Ойбекдиссер
Yosh voleybolchilar sport tayyorgarliklarini takomillashtirish
Download 399 Kb.
|
Arabjonov Shokirjon Shakatovich
3.5.Yosh voleybolchilar sport tayyorgarliklarini takomillashtirish.
Voleybolchining texnik tayyorgarligi uning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasi maxsus sifatlarning rivojlanishi, o‘rta tezkor priyomlarni egallash va ularni bajarishga bog‘liq. Texnik usullar aniq va to‘liq bajarishi faqat a’lo darajadagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikga bog‘liq. Nazariy tayyorgarlik-o‘quv mashg‘ulot turlarini uzluksiz qismidir. Yosh voleybolchilarning tayyorgarligining asosiy vazifasi- o‘yining ratsional texnikasini egallamoqdir. Bu muammoni echishda ikki vaziyat muhim; - birinchidan bolalar o‘yinning eng zo‘r texnikalarini to‘g‘ri egallamog‘i zarur. Ratsional texnikalarni bolalarning yoshlariga mos keladigon ravishda tuzish kerak. O‘rgatish davri qiziqarli bo‘lish shart. Voleybol o‘yinining ratsional texnikasi 10-12 yoshdagi bolalarga xos. Texnikani muvoffaqiyatli o‘rgatishning birinchi sharti- bolalarni to‘g‘ri tanlab olish; ikkinchisi – maxsus jismoniy qobilyat va sifatlaning rivojlanishi. Texnikani mukammal egallash-mashqlarni to‘g‘ri tanlab olishga bog‘liq. Bu murakkab texnikani bolalarga xos qilib yaratish imkoniyatini beradi. Yakunlovchi mashqlar mashg‘ulotlarning keyingi bosqichlarida xatolarni tuzatishga va texnik priyomlarni qisman va to‘la mukammal egallashga xizmat qiladi. Yosh voleybolchilarning texnik tayyorgarligi ularning taktik xarakatlarining asosidagi belgilangan qobiliyat va sifatlarning rivojlanishdan boshlanadi. Yoshlarning reaktsiya tezligini, orientirovka tezligini oshirish uchun turli mashqlar, harakatli o‘yinlar, estafetalarni o‘tkazish maqsadga muvofiq. O‘yinda taktik va texnik murakab vaziyatlarda priyomlarni o‘rganishda, taktik harakatlarning shakilllanishda birgalikda xizmat qiladi. 10-14 yoshdagi voleybolchining mashg‘ulotlarida asosiy diqqat uning maxsus qobiliyati va sifatlarining rivojlanishishga, taktik harakatlarning shakillanishga qaratiladi. 15-16 yoshdagi voleybolchilar o‘yinning asoslari, asosiy taktikasini mukammal egallashlari va o‘yinda taktik xarakatlarni to‘g‘ri va aniq oshirishlari shart. 17-18 va 19-20 yoshdagi voleybolchilaning asosiy etibor ularning yakka tartibda taktik harakat bilimlarni egallashga va komandaning murakkab harakatlarini o‘rganishga qaratiladi. Jismoniy tayyorgarlik yosh voleybolchilar bilan ishlashda katta axamiyatga ega.Birinchidan o‘yining taktik va texnik xarakatlarini egallash jismoniy qobiliyat va sifatlarining rivojlanishi darajasiga bog‘liq.Ikkinchidan voleybol vositalari har tomonlama rivojlanishi va organizimning funqtsianal xolati o‘yin bilimlarni egallash darajasiga bog‘liq. Uchinchidan yosh voleybolchining jismoniy tayyorgarligi o‘rni. Bolalar voleybol mashg‘ulotlarini 10-12 yoshdan boshlashlari mumkin. Bunday erta boshlangan yoshdan boshlashlari mumkin. Bunday erta boshlangan mashg‘ulotlar yuqori ko‘rsatqichlarga va o‘z o‘rnida puxta jismoniy rivojlanishga erishishi mumkin. Bolalar yoshida mashg‘ulotlar xaftasiga 2-4 kun va 1-2 soat cho‘zilishi mumkin. Bolalar va o‘smirlarning jismoniy kuchlariniva chidamliligini rivojlantirishda muhim ehtiyotkorlikka ahamiyat berishi kerak. Mashg‘ulotlrning xajmini va vaqtini hisobga olish zarur, negaki yoshlar o‘zlarining mumkinchiliklarining tezroq oshiishga mayildirlar. 5 minutli razminkadan so‘ng yugurish, turnikka tortinish, chapdan-o‘ngga sakrash mashqlari bajariladi. Yoshlar bilan ishlayotgan murabbiy o‘z printsipiga ega bo‘lishi kerak; talab qilishdan avval berish kerk; YOshlarni shug‘ullantirishd tarbiya tomonlari ma’nosi shu qaror buyukki, har bir murabbiy o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va oshirishda tinmay o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Yosh sportchilarning tayyorlashdagi bir necha printsiplarni eslatib o‘tish lozim. Atletik tayyorgarlik o‘yinlar ajralmagan holda ko‘p qirrali shart. Bu tayyorgarlik sportsmenalarning texnik-taktik rivojlanishining asoslarini yaratadi. Tibbiy nazorat. Texnik tayyorgarlik asosiy yadrosini shakllantirish. O‘yinni mumkin qadar erta boshlash kerak. Jamoa va guruh mashqlari. YAxshi sportchini texnik va taktik tayyorlangani a’lo darajada egallaganligi alohida ajralib turadi. Agarda murabbiyda bu narsalar bo‘lmasa, yuqori ko‘rstkichlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sportsmen ham kelgusida bu narsalarga erisholmasligi aniq.Voleybol keng ko‘lamda tarqalgan, rivojlangan yoshlarning va mehnatkshlarning doimiy dam olishi uchun, ularning bir-biri bilan bo‘lgan aloqalarni yanada mustaxkamlashga, qar xil majburyatlarni topshirishga tayyorlovchi sportning bir turidir. Voleybol o‘yini insoning chidamliligi, harakat aparatini va muhim rivojlantiradi va aqliy qolaqonlikni oldini oladi. Voleybol nafaqat sog‘lomlashtirishdagina emas, balki tarbiyaviy masalada katta ahamiyatga ega. Voleyboldagi sport ko`rashi faqatgina qatnashuvchilar uchun emas, balki tomoshabinlar uchun ham qiziqarlidir. Umumiy sport tayyorgarligi miqdori keng mikiyosda kupaysada, yuqori jadallikdagi mashqlar miqdori keyingilariga karaganda , ancha sekin sur’atlarda usib boradi. Ayniksa, jadal o`sish va organizmning balogatga etishi davrida topshirikni kengaytirish va keskinligiga extiyotkorlik bilan yondoshish zarur. Boshlang`ich tayyorgarlik bosqichida shug`ullanish jarayonini davriylashtirish o`z xususiyatlariga ega. shug`ullanish makrotsiklda deyarli barcha mashg`ulot tayyorlov davri tipi bo`yicha tashkil etiladi. Bellashuv, ba’zan esa o`tish davrlari ixchamlashgan xolda namoyon bo`ladi. Mashg`ulot vositalari , usul va shakllarining keng mikiyosda o`zgarishi bilan bir vaqtda mikrotsikllar maktab yillari davriga mos ravishda kiska muddatlarga ega bo`ladi. Sportchi shaxsiyatiga sport talablarining ortishi bizda va xorijda so‘ngi yillar urtalaridan ishlab chikila boshlangan va xozirgi vaqtgacha ilmiy intizom sifatida dolzarb bo`lib turgan sport moslashuv nazariyasining paydo bulishini aniqlab berdi. Yuqori toifali sportchilarni tayyorlash ko`p yillik tizimida birinchi bugin xisoblangan sport moslashuvi muammosi uning zamonaviy sportchining rivojlanishdagi katta axamiyatiga muvofik ravishda turli ixtisosdagi olimlar – pedagoglar, trenerlar, shifokorlar, biologlar, ruxiyatshunoslar va boshkalar e’tiboridagi malaka bo`lib keldi. Izlanishlarning kupchiligi sportning ayrim turlaridagi tanlov va ayrimlarigina esa moslashuv masalasiga bagishlangan. Sport moslashuvi va tanlovi masalalari bo`yicha adabiyotlar taxlili chog`ida biz turli tushuncha va atamalar kullanilganining guvoxi buldik. Sport moslashuvi, bu, bolalar va yoshlarga o`z shaxsiy qobiliyati, ishtiyoki va manfaatlarini xisobga olgan xolda sport ixtisoslashuvi predmetini tanlashda tashkiliy kumak berishga yo`naltirilgan ijtimoiy yo`nalish turidir. Yunalish bo`yicha tadbirlarda boshlang`ich punit sport turi emas, balki, kaysi sport faoliyati uning uchun kulayrok ekanligi maslaxat, tavsiya kilinayotgan inson (usmir)dir. Tanlovda asosiysi nomzod tanlanayotgan faoliyat turi xisoblanadi. Tanlov utkazish sportchilarni muayyan sport turida shug`ullanayotganlar orasida koldirgan xolda elakdan utkazish, fakat munosib shaxslarni tanlab olish, demakdir. yo`nalish esa umuman boshka maksadni –insonga uning jismoniy imkoniyatlari, fe’l-atvori, didiga mos keladigan sport mashg`ulotini tanlashda kumaklashishini o`z ichiga oladi. to`g`ri yo`nalish inson intilish va imkonichtlari uygunligini yuzaga keltiradi. Sport moslashuvi va sport ixtisoslashuvi mikdorlarini izlash va topishdan boshlanib, ixtisoslashtirilgan mashqlar chog`ida maqsadli o`rgatish bilan davom etadigan yaxlit jarayonning bosqichlari xisoblanadi. Sport moslashuvi uning nazariy va metodologik asoslariga ko`ra, professional moslashuvning spetsefik shakli sifatida karalishi mumkin. Shuning uchun ham professional moslashuvning asosiy nazariy asoslarini sport tanlovida ham kullaniladi. Sport moslashuvi- bolalar va yoshlarga ularning shaxsiy qobiliyatlari, ishtiyoki va manfaatlarini xisobga olgan xolda sport ixtisoslashuvi predmetini tanlashda tashkiliy yordam kursatishga yo`naltirilgan ijtimoiy moslashuv kurinishidir. Xulosa Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabi tashkil etilgan voleybol to‘garagi qatnashchilari hamda Marxamat tuman BO‘SM ga qarashli voleybol to‘garagi sportchilarning o‘quv trenirovka jarayonlari o‘rganildi. Ilmiy tadqiqot ishlarining adabiyotlar taxlili uslubida voleybol sportiga oid darsliklar, ilmiy-uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar hamda internet materiallari taxlil etildi. Adabiyotlar taxlili shuni ko‘rsatadiki bolalarni voleybol sportiga yo‘naltirish va saralash tadbirlarini uslubiy jixatdan to‘g‘ri tashkil etish, voleybol bo‘yicha yuqori malakali sportchilar tayyorlash vazifalari bajariladi. Sport turlariga bolalarni yo‘niltirish va saralashda ularning shaxsiy qiziqishlari hamda jismoniy qobilyatlarini etiborga olish muxim ahamiyatga ega. Internet materialari taxliliga muvofiq bolalarni voleybol sportiga 12-14 yoshdan yo‘naltirish mumkin. Yosh voleybolchilarni dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlari ularni voleybolchilarga muvofiq bo‘lgan jismoniy fazilatlari tezkorlik, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Voleybol o‘yini texnikasi va taktikasining asosiy shakllari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar egallanishi uchun tayyorgarlik olib borilishi kerak. Asosan voleybolchining sakrash, yugurish, o‘tirish va tishlanish harakatlari hamda o‘yinga to‘p kiritish, to‘p qabul qilish, to‘p uzatish harakatlari texnikasi o‘rgatiladi. Taktik harakatlardan voleybol o‘yinida ishtirok etish, soxta harakatlar, fintlar bajarish bo‘yicha malakalar xosil qilinadi. Yosh sportchilarning trenirovka mashg‘ulotlari davrlarga bo‘linib tashkil etiladi. Tayyorlov davrida yosh voleybolchilar voleybol o‘yini texnika va taktikasi elementlarini egallab boradilar, jismoniy fazilatlari rivojlantiriladi. Shu bilan birga yosh sporchilarda ma’naviy, axloqiy hamda ruhiy iroda tayyorgarligi tashkil etiladi. Tayyorlov davri musobaqalar boshlangunga qadar olib boriladi. Trenirovka mashg‘ulotlarining musobaqa davrida bellashuvlarda g‘olib chiqish uchun sportchilar musobaqalar jarayonida o‘zlarining barcha texnik va taktik mahoratlarini, jismoniy barkamolligini qo‘llaydilar. Bellashuvlar jarayonida yosh voleybolchilar ma’naviy etuklik, ruhiy iroda tayyorgarliklarini namoyon qiladilar. O‘tish davrida musobqalardan so‘ng bir muddat aktiv va passiv dam olish tashkil etiladi. Aktiv dam olish jarayonida tog‘ qo‘yniga safarlar, ekskurtsiyalar, harakatli o‘yinlar, suzish mashg‘ulotlar va trenajyorlarda mashg‘ulotlar tashkil etilish mumkin. Passiv dam olish jarayonida dori darmonlar va fizioterapiya muolajalari yordamida tiklanish jarayonlari tashkil etiladi. Musobaqadagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etiladi. Kelgusi trenirovka mashg‘ulotlar shakllari, jismoniy yuklamalar me’yorlari, mazmuni va hajmi rejalashtiriladi. O‘tish davrining asosiy maqsadi sportchilar organizmiga tushgan jismoniy yuklamalarning salbiy ta’sirlarini bartaraf etish. Ilmiy tadqiqot ishlarining pedogagik nazorat jarayonida voleybol mashg‘ulotiga bolalarni ishtirok etishi, faolligi, harakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari taxlil etildi. Yosh voleybolchilar bilan suxbatlar, anketalar va testlar o‘tkazildi. Ularning jismoniy fazilatlari kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish mashg‘ulotlarini tashkil etish o‘rganildi. Mashg‘ulotlarda trenajyorlarda va maxsus jixozlarda, rezina espanderlarda mashqlar bajarish uslublari tavsiya etildi. Shu bilan birga Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabida tashkil etilgan voleybol to‘garagi hamda Marxamat tuman BO‘SM ga qarashli voleybol to‘garagi ish hujjatlaridan trenirovka mashg‘ulotlari dasturi, trenirovka mashg‘ulotlarining oylik va yillik rejalari, trenirovka mashg‘ulotlarining bayonlari, sportchilar guruhlariga tavsiya etiladigan jismoniy yuklamalar hajmi va mazmuni, shakllari o‘rganildi. Yosh sportchilar xaqida umumiy ma’lumotlar, tibbiy nazorat varaqalaridagi qaydlar, sportchilarning musobaqalardagi ishtiroki, musobaqalarning nizom, dastur va bayonlari tahlil etildi. Ilmiy tadqiqot ishlarining eksperiment uslublarida Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabida tashkil etilgan voleybol to‘garagi qatnashchilari hamda Marxamat tuman BO‘SM ga qarashli voleybol to‘garagi sportchilarning voleybol sporti bo‘yicha texnik va taktik tayyorgarliklari hamda jismoniy fazilatlarini rivojlanish darajalari amaliy nazorat meyorlari orqali baxolanib taqqoslandi. Amaliy nazorat davomida qisqa va uzoq masofaga yugurish, turnik tortilish, tosh ko‘tarish, voleybol to‘pini zonalarga tushirish, to‘p qabul qilish va uzatish, taktik harakatlar bajarish malaka va ko‘nikmalari baholandi. Shuningdek ular o‘rtasida ikki marta o‘rtoqlik uchrashuv tashkil etildi. Har ikkila guruh voleybolchilari texnik va taktik tayyorgarliklari va jismoniy fazilatlarini baxolash natijalarida Marxamat tuman BO‘SM ga qarashli voleybol to‘garagi sportchilarning ko‘rsatkichlari yuqori natijalarni berdi. Bu natijalarni yuqori darajada bo‘lishiga Marxamat tuman BO‘SM ga qarashli voleybol to‘garagi sportchilarning mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilishi, mashg‘ulotlar jarayonida texnik va taktik tayyorgarlikni samarali olib borish hamda jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga katta etibor berish muxim tasir ko‘rsatadi. Ular bilan reja asosida texnik va taktik maxoratlarini ortirish, jismoniy fazilatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida o‘quv-yig‘inlari o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqot ishlarida yosh voleybolchilarning organizmi jismoniy rivojlanishi tibbiy nazorat o‘tkazilib taxlil etildi. Tibbiy nazorat jarayonlarida yosh voleybolchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘lgan tana vazni og‘irligi, bo‘y va tana qisimlarining uzunligi va aylanasi, ko‘krak qafasining tinch holatda, nafas olganda, nafas chiqargandagi aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, o‘ng va chap bilak kuchi dinamometriyasi, belning tayanch kuchi, jismoniy yuklamalarga yurak- qon tomir tizimining javobi, yurak urishlari soni, reflekslar shakllanishi, vestibulyar apparat faoliyati, suyak-bo‘g‘im tizimining shakli o‘rganildi va taxlil etildi. Tibbiy nazorat natijalari Marxamat tuman BO‘SM voleybol to‘garagi sportchilarning organizmining sog‘lomligini ko‘rsatdi. Yosh voleybolchilar jismoniy va texnik-taktik tayyorgarliklarini baholash va o‘rganishda ularning maxsus tayyorgarliklarini baholashda voleybolda o‘yinga to‘p kiritish, to‘p qabul qilish, to‘p uzatish harakatlari, taktik harakatlardan voleybol o‘yinida ishtirok etish, soxta harakatlar, fintlar bajarish, to‘p bilan muloqatlar malakasi baholandi. Shuningdek qisqa va uzoq masofaga yugurishlar, turnik tortilish, tosh ko‘tarish bo‘yicha normativlar topshirdilar. Barcha sinovlarda Marxamat tuman BO‘SMga qarashli voleybol to‘garagi sportchilarning jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanganligi namoyon bo‘ldi. Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalaridan quyidagi fikrlarni xulosa qilish mumkin. Sport turlari bo‘yicha texnik va taktik mahoratga erishish hamda jismoniy barkamollikka etishishda muntazam tashkil etilgan mashg‘ulotlarning roli katta. Voleybol sportiga bolalarni saralash va yo‘naltirish tadbirlarini 12-14 yoshdan tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Voleybol sportiga bolalarni saralash va yo‘naltirish tadbirlarida jismoniy qobiliyatlarni, shaxsiy xususiyatlarni va qiziqishlarni hisobga olish sport zahiralarini tayyorlashda yordam beradi. Ta’lim muassasalarda bolalar bilan voleybol sporti mashg‘ulotlarini tashkil etish ularni jismoniy barkamol va ma’naviy etuk inson bo‘lib etishishlariga asos bo‘la oladi. Yuqori malakali sportchilar tayyorlashda ta’lim muassasasida tashkil etilgan imkoniyatlar bilan bir qatorda murabbiylarning kasbiy mahoratlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Download 399 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling