Ona tili va adabiyoti fanidan


Download 223 Kb.
bet38/51
Sana05.01.2022
Hajmi223 Kb.
#222552
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
Diktantlar to`plami

Yunus Rajabiy


O`zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari qoldirgan asarlar hali ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Ular respublikamizda fan va madaniyatning rivojlanishi va gullab yashnashiga katta ta'sir etmoqda.

Boshqa ilmlar qatorida musiqa ham san'atga oid fanlarning yirik tarmog`i - qadimiy merosidir. Xalq yaratgan kuy va qo`shiqlar avloddan – avlodga o`tib, hozirgi kungacha yetib keldi.

O`zbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olim Yunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U o`zbek musiqasini o`rgandi, to`pladi, qayta ishladi.

1960 yilda Yunus Rajabiyning «O`zbek xalq musiqasi» nomli besh tom`li kitobi nashr etildi. Bu besh to`mlik asar o`zbek musiqa madaniyatida katta voqea bo`ldi.

Xalq madaniy merosini hurmat ila saqlab kelgan, o`zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy musiqashunos olim edi.

(98 tа so`z)



Vatan tuyg`usi

Bizning orzu- niyatlarimiz ko`p va ulug`. Xalqimizda o`zi pok, dili pok, niyati holis kishilarni yaratganing o`zi qo`llaydi, degan gap bor. Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan to`siq va g`ovlarni yengib o`tishimizga ishonchim komil. Butun aql –zakovatimiz, salohiyatimizni yurtimizning gullab –yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydondagi obro`-e'tiborining yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yo`q.

Bugun har bir vatandoshimizning Vatan menga nima berdi, deb emas, men o`zim xalqim, jonajon vatanim uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikka, elimga qanday hissa qo`shmoqdaman, degan tuyg`u bilan yashashiga erishsak, yurtimiz obod, davlatimiz ozod, bobolarimiz ruhi shod bo`lar edi.

Bobur

Bugun o`n yetti kundirki, Bobur Hirotda, Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham Unsiyada yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, milliy gumbazi, oftobda jilolangan rang - barang naqshlari Boburga Samarqanddagi Ulug`bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiyaning to`rt tomonidagi to`rtta minorasi Ulug`bek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi, bezaklari yap-yangi edi. Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba'zi joylarida ulug` shoirning dastxatini ko`rdi-yu, Samarqandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni ko`rishga muyassar bo`lolmagani uchun yuragini ma'yus tuyg`ular chulg`adi.

Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o`xshash katta soat qo`yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg`achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat

yasash g`oyasini soatsozga Navoiyning o`zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. (109 tа so`z)



Ulug`bek

Ulug`bek yoshlik davrida bobosi Amir Temur bilan ko`p yurishlarda qatnashgan. Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug`bekning otasi Shohrux qo`liga o`tdi. Shohruh Xurosonda hukmronlik qiladi. Movarounnahrni o`g`li Ulug`bekka topshiradi. U vaqtda Ulug`bek 15 yoshda edi. Ulug`bek «Bibixonim» masjidi, «Go`ri Amir» maqbarasi, «Shohizinda» inshootlarining qurilishini tamomladi. U ko`p yerlarda bog`lar yaratdi. 1417-1420 yillarda ajoyib madrasa qurdirdi. Bu madrasa tarixda Ulug`bek madrasasi deb ataladi. Ulug`bek keyinchalik Samarqandda rasadxona qurdirdi.Rasadxonani o`sha vaqtdagi eng mukammal asboblar bilan ta'minladi.

Ulug`bek o`z davrining buyuk olimi, astronomi, shoiri va faylasufi edi. U rasm, musiqa kabi san'at turlari bilan ham shug`ullangan.

Ulug`bek davrida Samarqand ilm markaziga aylangan edi.

Ulug`bek yaratgan ilmiy ishlarning eng kattasi «Astronomiya jadvali» asaridir. U o`rta asr Sharq astronomiyasining eng so`nggi asari hisoblanadi. 97 tа so`z


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling