O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o`qitish (O`zbek tili)


Sharif Yusupovning “Xufiya qatlamlar” asari


Download 111.41 Kb.
bet11/15
Sana16.10.2023
Hajmi111.41 Kb.
#1704666
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Reja Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob Furqatshunoslikning-fayllar.org

2.3. Sharif Yusupovning “Xufiya qatlamlar” asari
Rus mustamlakasi davrida xalqimizning ma’naviyati, uning o`tmishda sodir bo`lgan muhim tarixiy voqealari, Turkistondan chiqqan ma’rifatparvarlar faoliyatining ayrim qirralari yashirilgan. Mustaqillikga erishganimizgan so`ng bu yashirin ma’lumotlar zaxmatkash olimlar tomonidan o`rganildi va ilmiy asoslab berildi. Sharif Yusupov ham Turkiston tarixining xonliklar davri va rus bosqini bilan bog`liq murakkab va chalkash muammolar bilan qiziqdi. Bu qishiqishlar tufayli olim turli arxivlar va qo`lyozmalarni o`rgandi. Natijada, sho`rolar davrida shaxsi qoralangan xukmdorlar,sarkardalar, ziyoli savdogarlarga oid ma’lumotlar yig`ildi. Professor Sharif Yusupovning “ Xufiya qatlamlar” asarini 1984-yilda yozilgan “Furqat yo`llarida” kitobining mantiqiy davomi deb atasak ham bo`ladi. Zero , “O`tmishdagi qadriyatlarimiz o`z munosib bahosini olayotgan hozirgi sharoitda yurtimiz , xalqimiz shon-shuxratini uzoq-uzoq mamlakatlarga yoygan el faroonligiga munosib hissa qo`shgan savdogar bobolarimiz bizga meros qoldirgan ajoyib ibrat namunalarini yoshlar, albatta, bilishi va ulardan yorqin istiqbolni yaqinlashtirish yo`lida keng foydlanishi zarur deb hisoblaymiz” ‒deb yozadi olim.

Professor SH. Yusupovning “Xufiya qatlamlar” asarida Xudoyorxon va uning ajdodlari, xonning ma’rifatparvar shoir o`g`li Fansurullobek, jasur sarkarga Alimquli, mustaqillik fidoyisi Hakimxo`ja qozikalon, mustamlaka Turkistonda tijoratchilik iftixori bo`lgan Valixojiboy ,Tojimuhammad ,Mirzo Abdulloboy,Yusuf boyvachcha, Hoji A’zam, Qori Siddiq, Mirzo Halil , Abdulazizxon haqidagi yangi fikrlarni keltirdi.


Kitob bilan tanishar ekanmiz, dastlab olim Po`latxon boshchiligidagi ozodlik kurashiga to`xtalib , bu kurashga to`g`ri nigoh bilan qarashga undaydi. Asarda ,shuningdek, Oltin Beshik voqeasini ham to`liqroq yoritadi. Unda Bobur nega Oltin Beshik haqida “Boburnoma”da qayd etmaganini quyidagicha yoritadi:
“Bobur o`z diyoriga tashlab ketishga majbur bo`lgan Oltin beshik voqeasini o`zining shoh asarida aks ettirsa, endilikda bu yurt hukmori bo`lgan Shayboniyxon va uning atrofidagilar bir zumda xabar topib, begunoh shahzodaning boshini sapchadek uzib tashlashlari muqarrarligini xayoliga keltirmadimikin?”. Bu ish olim nazdida Boburning uzoqni ko`ra oluvchi shaxs ekanligiga bir ishora edi.
Asarning keyingi qismida Rossiya bosib olgan paytda shaharning qozikaloni
bo’lgan Hakimxo`ja eshon Norxo`ja eshon o`g`lining qanday qilib qozikalon mansabiga ega bo`lgani, uning naqadar zo`r iymon va e’tiqod egasi bo`lganligi aks ettiriladi.
Navbatdagi qismda amirlashkarAlimquli haqida so`z boradi. Olimning bu shaxsni o`rganishga bo`lgan jo`shqin shijoatini quyidagi jumlalarda ko`rishimiz mumkin:
“Vatan osmonida bir chaqmoq bo`lib, hammayoqni bir yo`la yoritgan ,afsuski, chaqmoqday qisqa umr ko`rgan bu bahodirning xalqqafidoyiligi o`lkani zabt etgan o`ris mustamlakachilari-yu ularning yurtimizdagi hamtovoqlariga ham , ulardan o`n barobar yuz barobar zolim bo`lgan sho`ro jallodlari ga sira yoqqan emas. Shu vajdan Alimqulining nomini ham ishlarini ham xalqdan yashirishga ., yahirishning iloji bo`lmagan hollarda unga tuxmat qilishga odatlangan edilar”. Maqola so`ngida olim Alimqulining nomi xalqimiz tarixida oltin harflar bilan bitilishi kerak deb hisoblaydi.
Sharif Yusupov o`z tadqiqotlarini ma’lum bir izchillik bilan yozgan . Ya’ni, Furqatning “Sabog`a xitob” asaridagi nomi keltirilgan shaxslarni ketma-ketlikda o`rgangan. Buni “Xufiya qatlamlar”ning keyingi qismlaridan ham bilishimiz mumkin. Bir qancha tadqiqotlarini ziyoli va fidoyi savdogarlarga bag`ishlagan olim navbatdagi maqolasini ham Mirzo Adullaboy va uning ukasi Tojimuhammad Isamuhammedovga ataydi . Furqatning “Sabog`a xitob”ida ular haqida quyidagi jumlalar keltirilgan:
O`t andin so`ngra Darxon ko`chasig`a,
Ki bir do`st-u qadrdon ko`chasig`a.
Muhabbarpesha yaxshi oshinomiz,
Daroz andeshalik Mirzo akamiz‒
Dilinda bor edi mandin kudurat,
Nihon aylardi lekin bilzarurat.
Degilkim: Furqatiy Sizga rizojo`,
Edi bir beg`araz xolis duogo`.
Ko`p erdi boshqalardin e’tiqodi,
Muhabbat birla azbas e’timodi.
Va lekin bir-ikki mardi hamoqat,
Anga mandin qilib yalg`on shikoyat,
Dili ozurda mandin bo`ldi nohaq,
Va garna yo`q gunohe manda mutlaq.
Chiqar ko`ngludin ul tuxmat g`ubori,
Namak haqqi mani bo`ynumda bori.
Sharif Yusupov Abdullaboy haqida ma’lumot yig`ishda dastlab uning 1897-yil 14-avgustda “Turkiston viloyatining gazeti”da yozgan maqolasini o`rganadi.Shuningdek sulolaning so`nggi vakili 93 yoshli Sayfulla Tojimuhammedovning ma’lumotlariga tayanadi. Olimning aniqlashicha, Abdullaboy va uning oilasi nochor ahvolda yashagan. Buni Abdullaboyning o`zi gazetaga bergan maqolasida ham ta’riflagan. “O`zining bolalikdagi ayanchli ahvoli haqida hikoya qilib berishni lozim ko`rgan Mirzo Abdullaboy 1865-yil yozida Toshkent fuqarolari boshiga mislsiz falokat keltirgan rus bosqini manzalarini bu bosqin sodda,halol, hurkovich mahalliy aholining o`takasini yorib yuborganini ham bizning avlodlar uchun naqshlab qoldirgan.”‒deydi olim.
Furqat esa bu aka-ukalar bilan Toshkent shahrida 1890-yilda o`tkazilgan ko`rgazmada tanishgan . Furqat bu ko`rgazma haqida uch qismdan iborat yirik masnaviy yozgan. Furqat ko`rgazmadan so`ng aka-uka savdogarlar oilasiga kirib keladi va bir necha oy ularning oilasida yashab qoladi. Tojimuhammad qaysidir shaharda savdo uchun yurgan kezlarida 6 juft qumri sotib oladi. Uni Furqat yashab turgan mehmonxonaga osib qo`yadilar . Furqatning qumrilardan qanchalik ta’sir qilganliginini olim Abdullaboyga bag`ishlangan navbatdagi “Yaxshidan qolgan bog`” maqolasida kengroq tasvirlaydi. Mirzo Abdullaboy she’riyt fidoyisi, ko`rkam bayozlar tartib berga mohir xattot bo`lsa, Tojimuhammad keyinchalik O`rda yaqinidagi hashamatli hovlisi yerto`lasida bosmaxona tashkil etgan edi. G. Yakovlev litografiyasi bilan mashhur bo`lgan bu bosmaxonada Sadiy Sheroziyning “Bo`ston” va “Guliston” , Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang” singari Sharqda keng shuxrat qozongan asarlari, Shohmurod Abduqodirboy, Mullo Abduazimboy qori Abdurahmonboy kabi xattot va musanniflar tomonidan tayyorlangan kitoblarni chop ettirgan. Ammo Furqat bilan aka-uka munosabatlari ayrim “mardi hamoqatlar” tuhmati tufayli buzilib ketadi va shoirning mangu vatanjudolik kunlari boshlanadi. Furqat qaysi shaharga bormasin u yerdagi bozorlar bilan qiziqgan. O`z asarlarida ham savdo ishlaridan qanchalik xabardor ekanligini ko`rsatgan. “ …bu hol o`tmishdagi mulla bobolarimiz faoliyatida ma’rifatparvarlik xalq hayotida g`oyat muhim ahamiyat kasb etuvchi savdo-sotiq masalalari bilan chambarchas bog`lanib ketganligidan dalolat beradi.Binobarin, mulla bobolarimiz savdogarning ma’rifatli bo`lishi el-yurtiga katta naf keltiradi, deb hisoblaganlar va also adashmaganlar”‒deydi olim.
Shu tariqa, Sharif Yusupov Tojimuhammad savdogar haqida bir qancha qiziqarli faktlarni o`rganadi. Uning “Turkiston viloyati gazetiga “bergan “Sayohatnoma” asarini ham o`rganadi. Tojimuhammad Isamuhammad o`g`li savdogarlar orasida birinchi bo`lib Germaniya, Fransiya,Angliya kabi rivojlangan mamlakatlarda bo`lgan. Ushbu sayohatlardan olgan taassurotlarini “Turkiston viloyati gazeti” ning besh sonida e’lon qilgan. Ma’rifatparvar-savdogar har bir maqolasida Moskva yoki boshqa shaharlardagi yangiliklar , o`zgarishlar, qulayliklarni aks ettirgan. Bu yangiliklarning barchasi ilm va hunar tarbiyasini olganligidan deb hisoblaydi va xalqimizning ham shunday bilimli bo`lishini xoxlaydi. Sharif Yusupov ziyoli savdogarning barcha maqolalari bilan tanishadi . Hatto Parijda istiqomat qilib yurgan paytlarida qaynotasi Olimxon mudarrisdan olgan maktubini o`rganib chiqqan. Olim Tojimuhammad tujjor haqida ushbu fikrlarni aytish bilan maqolani xulosalaydi:
“Yuksak aql-idrok, bilimdonlik va zo`r kush-g`ayrat talab etadigan savdogarlik kasbini tanlab o`z xalqi shon-shuhratini uzoq-uzoq o`lkalarga yoygan bu aka-uka tujjorlarni o`ylaganda, ular respublikamiz mustaqillikka erishgan , haqiqiy ishbilarmonlarga ehtiyoj tobora ortayotgan hozirgi kunlarda faoliyat ko`rsatsalar , el-yurtga qanchalar foyda keltirishlari mumkinligini o`ylab qolasan kishi. Ishbilarmonlar, savdo ahli, ziyolilar ularniong ajoyib ishlaridan ibrat olasalar arziydi.”
Mustaqillik boshqa ilm shaydolari qatori Sharif Yusupovning ham qalamini o`tkirladi. Xususan, jadidlar va o`zbek ma`rifatparlari haqida barilla gapirish fursati yetgan edi.Olim istiqloldan oldingi tadqiqotlarning oshkor etilmay qolgan qismlarini elga havola etishga qaror qildi. Sharif Yusupov dastlab, Furqat atrofidagi ma’rifatparvar shoirlar, ziyoli savdogarlar,shuningdek, uning qadrdon do`stlaridan bo`lmish Fansurullo Xudoyorxonov haqida ilmiy izlanishlar olib borgan. Fansurullo Xudoyorxonov jadidchilikning yirik vakili bo`lgan Munavvariqori Abdurashidxonov blan birgalikda “Xurshid”, “Osiyo” ro`znomalarini tashkil etib, xalqni ma’rifatli qilish uchun qizg`in kurash olib bordilar. Furqatning hali hayotlik davridayoq jadidchilik harakati asoschisi Ismoilbek Gaspirali Boqchasaroyda o`zi muxarrirlik qilgan “Tarjumon” gazetasida uning Yorkentdagi faoliyati haqida yoritib bergan. Abdula Avloniy o`ninchi yillar o`rtalarida “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to`plamlarida Furqat asarlarini o`quvchilarga taqdim etdi. Hamza Hakimzoda Furqatning bir necha g`azal va muxammaslariga tatabbular qilishdan tashqari mashhur “Sayding qo`yaber, sayyod..” musaddasiga kuy bastalab, ulkan ma’rifatparvar ustoziga alohida ehtirom ko`rsatdi. Bu hujjatlar ,Sharif Yusupov nazdida, Turkiston jadidlarini xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand etish yo`lidagi kurashlardan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o`zbek ma’rifatparvarlarining merosidan barakali foydalanganliklarini ko`rsatadi.Olimning Furqatning savdogar do`stlarini o`rganishiga turtki bo`lgan yana bir sabab bor. Qadimda savdogar iborasi ziyoli iborasi bilan yonma-yon turganligidir. Zotan, ilm-fan, madaniyat, adabiyot-san’at sohasida avlodlarning faxri bo`lgan buyuk siymolarning qaysi birini olib ko`rmaylik, uyo savdogar oilasidan chiqqanlar,yo o`zlari ham tijorat bilan shug`ullanganlar,yoki bo`lmasa,ko`pdan ko`p savdogar do`stlar davrasida hayot kechirganlar. Masalan,milliy uyg`onish davri ijodkorlarini olsak, Ubaydullo Solih o`g`li Zavqiy o`n yillar davomida Qo`qon bozorida rasta oqsoqoli bo`lgan, Mulla Qo`shoq Miskinning Toshkentda, Balandmasjid mahallasida savdo do`koni bo`lganligi ma’lum.Zokirjon Furqat Qo`qonda , Eski va Yangi Marg`ilonda, Yorkentda do`konlar ochib tijorat ishlari bilan bevosita shug`ullanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Furqatning olim, san’atkor,hanarmand do`stlaridan ko`ra savdogar do`stlari ko`p bo`lgan.Furqat xorijiy mamlakatlarni kezar ekan, Bombay asli Qo`qonlik savdogar Hoji Ahmadjonning uyida istiqomat qilayotganini, Yorkentda ham Qo`qonlik savdogarlarda Komiljonboy bilan do`st tutunayotganini, yana o`ziga hamshahar s avdogar Muhammad Umarboyning o`gli Zaynul Obidxxonga va “digar savdogarlarning o`g`ilariga” husnixatdan ta’lim berayotganini gazeta orqali o`z yurtdoshlariga ma`lum qiladi.
Furqatning salom yo`llagan she’riy maktublari orasida 1891-yil kuz oylarida Istambuldan Toshkentga jo`natilga va hozir “Sabog`a xitob” deb nomlanayotgan yirik asar ayricha ahamiyatga egadir.Unda xos saomlar yo`llangan tabarruk zotlar orasida shoirning ustozi Eshonxo`ja mudarris ham,hammadrasa Jamolxon va Ubaydullo mahdum, Xonxo`ja Eshon ham, shaxzoda Fansurullobegu choyxonachi Otaxo`ja ham yirik pudratchi Mahmudxo`ja, Ahmadxo`ja yuzboshi ,chevar Muslimjon, ichida gap yotmaydiganAliyoxo`ja, o`z davrining zabardast xonandalari
Mirzo Qosim va Farzinchaham bor.Ushbu she’rda ketirilgan shaxslarning soni yigirma sakkizta bo`lib ulardan o`n beshtasi savdogarlik bilan shug`ullangan.
Shuning o`ziyoqshe’rdagi shaxslarni alohada o`rganib chiqish zaruratini yuzaga chigardi. Sharif Yusupov bu ishga qattiq bel bog`ladi va qancha yutuqlarga erishdi.
“xufiya qatlamlar” kitobining “yaxshidan qolgan bog`” qismida Furqat do`stlari orasidan birinchi bo`lib tilga olgan Mirzo Abdulloboy haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Yuqorida Tojimuhammadga bag`ishlangan maqolada ham bu kishi haqida ma’lumotlarni berib o`tgan olim endi u haqda yana ham aniqroq ma’lumotlar keltiradi. Bu ma’lumotlardan Furqatga taalluqli qismini aytadigan bo`lsak , unda qumri voqeasi juda ta’sirli ifodalangan. Olim ushbu ma’lumotni Mirzo Abdullaboy o`g`li Asadulla tojirning hamkasbi Shotursun Shomaqsudov xotira daftaridan olgan. Unda aytilishicha, Tojimuhammad savdogar Asxabod tarafga safarga ketayotib olti juft qumri oladi va uni uyga jo`natadi.Furqat bir muddat qumrilarni kuzatadi-da she’r mashqiga tushib ketadi.
Alamlik qumriman bir gulbadandin ayrilib qoldim
Nazokatda qadi sarvi chamandin ayrilib qoldim
Qafas bayt ul-hazan, Ya’qubdek qon yig`lasam arzir,

O`shandog` yusufi gul piraxandin ayrilib qoldim…


Paru bolim to`kuldi, maskanim oxir qafas bo`ldi

Muhabbat yo`lida ,Furqat, vatandin ayrilib qoldim.


Furqat o`z turmush hayotidagi qiyinchiliklarni qumrilar misolida ko`rgani uchun ham g`azal nihoyatda ta’sirchan chiqqan bo`lsa ajab emas.
Asadulla tojir o`sha paytdayoq bu g`azalni yod olgan ekan .U Furqatning ko`rininshi quyidagicha tasvirlagan: “O`zi rindtabiat, nihoyatda did bilan kiyinar, oq yuzli, chiroyli edilar shoir Furqat”.
Furqat Toshkentdan chet elga jo`nab ketgach, to umrining oxirigacha ham eng yaxshi do`stlaridan bo`lmish Mirzo Abdullaboyni also unutmagan.
Istambuldan jo`natilgan she’riy maktubda Mirzo Abdullaboydan keyin Yusuf boyvachcha nomi tilga olingan. Sharif Yusupov buy shaxsni o`rganish jarayonida qiziq bir voqeaga duch keladi. Ma’lumotlarni to`plar ekan gap xuddi o`z otasi haqid ketayotgandek ko`rinadi. Chunki, uning otasi ham Yusuf boyvachcha Nurmuhammad o`g`li bo`lgan,u ham savdogar edi.Ammo keyinchalik Furqatning do`sti bo`lgan Yusuf boyvachcha boshqa edi.



Download 111.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling