O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya
rangsiz. Ichida pusht (onkosfera) bolib, u qush konturli sargim-
tir-jigarrang kondalang chizilgan parda bilan oralgan. Pushtning 3 juft ilmogi boladi. Ajralib chiqqan tuxumlar pardasi juda tez yemiriladi. Shunga kora mikroskopiyada, odatda, faqat onko- sferalar bazi tuxum pardasining bujmaygan yoki yirtilgan qol- diqlari bilan birga korinadi. Rivojlanish sikli. Hokiz solityori odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bogimlar najas bilan ajraladi yoki aksariyat orqa chiqaruv yoli orqali faol ormalab chiqadi. Tuxumlarning bir qismi bogimlar, ichak ichida yoki ichakdan tashqarida yemi- rilganda najas bilan birga ajraladi. Bogimlar yoki najas tashqi muhitga tushganda tuproq, ot- olanlar, mol boqiladigan joylar, yaylovlarning onkosferalardan qattiq ifloslanishi roy beradi. Onkosferalar ifloslangan ozuqa bilan qoramol organizmiga tushib, uning mushaklariga otirib qoladi va lichinkalarga (finnalar yoki sistitserklarga) aylanadi. Finnalarning olchami 0,5 sm.gacha, oq rangli, pufaksimon, tiniq suyuqlik bilan tolgan, ichagida boshchasi oq nuqta kori- nishida shulalanib turadi. Odamga xom yoki xomroq mol goshti yeyilganda yuqadi. Finnalar kabobda, yetarlicha qaynatilmagan goshtda, kam tuzlangan mahsulotdan tayyorlangan stroganinada, ayrimlar tatib koradigan yoki xomligicha istemol qiladigan mol goshti qiymasida tirik holda bolishi mumkin. Orolboyi atroflaridagi hududlarda yashaydigan aholi orasida teniarinxoz bilan zararlanish, ularning milliy ovqat turi «ijjon»ni istemol qilishi bilan boglanadi. Bu taomning tarkibi esa xom 315 gosht qiymasidan iborat. Odamning ingichka ichagida finna boshchasini ichiga oladi, uning devoriga yopishadi va 3 oy otgach voyaga yetgan katta parazitga aylanadi. Klinikasi. Hokiz solityorining yuqishi teniarinxoz kasalligiga olib keladi. Teniarinxozda bemorni qorindagi ogriqlar, epigastral sohada ogriq, kongil aynishi, ishtahaning buzilishi, zarda bolish, ichak faoliyatining buzilishlari, noturgun ich otishi, bemor ho- jatga borganda axlat bilan parazit bogimlarining ajralib chiqishi, bosh ogrigi, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi kabilar be- zovta qiladi, meda shirasining kislotaliligi pasayadi. Tashxisi. Tashxislashning eng oson va oddiy usuli bogimlar- ning ajralishi togrisida sorab bilish hisoblanib, bu zararlangan kishilarning deyarli hammasida qayd qilinadi. Sorab bilishning tasirchanligini oshirish uchun soraladigan shaxslarga bogimlari bolgan preparatlarni namoyish qilish kerak. Bundan tashqari, so- rashda musbat natija olinganda bemordan ajralgan bogimlarni laboratoriyaga keltirish soraladi va tashxis qoyishda gijjaning turi ham aniqlanadi. Bazi bir shaxslar, masalan, bolalar, osmirlar, qariyalar, oziq-ovqat korxonalarining xodimlari, choponlar tibbiyot xodimidan bogimlar ajralib turishini yashirishlari mumkinligini hisobga olish kerak. Shuning uchun sorash bilan birga laboratoriya tekshiruvini ham otkazish shart. Shu maqsadda perianal qirmada olingan materialni mikroskopiya qilish va axlatni nativ surtma, Kato va Geyn usulida qalin surtma tayyorlash, boyitish usullari bilan (garchi, onkosferalar axlatda hamma vaqt bolmasa-da) tekshirish otkaziladi. Profilaktikasi. Hokiz solityori bilan zararlangan shaxslarni aniqlash va albatta, degelmintizatsiya qilish teniarinxozga qarshi kurashda muhim choralardan biri hisoblanadi. Kasallikni boshdan kechirganlarni davolashdan kamida 6 oy otgach, sorashda uch marta manfiy natija olingandan va axlat hamda perianal qirma tekshirilgandan keyin hisobdan chiqariladi. Bemorlarni umumiy tibbiyot tarmogi tomonidan har yili aholidan, ayniqsa, chorva- dorlar va qoramol egalaridan sorab chiqish bilan aniqlanadi. Profilaktik tadbirlar majmuasi tomorqalar va fermalarda hojatxonalar qurish, mollar ozuqasini axlat bilan ifloslanishdan saqlash, hovlilarda mol soyishni taqiqlash, goshtni veterinariya- sanitariya ekspertizasidan otkazish, aholining sanitariya bilimini oshirish, gosht 12°C gacha muzlatilgan yoki kamida 2 soat qaynatilgan taqdirdagina finnalari nobud bolishini hisobga olib, goshtli taomlarga tegishlicha ishlov berishni oz ichiga oladi. 316 Chochqa solityori Tuzilishi. Chochqa solityori yoki qurollangan tizma (Taenia solium) tashqi tomondan hokiz solityoriga oxshash, biroq uning uzunligi 3 m. dan ortmaydi. Boshchasida 4 ta sorgichidan tash- qari, 2223 ta ilmoqlari bor, shunga kora u qurollangan tizma nomini olgan. Yetilgan bogimlar hokiz solityorinikidan kal- taroq, bachadon esa 812 ta yonbosh tarmoqlarga ega, xolos. Bogimlari faol harakatchan emas. Chochqa va hokiz solityori onkosferalari amalda bir-biridan farq qilmaydi. Rivojlanish sikli. Chochqa solityori odamning ingichka icha- gida parazitlik qiladi. Bogimlari tashqi muhitga najas bilan aj- raladi. Agar onkosferalarni chochqalar yutsa (ifloslangan ozuqa yoki bemor najasini yeganida), bu hayvonlarning mushaklarida tuzilishiga kora hokiz solityori finnalarini eslatadigan finnalar rivojlanadi. Insonga u ovqatda yetarlicha termik ishlov berilmagan finnoz chochqa goshtini tanovul qilinganda yuqadi. Ayrim hollarda onkosferalar ham yuqishi mumkin: bemordan ogiz orqali yoki onkosferalar medaga ichakdan qusish vaqtida tushganda oz- oziga yuqtirish (autoinvaziya) yoli bilan, shuningdek, zararsiz holga keltirilmagan chiqindilar bilan ogitlangan tuproqda yetish- tirilgan sabzavotlar yuvilmasdan istemol qilinganda yuqadi. Odamning onkosferalardan zararlanishi natijasida finnalar (sis- titserklar) teri osti kletchatkasida, mushaklarda, koz va kopincha bosh miyada rivojlanishi va odamning ogir kasalligi sistitser- kozni keltirib chiqarishi mumkin. Sistitserk diametri 0,51,5 sm bolmagan tiniq pufakcha korinishiga ega, rangsiz suyuqlik bilan tolgan. Ichida yetilgan solityor tuzilishiga ega bolgan boshchasi oq nuqta holida shulalanib turadi. Sistitserklar 24 oy mobaynida shakllanadi. Odam organizmida tirik saqlanish muddati 36 yil, shundan keyin ular nobud boladi va ohaklanadi. Klinikasi va tashxisi. Yetilgan chochqa solityori teniarinxozga oxshash kasallik teniozni keltirib chiqaradi. Tashxislash maqsadida najas bilan ajralib chiqqan bogimlar kozdan kechiriladi va axlat mikroskopiya qilinadi. Biroq hokiz va chochqa solityorlarini farq qilib bolmaydi. Bu holda laboratoriya xulosasida teniid onkosferalari topildi, deb yozib qoyiladi (bu teniidlar oilasi nomidan olingan bolib, har ikki solityor shu 317 oilaga kiradi), shunga muvofiq kasallik teniidoz deb tashxislanadi. Bogimlarning ajralish xarakteri boyicha va ularning tuzilishiga kora, odatda, teniarinxoz va teniozni bir-biridan farqlashga mu- vaffaq bolinadi. Turiga oid uzil-kesil tashxisni degelminti- zatsiyada ajralib chiqqan solityor boshchalarini organish asosida ham qoyish mumkin. Profilaktikasi. Aniqlangan bemorga, albatta, davo qilishni oz ichiga oladi. Tomorqalarda jihozlangan yopiq hojatxonalar qurish, chochqalarni yopiq joylarda boqish zarur.Chochqalarni xonadonlarda soyish man qilinadi. Goshtni veterinariya-sani- tariya ekspertizasidan otkazish shart. 17-jadval Hokiz va chochqa solityori bogimlari hamda boshchalari tuzilishidagi tafovutlar Pakana gijja Tuzilishi. Pakana gijja (Hymenolepis nana) uzunligi 0,55 sm, boshchasi, boyinchasi va tasmasimon tanasi (strobila) bor. Boshchasida 4 ta sorgichi va toj korinishidagi 2030 ta ilmogi boladi. Strobila oq rangli, juda nozik va oson yirtiluvchan, kop sonli mayda bogimlardan iborat. Yetilgan oxirgi bogimlari tuxumlar bilan deyarli batamom tolgan, bogimlar yemirilganda tuxumlar najasga ichakning ozidayoq koplab miqdorda tushadi. i r a li g l e B i r o y ti l o s z i k o H i r o y ti l o s a q h c o h C - r a l m i g o b a d r o m e B i r e t k a r a x h s il a rj a g n i n a d t a d o , n a d i z o - z o , v it k A a q h s o b n a d it k a a y i s t a k e f e d a d t q a v it k a a y i s t a k e f e d , v i s s a P a d it q a v g n i n r a l m i g o B i g il n a h c t a k a r a h n a h c t a k a r a H z i s t a k a r a H : r a l m i g o b n a g li t e Y ; m m ,i g il n u z u ) a ; m m ,i n e ) b a g i n e g n i n i g il n u z u ) d ;i t a b s i n il k a h s ) e 4 : 1 3 : 1 7 4 0 2 6 1 q o h c n i z o h c a h c n u m r i B r i b r a h g n i n i n o d a h c a B n a d a t 2 3 8 1 a d i n o m o t i g o m r a t n o y 2 : 1 6 5 2 1 0 1 m a k i g il q o h c n i z o h C r i b r a h g n i n n o d a h c a B n a d a t 2 1 7 a d i n o m o t i g o m r a t n o y g n i n i s a h c h s o B m m ,i r t e m a i d r a l q o m li i g a d i s a h c h s o B 2 5 , 1 i d y a m l o B 1 6 , 0 a d i h s i n i r o k j o T i d a l o b a t 3 2 2 2 318 Pakana gijja tuxumlari tiniq, rangsiz oval yoki yumaloq shaklda. Pardasi yupqa qosh konturli. Onkosferalar (pushtlar tiniq, rang- siz) ozining yupqa pardasiga, shuningdek, bir-biriga nisbatan kichikroq burchak ostida yoki deyarli parallel joylashgan 3 juft ilmoqqa ega. Tuxumlar va onkosfera pardalari ortasida uzun tiniq iplar (filamentalar) korinib turadi. Onkosferaning har bir qut- bidan 6 ta ip chiqadi, taxmin qilinishicha, ular pushtni tuxum markazida tutib turadi. Rivojlanish sikli. Pakana gijja odamning ingichka ichagida, kopincha katta miqdorda (yuzlab va hatto, minglab nusxalarda), qator hollarda esa kemiruvchilar ichagida ham parazitlik qiladi. Tuxumlar tashqariga kasallik yuqqan odamning najasi bilan ajraladi. Shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganda tuxumlar eshik dastalariga, tuvaklar, oyinchoqlarga tushishi mumkin, qolni ifloslantiradi, pashshalar orqali ovqatga tushadi. Tuxumlar ogiz orqali ichakka kiradi. Bu yerda onkosferalar pardalaridan ozod boladi va ichak vorsinkalari (qilchalari)ga tushib, lichin- kalarga aylanadi (sistitserkoidlar). 46 sutka otgach, sistitser- koidlar vorsinkalarni yemiradi va ichak boshligiga chiqadi, songra ichak devoriga yopishadi va bir hafta mobaynida yetil- gan gijjalarga aylanadi. Tuxumlar ichak boshligiga togridan togri tizma bogimlaridan tushishi ham mumkin. Shuning uchun qator hollarda tuxumlar tashqi muhitga tushmagani holda ichak ichida «oz-oziga yuqtirish» (autoinvaziya), yoki aniq- rogi, «takroran oz-oziga yuqtirish» (autosuperinvaziya) ham sodir boladi. Klinikasi. Pakana gijja qozgatadigan kasallik (gimenolepi- doz) hazm va nerv sistemalarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Ichak zararlanganda qorinda tabiatan har xil ogriq, ich buzilib turishi, kongil aynishi, ishtahaning yomonlashishi kuzatiladi. Nerv sistemasi zararlanganda bosh ogrigi, asabiylanish rivoj- lanadi, diqqat bolish va xotira pasayadi. Allergiya vujudga kelib, bu terini qichishtiradigan toshmalar, eshakyem, konyunktivit, vazomotor rinit kabilar bilan yuzaga chiqadi. Tashxisi. Asosiy usul tuxumlarni topish maqsadida najasni mikroskopiya qilish hisoblanadi. Tuxumlarning tashqi muhitda tez yemirilishi va shaklining ozgarishini hisobga olib, yangi ajratilgan najasni, yaxshisi, ajratilgan vaqtidan bir necha soat otmasdanoq mikroskopiya qilish lozim. Xuddi shu tufayli quruq axlatni tekshirish tavsiya etilmaydi. 319 Tuxumlarni topish uchun boyitish usullari eng samarali hisoblanadi. Qator amaliy laborantlarning tuxumlar nativ surtma usuli bilan yaxshi topiladi degan fikri asossizdir. Preparatda tuxumlar sonining kop bolish ehtimoli bor intensiv invaziya hollaridagina bu fikr haqiqatga togri keladi. Biroq maxsus tajribalarda isbotlanishicha, nativ surtmaning boyitish usullari zamonaviy modifikatsiyalariga qaraganda samaradorligi bir necha marta past bolishi mumkin. Laboratoriya tashxisining samaradorligini oshirish uchun tekshirishdan bir kun avval kechqurun kamaytirilgan dozadagi (0,51 g) fenasalni 0,1 g surgi (purgen) bilan birga tayinlash tavsiya etiladi. Tahlil uchun najas ertalab yigiladi. Fenosal tizma strobilasini yemiradi, buning natijasida kop sonli tuxumlar ichak boshligiga tushadi va najas bilan ajraladi. Shunga kora, ayniqsa, puxta tekshirish talab etiladigan hollarda (aloqada bol- ganlar orasida klinik korsatmalar boyicha, davolashdan keyin takroriy tahlilda) fenosal oldindan tayinlanishini tavsiya qilish mumkin. Laboratoriya diagnostikasida tuxumlarning ajralish davriy- ligini hisobga olish zarur. Bunda tekshiriladigan odamda invaziya intensivligi nechogliq kam bolsa, tuxumlarning ajralish davo- miyligi shunchalik qisqa, bu davrlar orasidagi pauzalar esa uzunroq bolishi mumkin. Bundan kasalni bir marta tekshirishda soxta manfiy natija olish ehtimoli ortadi. Bunda bemorlarning 4050 % aniqlanadi, xolos. Shunga kora 1015 kunlik oraliq bilan uch marta tekshirish tavsiya qilinadi. Otkir bakterial di- zenteriyali bemorlarda shilimshiq qon aralash najasda pakana gijja tuxumlari bolmaydi va otkir hodisalar bosilganidan ke- yingina aniqlana boshlaydi. Davolashdan keyin 6 oy mobaynida otkazilgan takroriy tahlillarda (kamida 46 tahlilda) najasda pakana gijja tuxumlari topilmaganlar kasallikdan xalos bolgan deb hisoblanadi. Gimenolepidozning shiddatli hollarida dispanser kuzatuvini bir yilgacha uzaytirish, nazorat tahlillar sonini esa 810 tagacha yetkazish tavsiya etiladi. Profilaktikasi. Gimenolepidoz hamma joyda tarqalgan. Aksari bolalar zararlanadi. Bolalar va ular uyushgan jamoa xodimlari, 14-sinflardagi maktab oquvchilari yiliga bir marta laboratoriya tekshiruvidan otkaziladi. Aholi ortasida gimenolepidoz bilan zararlanish yuqori bolgan (1 % va bundan kop) joylarda kop bolali oilalarning farzandlarini har yili rejali tekshirish tavsiya qilinadi. 320 Gimenolepidoz bilan kasallangan bemorlar aniqlanganda, barcha oila azolari tekshiriladi. Davolash-profilaktika tadbirlari bolalar jamoalarida ham, invaziyali bemorlar oilalarida ham bir vaqtning ozida otkazilishi lozim. Sanitariya rejimiga qoyiladigan talablarga degelmintizatsiya davrida puxta rioya qilinishi kerak. Bolalarning shaxsiy gigiyenasi ustidan kuzatib borish, artib to- zalashni qunt bilan bajarish lozim. Hojatxonalar eshiklari va suv oqizadigan moslamalarning dastalari, tuvaklar, umivalnik jom- raklarini dezinfeksiya qiladigan moddalar hamda qaynoq suv bilan yuviladi. Ajraladigan najasga xlorli ohak sepiladi yoki qay- noq suvda bir soatga qoyiladi. Bolalarga yuvish oson bolgan oyinchoqlarnigina oynashga ruxsat beriladi. Pakana gijja bilan zararlangan oziq-ovqat korxonalari xodimlari davolanish dav- rida ishdan chetlatiladi. Exinokokk Tuzilishi. Exinokokk (Echinococcus granulosus) uzunligi 26 mm, kengligi 0,6 mm. gacha yetadigan, oq rangli mayda sestoda. Tanasi hammasi bolib 34 bogimdan iborat, ulardan faqat oxirgisi eng yirigi yetilgan va 800 tagacha tuxum qoyadi. Rivojlanish sikli. Exinokokk itlar, kamroq borilar ichagida yashaydi. Tuxumlari va bogimlari shu hayvonlarning najasi bilan birga ajraladi va junini, shuningdek suv, tuproq, ot- olanlar, xonalar va kasal it tegadigan hamma narsalarni iflos- lantiradi. Tuxumlari tashqi muhitda birmuncha yaxshi saqlanadi. Suv va ozuqa bilan ular qishloq xojaligi hayvonlarining ichagiga tu- shadi, u yerdan jigari va opkasiga kiradi. Bu yerda lichinkalar exinokokk pufaklariga aylanadi, ularning olchami diametrda bir necha mm. dan 3040 sm.ga yetishi mumkin. Aksariyat bir hay- vonning ozida jigar yoki opkaning exinokokk pufaklaridan kop sonli zararlanishi kuzatiladi. Pufak rangsiz suyuqlik bilan tolgan va ozida exinokokk «qumi»ni juda kop miqdordagi mayda pushtlar boshcha- lar (skolekslar) saqlaydi. Itlarni molning zararlangan azolari bilan boqilganda, kasallik itlarga ham yuqadi. Odamga kasallik uning tuxumlarini suv, ovqat bilan yutib yuborganida yoki ularni iflos qoli bilan ogziga tushirganida yuqadi. Agar qoylar yoki sigirlar itlar iflos qilgan 321 yerda yotsa, tuxumlari molning juniga tushishi, u molni parva- rish qilishda, sogishda, jun qirqishda va boshqa holatlarda in- sonning qoliga otishi mumkin. Kopgina hollarda exinokokk invaziyasi bilan choponlar, sut soguvchilar, ovchilar, chorvachilik va qoramolchilik bilan shu- gullanuvchilar, veterinariya xodimlari, teri, moyna va junlarni qayta ishlash bilan bogliq bolgan shaxslar hamda ularning oila azolari zararlanadi. Klinikasi. Exinokokk pufaklari odamning har qanday azosini zararlantira oladi, biroq hammadan kop jigar (7580 %) va opkaga (1520 % gacha) shikast yetadi, bunda exinokokkoz kasalligi rivojlanadi. Bemorda zararlangan azo, masalan, jigar asta-sekin kattala- shib boradi. Jarayon jigarda joylashganda ong qovurgalar ostida ogirlik sezgisi, ogriq qayd qilinadi. Agar exinokokk kistasi jigar- ning ong bolagida joylashgan bolsa, ogriq ong kurak, omrov va yelka sohasida paydo boladi. Agar jarayon jigarning chap bo- lagida joylashgan bolsa, bemor kongil aynishi, epigastral so- hasida ogirlik sezishidan shikoyat qiladi. Agar opka zararlangan bolsa, bemorni kokragidagi ogriq, yotal, nafas qisishi, bazan qon tupurish bezovta qiladi. Exinokokk pufagi bronxga, qorin yoki plevra boshligiga yorib kirishi yoki yiringlatishi mumkin. Bu asoratlar juda xavfli va olimga duchor qilishi ehtimol. Pufak yorilganda undagi skolekslar (pusht boshchalari) va mayda pufakchalar qoshni azolarga tarqalishi mumkin, keyinchalik bu pufakchalarning koplab osib ketishiga, yani kasallikning takrorlanishiga olib keladi. Buyrak, bosh miya va boshqa azolar exinokokkozi osmali kasalliklar alomatlari bilan kechadi. Tashxisi. Bemorga klinik, epidemiologik tahlil, instrumental va immunologik tekshirishlar natijasiga asoslanib tashxis qoyiladi. Shuningdek, kasallikka tashxis qoyishda gematologik, allergik, serologik, rentgenologik, ultratovush yordamida tekshirish va kompyuter tomografiya usullaridan foydalaniladi. Exinokokkoz kasalligiga uchragan bemorlarning qonida taxminan 50 % ho- latlarda eozinofil tayoqchalarining kamayishi (1025 %) kuza- tiladi. Kasoni reaksiyasi exinokokkoz kasalligida maxsus reaksiya hisoblanadi. Bu reaksiya exinokokkoz kasalligida 8990 % holatlarda musbat natija beradi. Kasoni reaksiyasini qoyish uchun 0,2 ml exinokokk pufagidan olingan steril suyuqlikni qol terisi 322 ichiga yuboriladi, bu suyuqlik yuborilgan joyda terining qizarishi kuzatiladi, Kasoni reaksiyasi musbat sanaladi. Exinokokkoz kasal- ligi tashxisida skoleksopretsipitatsiya, bentonit bilan flokulatsiya- lash, IFA, RSK, RNT va boshqa serologik usullardan ham foy- dalaniladi. Opka exinokokkozi rentgenogramma qilinganda, op- kada chegarasi aniq, tekis, sharsimon qorayish korinadi. Jigar, taloq va qorin boshligidagi exinokokk pufagini aniqlashda ultratovush tekshirish, bosh miya toqimasidagi exinokokk pufa- Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling