Ona tili va adabiyoti fanidan
Download 223 Kb.
|
Diktantlar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutal Burxonov
Ota yurtga muhabbat
Ota yurtga cheksiz muhabbat degani atrofdagi bepoyon dunyodan yuz o`girib, bir umr o`z yurtingdan tashqari chiqmasdan yashash kerak degan ma’noni anglatmaydi. Agar biz o`z qobig`imizga o`ralib qolsak, hech qachon har taraflama taraqqiyotga erisha olmaymiz. Misol uchun, yurtimiz yoshlari hozir dunyoga sochilib ketganlar. Birlari ta'lim olgani oshiqqan bo`lsa, boshqalari xorijdan kasb-hunar o`rganib kelish uchun ketganlar. Axir, ota-bobolarimiz: «Yurgan – daryo, o`tirgan – bo`yra», deb bekorga aytishmagan. Aslida ham shunaqa: kuch quvvating bor paytda dunyo kezib, ilm olishing, boshqa xalqlar va mamlakatlar hayotini o`rganishing lozim. Biroq, yer yuzasining qay bir burchagida yurmagin, ota yurt sen uchun yagona. U bilan ma’naviy aloqani uzib yubormasang, hayotda o`z munosib o`rningni yo`qotmaysan. Chunki, begona yurt, begona havo, begona suv hech qachon Vatan o`rnini bosolmaydi. Nafsilambirini aytganda, qachonki Vatan omon ekan, biz ham omon bo`lamiz! Mutal Burxonov Tabiatdagi o`ziga xos nozik tarovatlarni shoirlar she'rga solsa, musavvirlar bo`yoqqa ko`chiradi, musiqachi esa kuy va qo`shiqlarda ijro etadi. Kompozitor Mutal Burxonov qadimiy Buxoroda o`sdi. U qadimiy obidalar sehri, tabiat go`zalligidan qattiq ta'sirlanar, qalbida ajib tuyg`ular jo`sh urar, quvonchdan vujudi to`lib-toshib nimadir aytgisi, cho`qqilarga qarab hayqirgisi kelardi. Bularning hammasi bir kuni kuy, qo`shiq, yirik shakldagi musiqa asarlari bo`lib otilib chiqdi. Uning ijodi o`zbek musiqasining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etdi. Ustoz asarlarining fazilatlaridan biri milliylikdir. Mutal Burxonov musiqa, san'atimizni rivojlantirib, bir qator yangi musiqa asarlari bilan boyitdi. Ustoz yaratgan nodir asarlar asl san'at namunasi sifatida yillar osha yashaydi. (94 tа so`z)
Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling