O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet112/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

q

  • qr mulohazalar

  • r

  • q (1,3 Modus ponens)

  • r (2,4 Modus ponens)

    Isbot ana shu bilan tugadi, deb hisoblanadi, chunki r (xulosa) boshlang‘ich ifodaning konsekventi sifatida kelib chiqdi.

    NXChTda bilvosita isbotlash ham qo‘llaniladi.

    NXChTning asosiy, mantiqiy xususiyatlari uning ziddiyatsizligi va to‘laligidan iborat. Tizimning ziddiyatsizligi undagi har bir formulaning aynan chin ifoda ekanligini, ya’ni unda A va A emaslikni isbotlab bo‘lmasligini bildiradi.

    Tizimning to‘laligi esa, uning o‘zida mantiq qonunlarini mujassamlashtirgan har bir formulani (teoremani) isbotlash uchun yetarli mantiqiy vositalarga egaligini anglatadi.

    Aksiomatik tizim tarzida qurilgan mulohazalar mantig‘i tilga oid qism bilan bir qatorda, o‘z ichiga tizimda aksiomalar funksiyasini bajaruvchi aynan chin formulalarni ham oladi. Boshqa barcha formulalar, ular faqat tizim aksiomalaridan kelib chiqsagina yoki ta’rif yordamida kiritilsagina qabul qilinadi.

    Mulohazalar mantig‘ini aksiomatik tizim tarzida qurishda turli xil aksiomalar va boshlang‘ich mantiqiy simvollardan foydalanish mumkin. Aksiomatik tizimlar bir-biridan qanchalik farq qilmasin, oxir-oqibatda deduktiv nuqtai nazardan ekvivalentdirlar. Boshqacha aytganda, bir tizimga mansub har qanday teorema boshqa tizimning ham teoremasi bo‘la oladi.




    Download 1.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   260




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling