O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

borilib,  ularning    ish,  o‘qish  joyiga,  bolalar  muassasasiga  xabar
beriladi. Uyda qoldirilgan infeksion bemorlar davolanib, kasalla-
nib o‘tgan kishilar dispanserda kuzatiladi. Degelmintizatsiya (gij-
jalarni tushirish) va profilaktik emlash o‘tkaziladi, ixtisoslashgan
sanitariya aktivini tayyorlab, aholi o‘rtasida sanitariya maorifi ishini
olib borilgan holda hovlilarni aylanib chiqiladi.
O‘tkazilgan  tadbirlarni  hisobga  olib  borish  uchun  har  bir
kasallik o‘chog‘i uchun alohida varaqa tutib, unga bemorlar haqi-
dagi  ma’lumotlar,  ularning  qachondan  buyon  kasalligi,  tibbiy
yordamga murojaat qilgani va gospitalizatsiyasi bilan birga kasallik
o‘chog‘idagi  sanitariya  holati  —  turmush  sharoitlari,  bemorlar
bilan aloqada bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar, ularni klinik
va laboratoriyada tekshirish natijalari, immunizatsiya yoki kimyo-
viy  profilaktika,  muloqotda  bo‘lishni  to‘xtatish,  shuningdek,
o‘choqda sanitariya maorifi ishini olib borish haqidagi ma’lumot-
larni yozib borish maqsadga muvofiqdir. O‘choqda ish tugallan-

257
gandan  so‘ng  bu  varaqni  ambulatoriya  kartasiga  (25-shakl)
yopishtirib qo‘yiladi. Rangli qog‘oz qiyqimi yoki shifr bilan bel-
gilangan bu kartani kasal bo‘lgan odam dispanser hisobidan chi-
qarilguncha alohida saqlanadi.
Katta tibbiyot hamshirasi: epidemik o‘choqda uchastka ham-
shiralarining infeksion bemorlarni davolashiga boshchilik qiladi.
4.8. Brutselloz
Etiologiyasi.  Brutselloz  infeksion  kasallik  bo‘lib,  asosan,  qo-
ramol,  qo‘y,  echkilar  hamda  cho‘chqalar  infeksiya  manbayi
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu kasallik o‘zining epidemio-
logik xususiyatlari bilan uy hayvonlarida bo‘ladigan epizootiya-
larga chambarchas bog‘liqdir.
Brutselloz  chaqiruvchilari  bir  qancha  mikroblar  guruhidan
iborat bo‘lib, uch turga bo‘linadi: bricella melitenisis; bricella abortis
bovis, bricella suis. Epidemiologik xususiyatlari jihatdan bir-biri-
dan tubdan farq qilinadi.
Brutsella  guruhining  bu  uch  xili  tashqi  muhitga  turg‘unligi
bilan ajralib turadi: ular quritilganda nobud bo‘lmaydi hamda hay-
von yoki odam organizmidan tashqarida uzoq vaqt tirik qoladi.
Kasal hayvonlarning axlatlari bilan ifloslangan yer va suv hayvonla-
ridan olingan ovqat mahsulotlarida (go‘shtda, sut, pishloq, sariyog‘
va boshq.) brutsellalar bir necha hafta va hatto oylab tirik qoladi.
Mikroblar  organizmdan,  asosan,  siydik  orqali  va  jinsiy  or-
ganlarning suyuqliklari orqali tashqariga chiqib turadi. Shu bilan
birga brutsella mikroblari axlat bilan va nafas yo‘llari orqali ham
tashqariga chiqishi mumkin. Brutselloz kasalligi xilma-xil shakl-
lari klinik simptomlarsiz, bilinar-bilinmas, abortiv, kuchli klinik
manzaralarni namoyon qilib o‘tadi.
Epidemiologiyasi.  Brutselloz  tiðik  zoonoz  kasalliklardan  bi-
ridir,  chunki  bu  kasallikda  uy  hayvonlari  infeksiyaning  asosiy
manbayi rolini o‘ynaydi. Qo‘y va echkilar ko‘pincha odam uchun
infeksiya manbayi hisoblanadi.
Brutselloz  hayvonlarda  xronik  kasallik  sifatida  davom  etadi.
Hayvonlar brutselloz bilan og‘riganda ularda bola tashlash hol-
lari bo‘ladi va jinsiy organlarida metrit, vulvovaginit, sut bezlarida
mastit kasalliklari yuz beradi.
Òarqalish  yo‘llari.  Sharoitlarning  turlicha  bo‘lishiga  qarab,
infeksiyaning  tarqalish  yo‘llari  ham  har  xil.  Hayvonlar  bilan

258
bevosita muomalada bo‘lganda to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt yo‘li bilan
ham,  shuningdek,  bilvosita  hayvon  axlatlari  bilan  ifloslangan
narsalar  orqali  ham  infeksiyani  yuqtirib  olish  mumkin.  Infek-
siyaning bu xilda yuqishi hayvonlarni parvarish qiluvchi ishchilar,
cho‘ponlar,  sut  sog‘uvchilar,  shuningdek,  zootexniklar  va  vete-
rinariya xodimlari uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ikkinchi  yo‘li  —  ovqat  orqali  o‘tishi.  Bu  yo‘l  bilan  kasallik
tarqalganda infeksiya manbayi juda uzoq bo‘lishi ham mumkin.
Xom  sut  va  sut  mahsulotlari  —  pishloq,  sariyog‘,  suzma  xom
sutdan tayyorlangan bo‘lsa hamda brutselloz bilan kasal hayvon
go‘shti iste’mol qilinsa, brutsellalar ovqat orqali yuqib qoladi.
Uchinchi yo‘li — havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi. Infeksiya
bu yo‘l bilan kamdan kam tarqaladi. Brutsellozning havo-tomchi
yo‘li orqali yuqishi, asosan, brutselloz bilan kasallangan hayvonlar
xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda bo‘ladi.
Òo‘rtinchi  yo‘li.  Brutselloz  infeksiyalari  suv  orqali  sog‘lom
organizmga o‘tishi mumkin, chunki kasal hayvonlarning axlatlari
orqali suvga tushgan brutsellalar uzoq saqlanib qolishi mumkin.
12-rasm. Brutselloz kasalligining tarqalishi.
Qo‘zg‘atuvchi
Qo‘zg‘atuvchi
Odam
Qo-
ramol
Go‘sht
mahsuloti
Yem-
xashak
Najas
Qo‘l

259
Epidemik  zanjirning  uzviy  zvenosi.  Odam,  qo‘y  va  echkilar
brutsellozga juda moyil bo‘lib, uni tez yuqtirib oladi, cho‘chqa
brutsellozi va ayniqsa, qoramol brutsellozi unchalik ko‘p yuq-
maydi. Odam brutselloz bilan og‘rigandan keyin immunitet qoladi.
Biroq, bu immunitet mustahkam va uzoq muddat saqlanmaydi.
Bu kasallik bilan katta yoshdagi erkaklar ko‘proq kasallanadi.
Epidemik o‘choqda hamma bir xil kasallanishi mumkin.
Sanitariya-turmush omillari brutsellozda katta rol o‘ynaydi.
Bu kasallik kasbga bog‘liq ekanligi haqida yuqorida so‘z yuritgan
edik.  Chorvachilik  rivojlangan  qishloq  joylarda  zarur  tadbirlar
ko‘rilmasa, brutselloz epidemik manbalarni hosil qiladi.
Òabiiy omillar — chorvachilik rivojlanishi uchun qulay bo‘l-
gan yaylovlar brutsellozning tarqalishi hamda hayvonlar orasida
paydo bo‘lsa, odamga ham yuqishi mumkin. Chorvachilik va, ay-
niqsa, qo‘y, echkilarni ko‘paytirish rivojlangan joylarda ana shun-
day sharoit mavjuddir. Bahor va yozning dastlabki vaqtida bru-
tselloz kasalligi ko‘payadi.
Brutsellozning  umumiy  epidemiologik  xarakteristikasi.  Brutsel-
loz  hayvonlar  epizootiyasi  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lgan
infeksiyadir. Shuning uchun bu kasallik ma’lum joylarda bo‘ladi,
chorvachilik va ayniqsa, qo‘y-echkilarni ko‘paytirish rivojlangan
joylarda, hatto epidemik manbalar hosil qiladi.
Brutselloz  profilaktikasi.  Profilaktik  tadbirlar  hayvonlar  epi-
zootiyasiga qarshi qaratilishi lozim. Shuning uchun brutsellozga
qarshi  kurash  sog‘liqni  saqlash  organlari  bilan  veterinariya  xo-
dimlarining hamkorligida olib borilgan infeksiya manbayiga qarshi
kurashining asosiy tadbirlari mezonidir.
Veterinariya-sanitariya tadbirlari:
•  kasal  bo‘lgan  hayvonlarni  o‘z  vaqtida  topish  va  sog‘lom
hayvonlardan ajratib, maxsus brutselloz xo‘jaliklariga qo‘yish;
• brutselloz xo‘jaliklarining ichida ham profilaktik tadbirlarni
amalga oshirish;
• tashqaridan infeksiya kirib qolmasligi uchun karantin cho-
ralarini ko‘rish lozim.
Òarqalish yo‘llarining oldini olish. Shaxsiy profilaktika chora-
tadbirlari o‘tkazish va nazorat qilib borish. Brutsellozning maxsus
profilaktikasi uchun emlash ishlarini tashkil qilish. O‘z kasb-ko-
riga  ko‘ra,  brutselloz  yuqishi  mumkin  bo‘lganlarga,  Rayt  reak-
siyasi va Byurnening allergik sinamasi manfiy bo‘lsa, teri ostiga
1 ml dozada bir marta vaksina kiritilib emlanadi.

260
1.  Brutselloz  qo‘zg‘atuvchisining  qanday  turlarini  bilasiz,  ularning  odam
uchun  patogenligi  qanday?
2. Brutsellalarning atrof-muhitga, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarida chi-
damliligi  qanday?
3. Brutsellalar migratsiyasi nima? Uning epidemiologik ahamiyati qanday?
4. Brutsellozli hayvonlar infeksiya manbayi sifatida qaysi davrlarda eng xavfli
bo‘ladi? Nima uchun? Brutsellalar hayvonlar organizmidan qanday ajraladi?
5. Chorvachilikda va go‘shtni qayta ishlash sanoatida ko‘proq qanday holatlarda
brutselloz  yuqadi?
6. Brutselloz jihatidan notinch xo‘jaliklarda oziq-ovqat mahsulotlari  qanday
zararsizlantiriladi?
7. Brutsellozga qarshi immunlash uchun qo‘llaniladigan preparatga ta’rif
bering. Brutsellozga qarshi emlashga ko‘rsatmalar qanday?
8. Brutsellozning laboratoriya diagnostikasida qanday usullar qo‘llaniladi?
4.9. O‘lat
Etiologiyasi.  O‘lat  juda  xavfli  yuqumli  kasallik  bo‘lib,  kuchli
intoksikatsiya boshlanishi va limfa tugunlari, teri, o‘pka va boshqa
organlar yallig‘lanishi bilan ta’riflanadi.
1820-yilda  o‘lat  pandemiya  holida  bo‘lib  o‘tgani  ma’lum.
O‘shandan  beri  o‘lat  pandemiyasi  uch  marta  takrorlanib,  son-
sanoqsiz kishilar o‘limiga sabab bo‘lgan.
O‘lat xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. Kaspiy yaqi-
nidagi cho‘llar, Qizilqum, Orol, Ural va Baykal orqasidagi cho‘l-
larda uning tabiiy o‘choqlari bor. Òabiiy o‘choqlarda yashovchi
kemiruvchi hayvonlar o‘latning manbayi hisoblanadi.
O‘lat  ana  shu  hayvonlardan  odamlarga  yuqishi  mumkin.
Ba’zan kemiruvchilardan o‘lat tuyalarga ham yuqadi. 1990-yil-
ning  sentabr  oyida  Orol  cho‘lida  bir  tuyani  so‘ygan  uch  kishi
o‘lat bilan kasallandi va ulardan biri o‘ldi.
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida ham o‘latning o‘choqlari
bor. Demak, bu kasallik shu  mamlakatlardan ham o‘tishi mumkin.
O‘lat kasalligining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganishda
rus olimlari D. Samoylovich, L.K. Zabolotniy, N.N. Klodniskiylar
katta hissa qo‘shishdi.
O‘lat  kasalligining  mikrobi  juda  ham  yuqumli  bo‘lib,  tashqi
muhitga ancha chidamsiz va o‘z virulentligini o‘zgartira oladi. O‘lat
mikrobi  tomchilar  orqali  tarqaladi,  ya’ni  o‘pka  o‘lati  kasalligi
ko‘payganida, deyarli 100 % yuqumli bo‘ladi. Odam infeksiya bilan
juda qisqa muddat  kontaktda bo‘lganida ham darrov og‘riydi.
?
NAZORAT SAVOLLARI

261
O‘lat mikroblari tashqi muhitda uncha turg‘un emas, ular qu-
yosh nurlari ta’sirida quritilganda, oddiy dezinfeksiya moddalarining
ta’sirida tezda halok bo‘ladi. Odatda, o‘lat mikroblari tashqi mu-
hitda bir necha kundan ortiq saqlanmaydi. Biroq, past haroratda
(muzlatilgan jasadlarda) bir necha oygacha saqlanib qolishi mum-
kin.  O‘lat  mikroblarining  virulentligi  bir  qancha  omillar  ta’sirida
o‘zgaraveradi.  Mikroblar  qulay  bo‘lmagan  sharoitlarda  o‘stirilsa,
bakteriofag ta’sirida, ba’zan esa, o‘z-o‘zidan virulentligini yo‘qo-
tish xossasidan tirik avirulent vaksinalar tayyorlashda foydalaniladi.
O‘lat  patogenezi  kasallik  shakliga:  bubonli  yoki  o‘pka  o‘lati
shaklli ekanligiga qarab har xil bo‘ladi. O‘latning bubonli shaklida
infeksiya teri orqali kiradi. Bunday infeksiya uni tarqatuvchi burgalar
chaqqan joydan organizmga kirib qoladi. Keyin infeksiya regionar
limfatik tugunlarda to‘planadi, kasallikning so‘nggi bosqichlarida
qonga o‘tadi. Mikroblar yorilgan bubondan chiqadigan suyuqlik
bilan tashqariga chiqib turadi, septisemiya holatida esa, organizm-
ning boshqa chiqindi axlatlari bilan ham tashqariga chiqib turadi.
O‘latning o‘pka shaklida, ya’ni o‘pka o‘latida infeksiya nafas
yo‘llarining shilliq pardalaridan organizmga kiradi va balg‘am
bilan tashqariga chiqadi. Epidemik zanjir o‘latda turlicha bo‘lishi
mumkin, bu kasallikning kechish shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Epidemiologiyasi.  O‘lat  kasalligining  tabiiy  sharoitdagi  man-
bayi  yovvoyi  kemiruvchi  hayvonlardir.  O‘lat  mikrobining  bir-
lamchi  rezervuari  va  saqlovchisi  yovvoyi  cho‘l  kemiruvchilari  —
yumronqoziqlar,  tarabaganlar,  sug‘urlar,  qum  sichqonlari,  kala-
mushlar  bo‘lishi  mumkin.
Infeksiyaning tarqalishi. Infeksiya manbayi har xil  bo‘lishiga
qarab, o‘latning tarqalishi ham turlichadir. Bubonli o‘latning ke-
miruvchilardan yuqib qolish mexanizmi turli burgalarning va aso-
san,  kalamush  burgalarining  chaqishidir.  Infeksiya  yuqishining
ikkinchi yo‘li ov vaqtida yoki kemiruvchilar terisini shilayotganda,
ular bilan kontaktda bo‘lishda yuqib qolishidir. Bemor va uning
buyumlari bilan kontaktda bo‘lganda  ham infeksiya yuqib qoladi.
Infeksiya  yuqishining  uchinchi  yo‘li  tomchilar  orqali  bo‘lib,  bu
yo‘lning o‘pka o‘lati uchun ahamiyati kattadir. Kasallik mikroblari
bemor yo‘talganida shilliq tomchilar bilan chiqib, ko‘p miqdorda
atrofga tarqaladi. Nihoyat, o‘lat bilan og‘rigan hayvon (tuya) go‘shti
iste’mol  qilinganda, kasallik alimentar yo‘l bilan ham yuqadi.
O‘lat yuqqan odamlarning deyarli hammasi bu kasallik bilan
og‘riydi.  O‘lat  kasalligining  tarqalishida  sanitariya-turmush

262
sharoitlari  juda muhim rol o‘ynaydi. Infeksiyaning yuqib qolishi
turarjoy, ularning qanday ekanligi va aholining madaniy saviyasi,
kasal kemiruvchilar bilan qay darajada kontaktda bo‘lishiga bog‘liq.
Òabiiy sharoitlar ta’siri. O‘lat kasalligining tarqalishi va uning
epidemik o‘choqlari  hosil bo‘lishi tabiiy sharoitlarga bog‘liq.
O‘lat  —  kasallik  viruslarini  saqlovchi  kemiruvchilar  yashashi
uchun qulay bo‘lgan cho‘lli joylarda tarqaladigan epidemik kasallik.
Òabiiy sharoit o‘lat kasalligining geografik tarqalishi bilan birga
mavsumiy kasallik bo‘lishiga ham ta’sir qiladi. O‘latning bubonli
shakli bahor-yozda bo‘ladigan infeksiya, chunki bahorda kemiruv-
chilarning  qishki  uyqudan  uyg‘onishi  bilan  ular  organizmidagi
qishda  sust  bo‘layotgan  infeksiya  zo‘rayadi,  kemiruvchilarning
yosh avlodlari infeksiyani yuqtiria oladi va shunday qilib ular in-
feksiyaning faol tarqatuvchilari bo‘lib qoladi.
O‘latga qarshi kurash. Mamlakatimizda  o‘latga ekzotik infek-
siya deb qaraladi, chunki kasallik hozirgi kunda deyarli uchra-
maydi.  Kemiruvchi  hayvonlar  kasallik  mikroblarining  asosiy
rezervuari  ekanligini  aytib  o‘tgan  edik.  Shuning  uchun  kemi-
ruvchi hayvonlar ko‘payib ketishiga qarshi tegishli choralar amalga
oshiriladi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  o‘latning  ma’lum  epidemik
o‘choqlarida o‘lat epizootiyasi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
choralari ko‘riladi. O‘latning tabiiy o‘choqlarini yo‘qotish uchun
kemiruvchilarning inlariga zaharli moddalar sepiladi. O‘lat tashxisi
aniqlangach,  bemor  darhol  kasalxonaga  yotqiziladi.  Bemor
yashagan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o‘tkaziladi
va 6 kun muddatda karantin e’lon qilinadi. Bemorga yaqin yurgan
odamlar  6 kun davomida  shifokor nazoratida bo‘lib, 5-kunida 3
marta termometriya o‘tkaziladi, ehtiyot yuzasidan streptomitsin
tayinlanadi.
O‘lat o‘chog‘ida ishlaydigan tibbiy xodimlar shaxsiy profilaktika
qoidalariga rioya  qilishlari kerak, ular albatta, o‘latga qarshi max-
sus  kiyim-boshlar  kiyib  ishlashlari  zarur.  Biror  kishi  o‘lat  bilan
kasallansa yoki o‘lat epizootiyasi boshlanib qolgudek bo‘lsa, o‘sha
joyda yashaydigan aholining hammasi (2 yoshdan boshlab) o‘latga
qarshi emlanadi. Vaksina yuborilgandan bir hafta o‘tgach, immunitet
hosil bo‘ladi. Immunitet bir yilgacha saqlanadi. Sust immunlashda
bemor bilan kontaktda bo‘lganlarga emlangan hayvonlardan olin-
gan  zardoblar  yuboriladi.  O‘latning  bubonli  shakli  o‘choqlarida
yashovchi kishilarga 10—20 ml zardob kiritilsa, u bir qadar pro-
filaktik ta’sir ko‘rsatadi. O‘pka  o‘latida zardob yordam bermaydi.

263
4.10. Legionelloz
Legionelloz  (legionerlar  kasalligi)  o‘tkir  bakterial  tabiatli
bo‘lib, zotiljam va tez-tez infeksion-toksik shok bilan o‘tadigan
yuqumli  kasallik.  Bu  kasallik  birinchi  marta  1976-yil  20-iyulda
aniqlangan. 1976-yil 21—24-mayda «Amerika legioni» tashkiloti-
ning 58-syezdi delegatlari o‘rtasida zotiljam epidemiyasi kuzatil-
gan. Jami 182 kishi kasallangan, shundan 29 tasi halok bo‘lgan.
Jami bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi va zotiljam aniq-
langan.  Atlanta  shahridagi  kasalliklarni  nazorat  qilish  markazi
xodimlari keng epidemiologik tekshirishlar o‘tkazganlaridan ke-
yin  yangi  kasallik  yuzaga  keldi  deb  xulosa  qilishgan  va  unga
«legionerlar kasalligi» deb nom berilgan.
1976—1977-yillar  MACDAÒE  va  hammualliflar  ushbu  ka-
sallikdan  o‘lganlarning  o‘pka  to‘qimasini  o‘rganib,  oldin  fanda
ma’lum bo‘lmagan bakterial mikroorganizmlarni ajratib olishdi va
Legionella pneumophila nomi bilan mustaqil mikrob turi ajratildi.
Kasallikning avj olish vaqtida bemordan olingan qon zardobi
va o‘tkir respirator kasalliklarning epidemik avj olish vaqtida ret-
rospektiv  tekshirishlar  amerikalik  olimlar  tomonidan  legionel-
lozning aniq shakliy belgilarini ajratib olishga imkon berdi.
Oxirgi  yillarda  20  dan  ortiq  epidemik  avj  olishlar  Amerika,
Angliya,  Ispaniya,  Avstraliya,  Kanada,  JAR,  Fransiya,  Gollan-
diya, Shvetsiya, Germaniyada kuzatildi.
Etiologiyasi. Legionelloz kasalligining chaqiruvchisi Legionella
pneumophila  bo‘lib,  Legionella  turkumi,  Legionellaceal  oilasiga
mansubdir.
Ushbu  turkumga  yana  quyidagi  turlar  kiradi:  Legionella
pneumophila ularning ichida eng keng tarqalgan va 7 guruhga bo‘-
linadi.  Bu  mikroorganizm  saprofit  bo‘lib,  organizmdan  tashqa-
rida, ya’ni tashqi muhitda rivojlanish xususiyatiga ega, ayniqsa,
suv havzalarida issiq joylarda mavjud bo‘lgan ochiq suv havza-
lari  Legionella  pneumophila  uchun  ekologik  nuqtayi  nazardan
yashash  joyi  hisoblanadi.
Legionellalar grammanfiy ionnobatsilla bo‘lib, hajmi uzunasiga
2—3,  ba’zida  8—20,  hattoki  50  mkm,  diametri  0,5—0,7  mkm
bo‘lishi mumkin. Uning ikki qavat qobig‘i va xivchinlari bo‘lib,
ribosomalar,  DNK  saqlaydi.
Kasallik chaqiruvchisi kislotaga chidamsiz mikroorganizm-
lardir. Òo‘qimalar va to‘qimadan tashqarida rivojlanish xususiyatiga

264
ega. Suyuq muhitlarda —25°C da 112 kun, —4°C da 150 kungacha
saqlanadi. Distillangan suv 2—4 oydan, ichimlik suvi 1 yildan
keyin tekshirilib, unumi olingan. 1 % li formalin, 70° li etil spirti,
0,002 % li fenol ta’sirida 1 daqiqada nobud bo‘ladi.  3 % li xlora-
min ta’sirida 10 daqiqada nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi.  Kasallanganlardan  sog‘lomlarga  xastalik-
ning  o‘tishi  ro‘yxatga  olinmagan.  Hozirgi  kungacha  kasallik
manbayi aniqlanmagan. Qushlar, kemiruvchilar va bo‘g‘imoyoq-
lilardan kasallik chaqiruvchisi ajratib olinmagan. Legionelloz yoz-
kuz fasllarida  epidemik avj olishi, qolgan oylarda  sðoradik ho-
latda uchrab turishi aniqlangan. Har ikki holatda ham legio-
nellozning zotiljam va o‘tkir respirat zotiljamsiz — pantiak isit-
masi shakli kuzatilgan.
Legionellozning  zotiljamli  shakli  5  %  kasallarda,  zotiljamsiz
shakli 95 %, yoshidan qat’i nazar, kasallanganlarda uchraydi. Bu
kasallik bilan yoshlar, o‘rta yoshdagilar, hattoki, chaqaloqlar ham
kasallanadi. Kasallik ko‘pincha  qurilish ishlari bilan shug‘ullana-
digan erkaklarda uchraydi. Hozirgi kunda birdan bir o‘tish yo‘li
havo-tomchi, ya’ni aerogen yo‘l hisoblanadi. O‘tkazish omillariga
quyidagilar  kiradi:
• endemik tumanlardagi tuproq;
• havo kondensati tizimidagi suv;
• dush jo‘mragining bosh qismi.
Òuproqda,  kondensatda,  dush  jo‘mragida  yig‘ilgan  kasallik
qo‘zg‘atuvchisi suv aerozoli ko‘rinishida kishi organizimiga kirib,
kasallikni  keltirib  chiqaradi.  Legionellalarni  konditsionerda,  suv
bochkalarida,  vannalarda,  dush  jo‘mragida  ajratish  ishi  ularni
shu joylarda to‘planishi, rivojlanishi, yashashidan darak beradi.
Sporadik holatlarda kasallik omillari aniq emas. Ko‘pincha
kasallik umumiy kondensatlangan, havo oqimi bilan ta’minlana-
digan xonalarda tez avj olishi kuzatiladi. Amerika Qo‘shma Shtat-
laridagi ko‘pgina shifoxonalar bemorlari o‘rganilganda, 6 haftalik
davolanish vaqtida 1500 bemordan 72 tasida legionelloz kasalligi
aniqlanib, ulardan 5 tasi o‘lgan.
Avj olgan kasalliklar tahlil qilinganda, legionelloz nozokomial
infeksiya ekanligi, ayniqsa, sporadik kasallik ekanligidan dalolat
bermoqda.  Immunitet  kasallik  jarayoni  vaqtida  paydo  bo‘ladi.
Maxsus  antitelalarni  rekonvalessent  davrida  tashxis  testlarida
aniqlash mumkin, keyin ular kamayadi. Gumoral immunitet aniq
emas. Kasallik qaytalanishlari kuzatilmagan.

265
Profilaktika. Legionellozning maxsus profilaktikasi uchun vak-
sina  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  sinovdan  o‘tkazilmoqda.  Kasallikni
bemordan  sog‘lom  kishilarga  o‘tishi  aniq  bo‘lmaganligi  uchun
karantin tadbirlar o‘tkazilmaydi. Asosiy muhim bo‘lgan holat —
suv havzalarida kasallik chaqiruvchilarini aniqlash va unga qarshi
zararsizlantirish tadbirlarini o‘tkazish. Bizga ma’lum dezinfeksiya
eritmalaridan foydalanganda, uning samaradorligi uncha bo‘lmagan.
Faqat suv 60°C da qizdirilsa, uning samarasi yaxshi bo‘ladi.
1. Toshmali terlamaning tarqalishiga asosiy sabablar nimalardan iborat?
2. B, C, D gepatitlarning epidemiologik ko‘rinishlariga ta’rif bering.
3. Gemorragik isitmaning yuqish mexanizmini bayon eting.
4. Ku-isitmada epidemik jarayonning rivojlanishi qanday o‘tadi?
5. «XXI asr vabosi» to‘g‘risida ma’lumot bering va epidemik rivojlanishini
izohlang.
6. O‘lat kasalligi epidemiologiyasiga ta’rif bering.
7. Legionelloz kasalligining o‘tish mexanizmlari qanday?
?
NAZORAT SAVOLLARI

270
Asosiy tadbir umumiy ehtiyot emlashlar, quturgan va daydib
yurgan itlarni yo‘qotish, itlarga tumshuqbog‘ taqish kabilar aso-
sida hayvonlar o‘rtasida quturishga qarshi muntazam ravishda
rejali kurash olib borishdan iborat.
Hayvon  odamlarni  tishlaganda,  tirnaganda  va  so‘lagi  tush-
ganda jarohatni ko‘p miqdorda olingan sovunli eritma, yod erit-
masi bilan tezda yuvish, shikastlangan odamni esa, zudlik bilan
travmatologiya punktiga yuborish kerak. Bu yerda unga emlash
tayinlanadi  va  emlanadi.  Quturishga  qarshi  birinchi  emlash
1885-yilda Lui Paster tomonidan o‘zi tayyorlagan vaksina bilan
o‘tkazilgan. Paster vaksina olish uchun quyonlar miyasiga qu-
turgan hayvonlar miyasidan olingan eritmani yuborgan. Kasal-
likni  bir  quyondan  ikkinchisiga  birin-ketin  yuqtirib,  Paster
90 passajdan keyin quyonda quturish kasalligining inkubatsion
davri  21  kundan  7  kungacha  qisqarganligini  aniqlagan.  Kasal
quyon orqa miyasi o‘yuvchi kaliy ustida 14 kun mobaynida qu-
ritilganda, virus kasallik qo‘zg‘atish qobiliyatini yo‘qotadi. Fik-
satsiyalangan virusning bu xossalari uni profilaktik vaksina ko‘-
rinishida  qo‘llanishga  imkon  berdi.  Paster  laboratoriyasidan
keyin  emlash  Paster  stansiyalari  nomini  olib,  boshqa  muassa-
salarda ham o‘tkazila boshlandi. Jahonda birinchi bo‘lib, Paster
stansiyalaridan biri 1886-yili Odessada ochilgan edi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling