O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari


Download 1.46 Mb.
bet46/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

4.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
“Jismoniy tayyorgalik” fanini o‘qitish davomida kursantlarni mustaqil va erkin fikr yuritishga, mantiqiy va algoritmik fikrlashlarini hamda, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda etishga chorlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan hamda va boshqa interfaol metodlardan foydalaniladi.
Oliy harbiy bilim yurtlarida kursantlarning jismoniy tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi “Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘llanma” ning talablari va mazkur dasturga asoslanib tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirganda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim:
to‘rtinchi kursda - jismoniy mashqlarning dasturda belgilangan hajmini egallash, seksiya komandiri o‘rnida jismoniy tayyorgarlikni o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va uslubiy malakaga ega bo‘lish;
beshinchi kursda - jismoniy mashqlarni bajarilishini takomillashtirish, guruh va vzvod komandiri o‘rnida jismoniy tayyorgarlikni o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va uslubiy malakalarga ega bo‘lish.
O‘quv mashg‘ulotlari o‘quv yiliga va jami o‘qitish yillariga teng taqsimlanib dars jadvallarida ko‘rsatilgan soatlar hisobidan kelib chiqib rejalashtiriladi.
Intizom kursantlarda jismoniy chidamkorlikni shakllantirib quyidagi fanlarning talablarini sifatli bajarilishiga zamin yaratadi:
saf tayyorgarligi;
otish tayyorgarligi;
harbiy topografiya.
Jismoniy tayyorgarlik fani bo‘yicha kursantlarni o‘qitish o‘z ichiga nazariy, amaliy va uslubiy tayyorgarlikni oladi.
Ma’ruzalar kursantlarning nazariy tayyorgarliklarini asosini tashkil etib, mazkur dasturda keltirilgan mavzular bo‘yicha o‘qiladi. Ma’ruzalarda ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalaniladi: plakatlar, sxemalar, albomlar va o‘quv filmlari.
Amaliy mashg‘ulotlar kursantlarning jismoniy tayyorgarligini asosiy turi hisoblanadi. Mazkur mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan jismoniy mashqlar o‘rganiladi.
Gimnastika bo‘yicha mashg‘ulotlar epchillik, kuch va kuch chidamkorligi, egiluvchanlik, amaliy harakat malakalarini rivojlantirish, dovyuraklilik va qat’iyatlilikni tarbiyalash, gavdani to‘g‘ri tuzilishi, saf qadrostligi va hipchanlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Qo‘l jangi bo‘yicha mashg‘ulotlar raqibni tor-mor qilish, safdan chiqarish yoki asir olish, raqib hamlasidan o‘zini o‘zi himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, shu jumladan, dovyuraklik, qat’iyatlilik sifatlari hamda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
To‘siqlardan oshib o‘tish mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning sun’iy va tabiiy to‘siqlarni yengib o‘tish, maxsus usul va harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirib, tezlik va tezkor kuch chidamkorligini rivojlantirish, og‘ir jismoniy yuklamali harakatlarni bo‘linma tarkibida bajarish malakalarini, dovyuraklilik, qat’iyatlilik va o‘z kuchiga ishonch sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Sport va serharakat o‘yinlar mashg‘ulotlari tezlik, chaqqonlik, umumiy va tezkor chidamlilikni rivojlantirish, maydonda mo‘ljal olish, jamoaviy harakatlanish malakalarini shakllantirish, tirishqoqlik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik va topqirlikni tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini saqlash, o‘quv-jangovar faoliyat jarayonidagi ruhiy zo‘riqishlarni yechishga yo‘naltirilgan.
Harbiy-amaliy suzish mashg‘ulotlari shaxsiy tarkibning, harbiy-amaliy suzish ko‘nikmalarini shakllantirish, sun’iy va tabiiy suv havzalarida o‘zini tuta bilib, hatti-harakatlarini idora qila olish sifatlarini tarbiyalash, hamda umumiy chidamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Tezkor harakatlanish va yengil atletika mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilarning chidamlilik, tezlik va kuch ishlatiladigan tezlik sifatlarini rivojlantirish, tekis va notekis joylarda yurish va yugurish, sakrash ko‘nikmalarini takomillashtirish, bo‘linma tarkibida amalga oshiriladigan hatti-harakatlarni hamjihatlikda bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Majmuaviy mashg‘ulotlar jismoniy tayyorgarlikni turli bo‘limlarining mashqlarini gimnastik va ko‘p qirrali snaryadlarda, trenajyorlarda, qo‘l jangi maydonchasida bajariladigan usullar va harakatlarni o‘z ichiga kiritib, kursantlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini oshirishga, oldin o‘rganilgan mashqlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Uslubiy tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda kursantlarning jismoniy tayyorgarlikni hamma shakllarini o‘tkazish ko‘nikma va malakalari shakllanadi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha hamma amaliy mashg‘ulotlar uslubiy malakalarni egallashga qaratilishi lozim. Mashg‘ulot rahbari o‘quv savollarni ko‘rib chiqish jarayonida qo‘llaniladigan uslubiy usullarni tushuntirib, bo‘linma tarkibi bilan o‘quv mashg‘ulotlari qismlarini va mashqlar bilan shug‘ullanishni o‘tkazish uchun kursantlarni tayinlaydi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling