O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

5.3. Oqsim
Etiologiyasi. Oqsim o‘ta yuqumli zoonoz (tuyoqli hayvonlarga
mansub) kasallik bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tu-
radi.  Kasallik  terining  sochsiz  yerlarida,  oshqozon-ichak  shilliq
qavatlarida  pufakchalar,  eroziyalar  hamda  toshmalar,  yaralar
toshishi bilan tavsiflanadi.
Oqsim  kasalligining,  ayniqsa,  shoxli  hayvonlar  orasida  keng
tarqalganligi to‘g‘risidagi dastlabki tarixiy ma’lumotlar XVI asrda
Venetsiyada D. Frakastoro tomonidan bayon qilingan.
1686-yilda  Fransiyada,  so‘ngra  Italiyada,  Shveysariya,  Ger-
maniya va Polshada oqsim epizootiyasi keng tus olgan bo‘lib, bu
hududlardagi shoxli hayvonlarda so‘lak oqishi, jag‘larida mayda
pufakchalar  paydo  bo‘lishi  sababli  ozuqa  yeya  olmasliklari  va
sutlarining ayniganligi kuzatiladi.
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  mamlakatlararo
savdo-sotiq aloqalari, ishlab chiqarishning rivojlanishi oqsim epi-

271
demik ahamiyatini oshirib bordi. Oqsim dunyo bo‘yicha tarqalgan
(faqat Malayziyada uchramagan). Oqsim kasalligining chaqiruv-
chisi 1898-yili Lyoffler, Frosh tomonidan aniqlangan filtrlanuvchi
virus bo‘lib, o‘z tarkibida RNK saqlaydi. Oqsim virusi tabiatda
uch tiðdan iborat: O, A va C.  Bizning hududimizda faqat O va A
tiðdagi  viruslar  uchraydi.
O tiðdagi virus 10 dan ortiq serotiðga ega, A virusning esa,
20 dan ortiq serotiði bor. C tiðdagi virus faqat  2 serotiðdan iborat.
Hamma  serotiðlar bir-biridan antigenligi bilan farqlanadi. Oq-
sim kasalligi viruslarining tashqi muhitga chidamliligi turlicha.
Virus 85°C qizdirilganda 30 daqiqada, 100°C da esa, 5 daqiqada
nobud bo‘ladi. Past harorat —18°C da o‘z xususiyatini uzoq mud-
dat — ikki yilgacha saqlab qoladi. Kimyoviy moddalarga chidam-
liligi  quyidagicha:  xlorli  ohak,  fenol,  krezol,  xloroform  va  for-
maldegid eritmasi ta’sirida 2—5 soatda nobud bo‘ladi. Suvda olti
kun saqlanadi, sutda 12 kun, sariyog‘da 45 kun, go‘shtda 50 kun,
xashakda 15 hafta, unda 7 hafta, mollar junida 4 hafta, bug‘doy
kepagida 20 haftagacha saqlanadi.
Epidemiologiyasi.  Asosiy  kasallik  manbayi  bo‘lib  qoramollar,
so‘ngra  cho‘chqalar,  qo‘ylar  va  echkilar  hisoblanadi.  Bundan
tashqari, oqsim kasalligiga otlar, tuyalar, kiyiklar va mushuklar-
ning ham moyilligi aniqlangan. Kasallikni uzatishda kemiruv-
chilar ham ishtirok etadi (kalamushlar, sichqonlar va ayrim par-
randalar,  o‘zi  kasal  bo‘lmasa-da,  virusdan  zararlangan  bug‘doy
donini  yegandan  so‘ng  uni  tashqi  muhitga  ajratib  chiqaradi).
Chet davlatlardan olib kelinadigan go‘sht, qishloq xo‘jaligi mah-
sulotlari,  ozuqalari,  yem-xashaklar,  poliz  mahsulotlari  orqali
oqsim kasalligi virusi tarqalishi mumkin.
Odam  oqsim  kasalligining  oraliq  o‘tkazuvchisi  hisoblanadi,
chunki ko‘pincha tuyoqli hayvonlarni boqishda va ehtiyot choralariga
rioya qilmaganida uning kiyim-kechagidan, poyabzalidan, qo‘lidan
viruslar  o‘ta  sezgir  mollarga  yuqadi.  Shoxli  hayvonlarga  oqsim
viruslari ko‘pincha yem-xashak va ichimlik suvi orqali yuqadi. Oqsim
bilan  kasallangan  hayvonlarning,  avvalo,  og‘iz  shilliq  qavatlari,
milklari,  burni,  tili,  labi  va  yelinlarida  mayda  toshmalar  paydo
bo‘ladi, so‘ngra ular pufakchaga aylanadi. Viruslar kasal mollarning
so‘lagi, suti, siydigi va axlati orqali ajralib chiqadi. Kasallangan mol-
larda oqsim og‘ir va yengil shaklda kechadi. Og‘ir shaklda kechganda,
60  %  kasallangan  mollar  1—1,5  kunda  nobud  bo‘ladi,  sog‘ayib
ketgan mollarda esa, immunitet davri 1,5—2 yildan oshmaydi.

272
Odamlar  uchun  oqsim  kasalligi  deyarli  xavfli  emas,  ammo
yosh bolalarda unga moyillik ancha yuqori. Kasallikning yuqishi
ko‘pincha  kasal  molning  xom  suti  iste’mol  qilinganda  yoki  uni
parvarish qilganda sodir bo‘ladi. N.K. Rozenberg ma’lumotlariga
asosan, odamlarga sut orqali 65 %, parvarish orqali 34 %, boshqa
sabablarga ko‘ra, 1 % hollarda yuqadi.
Kasallikning  yashirin  davri  3  kundan  8  kungacha.  Kasallik
o‘tkir  boshlanadi,  tana  harorati  ko‘tarilib,  bemorning  boshi  va
mushaklarida  qattiq  og‘riq  bo‘ladi.  Keyinchalik  og‘izda  qizish,
chaynashda og‘riq, so‘lak oqishi, ko‘zlar qizarishi va ayrim hol-
larda qusish, ich ketishi mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechi-
rilganda, shilliq qavatlarida mayda pufakchalar ko‘rinadi, milklar
yallig‘lanadi, lunj, lab, tilda  esa, ko‘p miqdorda suvli pufakchalar
bo‘ladi, ayrimlari yorilib yaralarga aylanadi.
Oradan 4—5 kun o‘tgandan keyin,  yaralar bitib, tana harorati
pasayadi va 10—15 kundan keyin  bemor sog‘ayib ketadi. Odam-
larda oqsim og‘iz bo‘shlig‘i  va terida uchraydi. Kasallikning teri
shaklida tashqi qavatda  ko‘p miqdorda mayda toshmalar paydo
bo‘lib, kasallik bir oygacha cho‘zilishi mumkin. Kasallikdan ke-
yin immunitet faqat  sakkiz oygacha saqlanadi.
Oqsim — isitma reaksiyasi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi va
tirnoq o‘rni yaqinida mayda pufakchalar rivojlanishi bilan o‘ta-
digan o‘tkir zoonoz infeksion kasallik.
Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari. Oqsim kasalligining
oldini olishda tibbiyot xodimlari veterinariya xizmati bilan ham-
korlikda veterinariya-sanitariya va veterinariya karantiniga taal-
luqli ishlarni olib boradilar. Asosiy tadbirlardan biri — chetdan
oqsim bilan kasallangan hayvonlarni kiritmaslik, ularni o‘z vaq-
tida aniqlash, ajratib qo‘yish va davolash yoki qirib tashlash hi-
soblanadi. Hayvonlar orasida kasallikni aniqlash va tashxis qo‘-
yish uchun biosinamalar qo‘yiladi. Bir necha soatdan keyin hay-
vonning tilida yallig‘lanish, shishlar va mayda pufakchalar paydo
bo‘lsa, ular viruslangan bo‘ladi. Oqsim uchrab turadigan joydan
keltirilgan hayvonlar ustidan qunt bilan veterinariya nazorati o‘r-
natish talab etiladi. Hayvonlarni kasallik o‘chog‘idan tegishli ka-
rantinga  rioya  qilmagan  holda,  shuningdek,  sut  mahsulotlariga
ishlov bermasdan olib ketish taqiqlanadi.
Hayvonlarda kasallanish paydo bo‘lganda, qaynatilmagan sut
va  undan  tayyorlangan  mahsulotlarni  iste’mol  qilishga  ruxsat
etilmaydi. Kasal deb shubha qilingan kishilarni darhol kasalxonaga

273
yotqizish kerak. Òashxis virusologik, serologik va biosinama usuli
bilan tasdiqlanadi. Òekshirish uchun qon, siydik, axlat, og‘iz bo‘sh-
lig‘idan shilimshiq va pufakchalardan  suyuqliklar olinadi.
Oqsim o‘chog‘ida sanitariya-veterinariya qoidalariga  ko‘ra,
21  kundan  keyin  karantin  bekor  qilinadi.  Oqsim  kasalligiga
qarshi mollarga Vale-Shmidt-Valdman usulida aluminiy oksid-
dan tayyorlangan formol vaksina shoxli mollarga 5 ml, qo‘y va
cho‘chqalarga 3 ml.dan yuboriladi. Oqsimning oldini olish uchun
tibbiyot  xodimlari  epizootiya,  panzootiya  bo‘lgan  davlatlardan
keltiriladigan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  nazorat  qilishlari  zarur.
Bundan  tashqari,  kasallik  o‘choqlarida  chegaralash  va  karantin
joriy qilishning ahamiyati katta.
Shaxsiy  gigiyenaga  rioya  qilish,  kasal  hayvonlar  sutini  is-
te’mol qilmaslik, ularni parvarishlashda ehtiyot chora-tadbir-
lariga amal qilish lozim. Kasallik o‘choqlarida majburiy karan-
tin joriy etiladi va yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkaziladi (2 % li
NaOH yoki 1 % li formalin bilan).
5.4. Kuydirgi
Etiologiyasi.  Qo‘zg‘atuvchilar  Bacillaceae  oilasiga,  Bacillus
turkumiga  mansub.  Organizmda  kuydirgi  batsillalari  vegetativ
shaklda aniqlanib, u havosiz sharoitda, 75—80°C gacha qizdi-
rilganda, dezinfeksiyalovchi vositalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Kislorod  bemalol  keladigan  bo‘lsa,  qo‘zg‘atuvchilar  sporalarni
hosil  qiladi,  bu  sporalar  atrof-muhitga  juda  chidamli  bo‘lib,
qulay sharoit bo‘lganda yillab saqlanadi. Bunday sharoitlar te-
palik joylardagi kam namlangan tuproqda, shuningdek, sporalar
o‘sishi  uchun  qulay  bo‘lmagan  tuproqning  chuqur  qavatlarida
yaratiladi. Òuproqning ustki qatlamida yozda harorat va namlik
optimal  bo‘lganda,  sporalar  vegetativ  oldi  holatiga  o‘tib  halok
bo‘ladi. Sporalar quritishga, yuqori harorat (qaynatilganda 60 mi-
nutdan keyin halok bo‘ladi), dezinfeksiyalovchi vositalarga chi-
damli  bo‘ladi.
Epidemiologiyasi.  Kuydirgi  kasalligining  qo‘zg‘atuvchilar
manbayi  kasal  hayvonlar  hisoblanadi,  ularda  kasallik  o‘tkir,
umumiy septisemiya  tiði bo‘yicha kechadi.
Uy hayvonlari — yirik va mayda shoxli qoramol, ot, eshak,
bug‘u, tuya, cho‘chqa va boshqalar. Epidemiologik jihatdan, ay-
niqsa, xavfli. Kasal odam infeksiya manbayi sifatida hech qanday

274
rol o‘ynamaydi. Odamga mol majburiy so‘yilganida, go‘sht may-
dalaganda,  infeksiya  tushgan  go‘sht  mahsulotlariga  ishlov  beril-
ganda, kasal hayvonni parvarish qilganda yuqadi.
Kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari o‘tish mexanizmi ularning yashash
shakllari  bilan  belgilanadi.  Vegetativ  shakldagi  qo‘zg‘atuvchilari
kontakt,  transmissiv  (qon  so‘radigan  hasharotlar  chaqqanda)
yo‘l bilan, oziq-ovqat (infeksiya tushgan oziq-ovqatlar yeyilganda)
orqali yuqadi. Sporali shakli chang bilan birga odamga aerogen yo‘l
bilan o‘tishi mumkin.
Kasbga oid sanoat, qishloq xo‘jaligi kuydirgisi va kasbga oid
bo‘lmagan  kuydirgi  farq  qilinadi.  Birinchi  turda  kasallik  orga-
nizmga qo‘zg‘atuvchi sporalari tushganda rivojlanadi, ular infek-
siya tushgan xomashyo (teri, jun, yol va boshq.)ga ishlov berishda
korxona xonalarida havo oqimi bilan tarqaladi.
Kasbga oid qishloq xo‘jaligi kuydirgisida odamga kasallik hayvon
terisini  shilishda,  go‘shtini  nimtalashda,  o‘ligini  yig‘ib  olish  va
yuqumsizlantirishda, kasal hayvonlarni parvarish qilishda yuqadi.
Kasbga  oid  bo‘lmagan  kuydirgi  odamga  qo‘zg‘atuvchining
sporali shakli organizmga tasodifan yoki maishiy yo‘l bilan tushishi
natijasida yuqadi. Odamlar orasida kuydirgi bilan kasallanish —
mollar o‘rtasida kasallanishga va tegishli profilaktik choralar o‘t-
kazilishga doimiy va bevosita aloqador bo‘ladi.
Odamning kuydirgiga sezgirligi yuqori. Ko‘pincha katta yosh-
dagilar  kasallanadi.  Kasallikdan  keyin  barqaror  immunitet  qo-
ladi. Kasallanishning mavsumiy ko‘tarilishi (iyul — sentabr) ka-
sallikning hayvonlar orasida oshishi va qon so‘ruvchi hasharotlar
sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Odamga yuqish yo‘llari:
1. Kasal  hayvonni  parvarish  qilganda,  so‘yganda,  nimtala-
ganda yoki kasal hayvon xomashyosiga ishlov berilganda terida
xilma-xil yara-chaqa, tirnalishlar bo‘lgan taqdirda yuqishi mum-
kin. Bunda xastalikning eng ko‘p uchraydagan teri shakli rivoj-
lanadi (terida «kuydirgi xo‘ppoz» paydo bo‘ladi).
2. Kasal  hayvon  chiqindilaridagi  mikroblar  tashqi  muhit
obyektlarida chang bilan aspiratsiya yo‘li orqali tarqaladi. Bu o‘pka
shaklining rivojlanishiga olib keladi. Òarqalish mexanizmi ancha
murakkab bo‘lgani uchun kasallikning bu ko‘rinishi kam uchraydi.
3. Zararlangan go‘sht yoki go‘sht mahsulotini yetarli darajada
pishirmasdan iste’mol qilganda, og‘iz orqali (alimentar yo‘l bilan)
yuqadi. Buning oqibatida kuydirgining ichak shakli kelib chiqadi.

275
Bemor odamdan ikkinchi kishiga kuydirgi yuqish hollari deyarli
uchramaydi,  chunki  kuydirgi  mikroblari  hayvon  organizmida
rivojlanganida  ma’lum  sharoit  bo‘lgandagina  odamlarga  ham
yuqadigan bo‘lib qoladi. Lekin bemor organizmida mikrobning
bu  xususiyati  yana  o‘zgarsa  kerak.  Kasallikning  odamga  yuqish
sharoitlariga ko‘ra,  kuydirgining quyidagi tiðlari farqlanadi:
• qishloq  xo‘jaligidagi  ma’lum  kasb-kor  bilan  bog‘liq  kasal-
lanish. Mikrob kasal hayvondan yoki tuproq orqali yuqadi;
• sanoatdagi kasb-kori bilan bog‘liq kasallanish. Kasal hayvon
mahsulotlari  yoki  xomashyosiga  ishlov  berish  jarayonida  kelib
chiqadigan kasallanish. Bu yo‘l bilan kasallik yuqishi hozirgi paytda
kam uchraydi.
Keyingi yillarda kuydirgi odamlarda onda-sonda uchramoqda.
Odatda,  bu  hol  kasal  hayvonni  bilmasdan  so‘yib  yuborilganda
ro‘y  beradi.  Ayrim  hollarda,  ayniqsa,  kasal  ot  so‘yilganda  ko‘p
kishilar ishtirok etishi va tekshirilmagan go‘shtning tarqatib yubo-
rilishi  tufayli  tez-tez  kasallanish  kuzatiladi.  O‘zbekistonda  har
yili 10—15 nafar bemor shu kasallikka duchor bo‘lmoqda.
Kuydirgi bilan kasallanish odamlarning kasb-kori  va turmush
sharoitiga  ko‘p  jihatdan  bog‘liqdir.  Shu  asosda,  kuydirgi  bilan
kasallanish tasnifini quyidagicha tuzish mumkin:
• kasb-korga bog‘liq bo‘lmagan;
• kasb-korga bog‘liq bo‘lgan.
Kasb-korga  bog‘liq  bo‘lmagan  kasallanish  hollari,  asosan,
kasallangan  qoramol  egalari,  zararlangan  go‘sht  mahsulotlarini
iste’mol  qilgan  shaxslarda  hamda  kasal  hayvon  mahsulotlari  va
xomashyosiga ishlov berishda qatnashganlarda kuzatiladi. Kasb-
korga bog‘liq holda kasallanish chorvador (cho‘pon)lar, veterinariya
xizmati  xodimlari,  zootexniklar,  hayvonlar  xomashyosiga  ishlov
beruvchilar, go‘sht kombinatlari va teri xomashyo bazalari ishchilari
va hokazolar orasida uchraydi. Ishlab chiqarishda kuydirgi, asosan,
ish  jarayonida,  xomashyoni  tayyorlash  davomida  veterinariya-
sanitariya  qoidalariga  rioya  qilmaslik,  saqlash  va  ishlov  berish
talablarini bajarmaslik, xodimlarning sanitariya-texnika minimu-
mini o‘zlashtirmaganligi natijasida tarqalishi mumkin.
Respublikamizda keyingi yillarda shu sohada ishlovchilar ora-
sida olib borilayotgan ko‘p yillik profilaktik chora-tadbirlar na-
tijasida  kuydirgi  bilan  kasallanish  ko‘rsatkichi  ancha  pasaygan.
Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda kuydirgi bilan kasallanishning 96 %
qishloq  sharoitida  yashovchi  aholi  guruhlarida  uchramoqda.

276
Kasb-korga  bog‘liq  bo‘lmagan  kasallanish  chegaralangan  mav-
sumiylikka ega, u iyun-oktabr oylarida ko‘proq kuzatiladi. Kuy-
dirgi  bilan,  asosan,  erkaklar  kasallanadi.  Bu  ularni  hayvonlarni
so‘yishda, xomashyolari va go‘sht mahsulotlariga ishlov berishda
ko‘proq ishtirok etishlari bilan tushuntiriladi.
Kasallanish turlari kasallikning yosh bo‘yicha taqsimlanishi bilan
o‘zaro bog‘liq. Kuydirgi bilan, asosan, (82 %) 20 yoshdan oshgan
odamlar kasallanadi, 25 % dan ko‘proq hollarda 50 yoshdan osh-
ganlar orasida uchraydi. Bolalar va o‘smirlarning kuydirgi bilan ka-
sallanishlari, asosan, qishloq sharoitida yashovchi aholi orasida bir-
muncha yuqori. Kasallikni erta aniqlash maqsadida hamda bemorlar
va emlanganlar organizmida yuzaga keluvchi immunoallergik sil-
jishlarni aniqlash uchun kuydirgi allergeni — antraksin qo‘llaniladi.
Antraksinli teri-allergik sinamasi teri ostiga 0,1 ml miqdorda
yuboriladi va 24—48 soatdan keyin kuzatiladi. Antraksinli sinama
kasallikning  erta  tashxisi  hamda  retrospektiv  tashxisi  uchun
qo‘llaniladi. Sinama kuydirgi bilan kasallanganlarda 30 yilgacha
musbat bo‘lib qoladi.
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  odamlarda  kuydirgining
oldini  olish,  avvalo,  sanitariya-veterinariya  tadbirlarining  to‘liq
bajarilishiga  bog‘liq.  Bu  tadbirlar  quyidagilardan  iborat:  ilgari
hayvonlarda kuydirgi kasalligi qayd qilingan hududlarni aniqlash,
ro‘yxatga  olish  va  pasportlashtirish  zarur.  Jumladan,  O‘zbekis-
tonda  professor  J.O.  Odilov  tuzgan  «Kuydirgi  bo‘yicha  doimiy
xavotirli punktlarning atrofi» shu jihatdan zarur qo‘llanma hisob-
lanadi. Har bir xavotirli punkt chegarasida maxsus belgilar qo‘yilib,
to‘silgan bo‘lishi kerak. Ularda mollarni o‘tlatish taqiqlanadi. O‘sha
hududlardagi  chorva  xo‘jaliklarida  va  xonadonlardagi  hayvonlar
kuydirgiga  qarshi  emlanadi.  So‘yilgan  hayvonlarning  terisini
to‘g‘ri saqlash, transport vositasida tashish va korxonalarda qayta
ishlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Hayvonlarda kuydirgiga
shubha bo‘lganda darhol laboratoriya tekshirishlari o‘tkaziladi va
karantin o‘rnatiladi (hayvonlarni bu yerdan olib ketish va yangisini
keltirish taqiqlanadi), kuchli dezinfeksiyalovchi preparatlar bilan
yuqumsizlantirish ishlari olib boriladi. O‘lgan hayvon yoqiladi va
chuqur o‘raga ishqor to‘kib ko‘miladi.
O‘z  kasb-koriga  ko‘ra,  kuydirgi  yuqishi  mumkin  bo‘lganlar
kasallikka qarshi tirik vaksina bilan oldindan emlanadi. U vaksina
SÒI  deb  nomlanib, 1  ml.dan  teri  ostiga  yuboriladi.  Bir  yildan
so‘ng revaksinatsiya o‘tkaziladi.

277
Modomiki, odamlar uchun kuydirgi infeksiyasining manbayi
kasallangan uy hayvonlari hisoblanar ekan, bu kasallikka qarshi
kurashish hamda profilaktik chora-tadbirlar veterinariya xizmati
bilan birgalikda olib borilishi kerak.
Veterinariya xizmati tomonidan quyidagi tadbirlar olib boriladi:
1)  kuydirgi  bilan  kasallanganligi  gumon  qilingan  va  kasal
hayvonlarni o‘z vaqtida aniqlab, boshqalardan ajratib qo‘yish;
2) kasallikning yuqish sabablari va sharoitlarini o‘rganish;
3) qishloq xo‘jaligi hayvonlarini emlashni muntazam ravishda
olib borish;
4) kuydirgi aniqlangan hududda karantin joriy etish;
5) hayvonlar orasidagi har bir kasallanish hollari haqida sog‘-
liqni saqlash organlariga xabar berish;
6)  kuydirgidan  o‘lgan  hayvonlar  murdasini  yo‘q  qilish;
7)  kasal  hayvonlar  yashash  joyini  yuqumsizlantirish;
8) molxonalarni, ishlatiladigan anjomlarni, hayvonlarni par-
varish qiluvchi xodimlarning ust-boshi va oyoq kiyimlarini joriy
hamda yakunlovchi dezinfeksiyadan o‘tkazish.
Veterinariya xizmatiga qishloq xo‘jaligi hayvonlarining go‘sht
mahsulotlarini tayyorlash, tashish hamda hayvonlar xomashyosini
saqlash va qishloq xo‘jaligi hayvonlari so‘yilishini to‘g‘ri tashkil
qilish  tadbirlari  ham  yuklatiladi.  Kuydirgidan  nobud  bo‘lgan
hayvonlarning epidemiologik va epizootologik ahamiyati nihoyatda
katta. Ular mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda kuydiriladi
yoki veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilgan holda ko‘mib
tashlanadi.
Sog‘liqni saqlash organlari, veterinariya xizmati kuydirgi infek-
siyasi o‘choqlari va manbalarini yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar-
ning  bajarilishini  nazorat  qiladi.  Kuydirgi  kasalligi  paydo  bo‘l-
ganda, odamlar orasida quyidagi chora-tadbirlar o‘tkaziladi:
• bemorni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish va alohida xo-
nalarga joylashtirish;
• kuydirgi  tashxisini  bakteriologik  tasdiqlash  maqsadida  be-
mordan olingan ashyolarni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish;
• bemor  kasalxonaga  yotqizilgandan  keyin  u  yotgan  xonada
yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkazish;
• bemor odam yoki kasallangan hayvonlarni  parvarish qilgan
kishilar 8 kun ichida ajratib qo‘yiladi va shoshilinch profilaktika
maqsadida penitsillin bilan kuydirgi globulini yuboriladi, 7—10 kun-
dan keyin esa, SÒI bilan emlanadi.

278
Epidemiologik  nazorat.  Bu  nazoratning  maqsadi  odamlarga
kuydirgi kasalligining yuqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bu-
ning uchun doimiy xavotirli punktlarni yaxshi bilish, u joylarda
veterinarlar  o‘tkazayotgan  tadbirlarni  muntazam  kuzatib  borish
zarur. Kuydirgi ustidan epidemiologik nazorat o‘tkazish o‘ta xavfli
yuqumli  kasalliklar  bo‘yicha  ish  olib boradigan  epidemiologlar
zimmasiga yuklanadi. Ular o‘z faoliyatini veterinarlar bilan yaqin
hamkorlikda olib borib, ehtiyot choralari rejasini birgalikda ishlab
chiqadilar va amalga oshiradilar.
Òuman  va  viloyatlarda  kuydirgi  kasalligi  bo‘yicha  muvofiq-
lashtiruvchi komissiyalar tuziladi. Bu komissiyalar hayvonlar ora-
sida kuydirgi bilan kasallanish hollarini kamaytirishga qaratilgan
veterinariya  chora-tadbirlarini  hamda  bu  kasallikning  odamlar
orasida uchrashining oldini olish bilan bog‘liq tibbiy tadbirlarning
tashkiliy va maxsus tizimi bajarilishini nazorat qilib borishadi.
5.5. Qoqshol
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  belgilash.  Qoqshol  o‘tkir
yuqumli  kasalliklar  orasida  eng  og‘ir  kechadigani  bo‘lib,  asab
sistemasining qo‘zg‘atuvchi toksini bilan zararlanishi tufayli yuzaga
keladi va mushaklarning tonik va tetanik tortishib qisqarishi  bilan
tavsiflanadi. Qoqshol bilan faqat odamlar emas, balki hayvon (ot,
qo‘y, yirik qoramol)lar ham kasallanadi. Kasallik, odatda, turli
xil tan  jarohatlari tufayli yuzaga keladi.
Qoqshol juda qadimdan ma’lum bo‘lgan kasallik. Qoqshol klinikasini
dastlab  Buqrot  (eramizdan  avvalgi  460—370-yillar)  o‘z  asarlarida
bayon etib, kasallikka «qoqshol» deb nom bergan. Buyuk alloma Abu
Ali ibn Sino kasallikni batafsil o‘rganib, uning kelib chiqishi, tana
jarohatlanishi tufayli og‘ir kechishi va davolash usullarini bayon etgan.
Qoqshol yer kurrasining barcha qit’alarida turlicha tarqalgan,
jumladan,  Afrika,  Osiyo  va  Janubiy  Amerikada  boshqa  minta-
qalarga nisbatan kasallik keng tarqalgan.
Qoqshol  kasalligi  Osiyo  mamlakatlarining  barchasida  uch-
raydi. Bu kasallikdan halok bo‘lish ko‘rsatkichi 100000 aholi so-
niga nisbatan 1,5 % dan 5,5 % ni tashkil etadi. Qoqshol kasalligi,
ayniqsa, urush yillarida ko‘p uchraydi. Har yili dunyo bo‘yicha
qoqshol kasalligidan 160000 kishi halok bo‘ladi.
Kasallikning  qo‘zg‘atuvchisi  Clostridum  tetani  Bacillaceae
oilasiga, Clostridium turkumiga mansub. Klostridiylar harakatchan

279
anaeroblardir,  grammusbat.  Klostridiylarning  vegetativ  shakllari
tashqi muhitga kam chidamli bo‘lib, qaynatilganda 3 daqiqada
halok bo‘ladi. Òashqi muhitda sporali shakli, aksincha, yuqori ha-
roratga chidamli, quruq qizdirganda 115°C da 30 daqiqada, qay-
natilganda 50 daqiqadan keyin nobud bo‘ladi. Dezinfeksiyalovchi
vositalar 5 % li fenol, 1 % li formalinda, 1 % li yodda bir necha
daqiqadan  6  soatgacha  halok  bo‘ladi.  Qoqshol  qo‘zg‘atuvchisi
organizmda anaerob holatda ikki xil ekzotoksin ishlab chiqaradi:
tetanospazmin, mushaklarni tonik qisqartiradi va tetanogemolizin
eritrotsitlarda gemoliz chiqaradi. Òoksin qizdirilganda yoki 0,2—
0,4  %  li  formalin  bilan  3—4  hafta  ishlov  berilganda,  ular
immunogen anatoksinga aylanadi.
O‘txo‘r hayvonlarning ichagi qoqshol bakteriyalari uchun ta-
biiy muhit hisoblanadi, chunki bu joy ularning yashashi va ko‘-
payishi uchun qulay sharoitdir. Aksincha, ular ichakdagi narsalar
bilan tashqi muhitga ajralib chiqqanida bakteriyalarning vegetativ
shaklidan  darhol  sporali  shakliga  aylanadi,  bunda  tashqi  muhit
harorati 12—14°C dan past bo‘lmasligi kerak.
Qoqshol  kasalligi  qo‘zg‘atuvchisining  sporalari  odam  orga-
nizmining  shikastlangan  yoki  jarohatlangan  shilliq  qavatlariga
tushib,  anaerob  holat  mavjud  bo‘lganda,  ular  tez  ko‘payadi  va

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling