Ona tili va adabiyoti fanidan


Download 223 Kb.
bet39/51
Sana05.01.2022
Hajmi223 Kb.
#222552
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
Diktantlar to`plami

Abu Rayhon Beruniy

O`rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmda tug`ildi. U boshlang`ich ma'lumotni shu erda oldi. O`sha vaqtda Xorazmda fanning turli sohalarida shuhrat qozongan ko`plab olimlar yashagan. Abu Rayhon Beruniy ulardan ta'lim olgan. U sharqning boy fan va madaniyatini yaxshi o`rgangan, qadimgi yunon klassik ilmi bilan tanishib, yirik olim bo`lib etishgan. U Xorazmdan ketgandan keyin, Hindistondagi Nandna qal'asida yashaydi. Hindistonda sanskrit tilini o`rganadi. Bu uning hind madaniyati, adabiyotini o`rganishiga va Hindistonning o`sha davr olimlari bilan tanishishiga, bu mamlakat haqida o`lmas asarlar yaratishga imkon beradi. Olimning «Hindiston» asarida hind adabiyoti, falsafasi, geometriya, etnografiya, din, hind yozuvchilarining turlari kabi masalalar yoritiladi.

Buyuk olim 1035-36 yillarda o`z ilmiy ishlarning ro`yxatini tuzadi. Bunda o`sha vaqtgacha yozgan asari 113 taga etganini ko`rsatadi. Keyingi asarlarini ham qo`shsa, u qoldirgan meros 152 kitobdan iborat bo`ladi.

Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (140 tа so`z)



ASALARI

Asalning asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Asalarilarni bolari deb ham atashadi. Asalari ne'matidan qadim zamonlardan beri foydalanib kelinayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha odam uning fe'1-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edi. Kuzatishlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, «razvedkachi» asalari-ning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligini va oz-ko'pligini bilib olishar ekan! Bo'lajak ona asalarini boqadigan maxsus aralashma - asalari suti qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi.



GIGIYENA

O'quvchilar lagerida hamshira qizlar tinib-tinchimaydilar. Har bir kishidan gigiyenaga rioya qilishini talab qiladilar, chunki gigiyenaga rioya qilish -sog'liqning garovi. Ertalab yuzlarni yuvish va tishlarni to-zalash yaxshi odatdir. Voleybol, basketbol yoki boshqa o'yinlardan ke-yin, albatta, qo'lni yuvish kerak. Ovqatlanishdan oldin ham qo'lni yuv-masdan dasturxon atrofiga o'tirish juda yomon. Qo'l yuvilmasa, odam tanasiga har xil zararli bakteriyalar, mikroblar kirib olishi mumkin. Ularni maxsus mikroskoplar yordamidagina ko'rsa bo'ladi. Bunday zararli bakteriyalar to'planadigan joy - tirnoqlar osti. Shuning uchun tirnoqlarni olib, qo'llarni yuvib, tishlarni doim tozalab yuvish kerak. Bolalar, siz bu qoidalarga doimo rioya qiling! (85 so'z)



Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling