Navoiy obidalari
Ular atrofga ko`z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor tog`lari. Pastda kuz kirib, suvi shildirab qolgan Injil anhori. Uning chap sohilida mashhur Gavharshod begim madrasasi savlat to`kib turibdi. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o`ng qirg`og`ida –Gavharshod begim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan narida bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda yoshlarga tibbiyot o`rgatadigan Infoiya nomli shifoxona-madrasa. Undan narida ulkan gumbazli Xosiya xonaqohi. Katta bir mahallaning o`rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga to`lib, Hirotning salobatiga salobat qo`shgan edi.
Rivoyat
Buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy haqida shunday rivoyat bor. Olim o`lim to`shagida yotganida huzuriga shogirdlaridan biri kiribdi. Bilibdiki, ustozining sanoqli daqiqalari qolibdi. Kutilmaganda ustozi xuquqshunoslikka oid bir masalani sharhlab berishni so`rabdi. Bu ancha chigal masala ekan. Shogird uning qiynalishini istamabdi.
«Avval sog`ayib oling, keyin bir gap bo`lar, hozir shu muammoni bilishingiz shartmi?-debdi.
Beruniy hazil qilibdi.
«Bilaman, ahvolim og`ir, ammo ketadigan bo`lsam, shu narsani bilmasdan ketgandan ko`ra bilib ketganim yaxshida!!-debdi.
Shogird Beruniyning huzuridan chiqib ellik qadam yurar-yurmas, chopar kelib alloma hayotdan ko`z yumganini aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |