Bobur
Bobur yozi bilan tog`larda yurdi. Shahrisabzdan Hisorga, undan Fondaryo bo`ylariga oshib o`tdi. Samarqand beklari butun navkarlari bilan Hisor hokimi Hisravshoh tomoniga o`tib ketdi, Andijondan Bobur bilan kelgan odamlarning ko`pchiligi Iskandarko`l bo`ylaridan O`ratepa orqali Farg`ona vodiysiga qaytdilar.
Jang-dovullar bu xabarlarning hammasini Shayboniyxonga allaqachon yetkazgan edilar. Boburning bir necha yuz kishi bilan tog` orqasida qiynalib yurganini aniq biladigan Shayboniyxon endi uning Andijonga qaytib ketishiga yoki O`zgantdan narida xonlik qilayotgan tog`asi Olachaxon oldiga borishiga shubha qilmas edi. Shayboniyxon yov hujum qilishini kutmas, shuning uchun shaharda besh yuz kishilik qo`shin qoldirib, o`zi asosiy lashkari bilan shahardan naridagi Xo`ja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |