkindir, - deb ta’kidlagan edi rus huquqshunosi N.M.Korkunov, - lekin hayoti davomida huquq masalasiga duch kelmay yashash hech aql bovar qilmaydigan ishdir. Qanchalik odamovi bо’lmang, qanchalik odamlardan qochmang, siz huquqiy masalalarni chetlab о’tolmaysiz. Hech bо’lmaganda bitta huquq, shaxsiy erkinlik huquqi sizni qiziqtirmasdan qolmaydi. Odamlardan qochib bо’lsa-da siz ularga: bu yer mening shaxsiy mulkim, bu yerga bostirib kirishga haqqingiz yо’q, - deb aytishingiz kerak-ku"1[5]. Qadimgi mashhur Rim huquqshunosi Ulpianning sо’zlariga qaraganda, "huquqni о’rganayotgan kishi, avvalo, "huquq" sо’zining qanday kelib chiqqanini bilishi kerak. Huquq adliya, adolat sо’zidan olingan. «Huquq bu ezgulik va adolat haqidagi fandir"2[6]. Biror bir qadimgi faylasuf, huquq haqidagi masalani chetlab о’tmagan. Falsafada ham huquq masalalari muhim о’rin egallagan. Huquqshunoslikda esa huquq muammolari markaziy о’rinni egallagan. Asriy ilmiy izlanishlar insoniyatni huquqni tо’g’ri tushunishga va uning mohiyatiga goh yaqinlashtirgan, goh uzoqlashtirgan. "Huquqshunos uchun, - degan edi nemis faylasufi I. Kant, - qonunlar talab qilgan narsa huquq bо’la oladimi, qanday umumiy mezon asosida huquqiylikni nohuquqiylikdan ajrata olishi sir bо’lib qoladi". Nemis klassik falsafasi asoschisining bu sо’zlari hozirgi kunda ham о’z ahamiyatini yо’qotgani yо’q. Amerika huquqshunosi Fridmanning sо’zlariga qaraganda, «huquq» tushunchasi «kо’p ma’nolarga ega bо’lib, oynadek nozik, sovun kо’pigiday tutiriqsiz, vaqtdek tutqich bermas» jihatlarga ega. «Huquq» iborasi kundalik hayotimizda kо’p qо’llaniladigan tushuncha bо’lib, «haq», «haqiqat» sо’zlaridan olingan. Bugungi kunda huquqning bir necha ta’rifi mavjud. Jumladan, Farobiyning fikricha, huquq mamlakatdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, taraqqiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkom yaratish vositasidir. Huquq-ehtiroslarni jilovlash vositasi va insonni asrash, avaylash qurolidir. «Huquq – bu rasman tenglik prinsiplariga muvofiq bо’lgan, davlat tomonidan о’rnatilgan yoki ruxsat berilgan hamda davlat tomonidan majbur qilish imkoniyati bilan ta’minlangan normalar tizimi»3[7]. «Huquq insonning umumiy qonun bilan aniqlanadigan zoxiriy erkinligidir. Axloqiylikdan farq qilgan holda, huquq majbur kilishga asoslanadi»4[8]. «Huquq – bu davlat tomonidan о’rnatiladigan yoki ma’qullanadigan va qо’riqlanadigan, hamma uchun majburiy bо’lgan yashash qoidalaridir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyatordir»5[9]. «Huquq davlat tomonidan belgilangan yoki ruxsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalarining tizimi»6[10]. Kelzenning yondoshuviga kо’ra, huquq faqat buyruq, norma sifatida qimmatlidir. Ushbu ma’noda (buyruq, norma sifatidagi) huquqni muqarrarlik shakli sifatida tavsiflanadi. «Kо’pincha bо’lganidek,-deb ta’kidlagan Kelzen,- huquq о’zida normani (yoki buyruqni) ifodalab qolmay, balki u shuningdek qandaydir qadriyatni tashkil etadi yoki ifodalaydi (mutlaq qadriyatga yо’l qо’yish mumkin bо’lgandagina bunday deyish ma’no kasb etadi). Chunki huquq aynan norma bо’lganligi uchun qadriyatni tashkil etadi…»7[11]. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha, «Huquq ijtimoiy hamjixatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi»dir8[12]. Bizning fikrimizcha, huquq – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, fuqarolarning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi yashash qoidalari tizimidir. Huquq – davlat tomonidan belgilangan yoki ruxsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari-ning tizimi. "Huquq" iborasi ikki ma’noda qо’llaniladi: Download 54.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling