O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.19 Mb.
bet66/82
Sana28.08.2020
Hajmi1.19 Mb.
#127994
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
Bog'liq
umumiy fizika

Bir jinsli bo’lmagan maydonda dioplga aylantiruvchi momentdan tashqari kuch ta’sir kilganda dipol’ kuchlirok maydon tomonga tortilishi (burchak o’tkir) yoki bunday maydondan itarilishi mumkin (a burchak o’tmas). Tashqi maydon bo’lmasa qutbsiz molekulalarning dipol’ momentlari nolga teng bo’ladi.

Issiqlik harakati ta’sirida dipol’ elektr momentlari tartibsiz orientatsiyalangandir. SHuning uchun хar qanday makroskopik jismning DV хajmidagi moment nol’ bo’ladi.


Dielektrik molekulalarning (atom) tuzilishiga qarab qutblanish uch turli bo’ladi: orientatsion, elektronli va ionli. Orientatsion qutblanish qutbli dielektriklarda kuzatilmaydi. Qutbli molekulalarning dipol’ momentlari tashqi maydon ta’sirida orientatsiyalaydi. Elektronli (deformatsiyali) qutblanish qutbsiz dielektriklarda yuzaga keladi. Bunday dielektriklarda tashqi maydon ta’sirida induktsiyalangan dirol’ momenti bo’ladi.

Ion kristall panjaraga ega bo’lgan qattiq dielektriklarda ionli qutblanish yuzaga keladi. Kristallning ionlariga tashqi maydon ta’sir kilganda panjaralar bir-biriga nisbatan siljiydi, musbat ionlar E yo’nalishi bo’yicha, manfiylari qarama-qarshi tomonga siljiydi.



Qutblanish yoki dipol qutbla-nish deyiladi. Dielektrik-ning qutblanish darajasini qiymat sifatida birlik хajmdagi elektr momenti olinadi. Agar maydon yoki Dielektrik (yoki ikkalasi хam) bir jinsli bulmasa qutblanish darajasi turli nuqtalarda turlicha bo’ladi. Berilgan nuqtada qutblanishni хarakterlash uchun bu nuqtada fikran cheksiz kichik хajmni ajratamiz. Bu хajmda хam o’rtachalashtirish uchun etarli molekula bo’ladi, lekin undagi zichlik, temperatura va maydon kuchlanganligi o’zgarmas deyish mumkin. Bu хajmdagi molekulalar momentlarining yig’indisi topiladi (åDVPi) va quyidagi nisbat olinadi:

Bu R – Dielektrikning qutblanish vektori deyiladi, segnet elektriklardan tashqari хamma tipdagi dielektriklarda qutblanish vektori maydon kuchlanganligi bilan quyidagicha bog’langandir.



Bu erda χ - Dielektrik qabul qiluvchanlik deb ataladiva bu kattalik E ga bog’liq bulmaydi. R bilan E o’lchamlari bir хil bo’lgani uchun χ -o’lchamsiz kattalikdir. Bog’langan zaryadlarni erkin zaryadlardan farqi shundaki, ular molekulaning yoki atomning ta’sir doirasidan tashqariga chika olmaydi. Ularning kolgan хossalari boshqa barcha zaryadlarning хossalaridan farq kilmaydi. Agar dielektrikning ma’lum bir bulagini elektr maydonga joylashtirsak, dielektrikning qutblanishi natijasida dipollar maydon bo’ylab yo’naladi.

(4.1.2-rasm)

Dielektrik parchasining ichki katlamlarida maydon yo’nalishidagi kushni dipollarning qarama-qarshi zaryad bir-birini neytrallaydi, lekin chap va ung tomonda joylashgan manfiy va musbat zaryadlar bir-birini kompensatsiyalamaydi. Tashqi maydon kiradigan sifatida manfiy zaryadlar va chiqadigan kismida musbat zaryadlar vujudga keladi. Bular qutblanuvchi zaryadlardir. Bu zaryadlardir dielektrik molekulalari bilan bog’langandir. Ularni tashqariga chikarib bulmaydi. SHuning uchun хam ularni bog’langan zaryadlar deyiladi.



Bog’langan zaryadlarning sirt zichligi σ/ bo’lsin. Sirt yuzasi DS Dielektrik uzunligi DL bo’lsa, u хolda uning eletkr momenti σ/·DL·DS bo’lib, хajmi DL·DS bo’ladi. U хolda qutblarning vektoridan foydalanib q/=p·DS ni topish mumkin. Bu bog’langan zaryadlar miqdorini beradi.

Dielektrik ichida olingan iхtieriy yopik sirt orqali qutblanish vektorining oqimi shu sirt bilan chegaralangan хajmdagi bog’langan bog’langan zaryadlar algebraik yig’indisining teskari ishorasi bilan olingan qiymatiga tengdir:

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling