O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
1-qism: Bolalarni archachalarning ko‘pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta
archacha olib bolalardan menda nechta archacha borligini so‘rayman, ulardan javob bergan har bir bolani bittadan archacha olishga taklif etaman va ularning har biridan nechta archacha olganligini so‘rayman. Hammalari archachalarni olib bo‘lganlaridan so‘ng stolda bitta ham archacha qolmaganligini ta’kidlayman va bolalarga archachani ko‘zdan kechirishni taklif qilaman. Bolalardan 146 archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib so‘rayman, so‘ng umumlashtiraman. Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha qolmaganligini ta’kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham archacha qolmaganligini aytishni taklif qilaman. Shundan so‘ng hamma bolalarga bittadan archachani stol ustiga olib kelib qo‘yishlarini aytaman va bolalarning har biridan nechta archacha qo‘yganligini so‘rayman. Shundan so‘ng archalar ko‘payib qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa archalar ko‘pligini aytib yakunlayman. 2-qism: Bunda huddi shunday mashqni quyonchalar bilan o‘tqazib, bolalarni guruhdagi predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko‘ra bilishga o‘rgataman. Ulardan archacha va quyonchalar rangini so‘rayman. Ularning javoblaridan xulosa qilaman. Pedagogik ishning hisoboti va tahlili. Hayot guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonni analiz qilishni, uning sifat va samaradorligini aniqlashni talab qiladi. Ta`limiy faoliyat aniq bolalar va alohida olingan har bir bola dastur materialini qanday egallaganligi (topshiriqlarni hamma uddaladimi, kim uddalay olmadi, sababi nimada, bu bolalarga tatbiqan harakatlarning qanday individual dastursini mo‘ljallash, yo‘q bo‘lgan va orqada qolgan bolalarga yetishib olishlarida qanday yordam berish, mashg‘ulotda boallarning faolligi qanday bo‘lganligi) qayd etiladi, bolalar intellektlari, xotiralari, idroklarida qanday siljishlar tashlanganligi, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari nimalarda ifodalanganligi, ta’lim tarbiya jarayonini o‘stiruvchi hamda tarbiyalovchi ahamiyat kasb etgan-etmaganligi aks ettiriladi. Bolalarning yutuqlari maksimal darajada obyektiv baholanishi kerak, chunki haqiqiy ahvolni tahlil qilishgina maktabgacha yoshdagi bolalarga bundan keyin ta’lim va tarbiya berish usullarini aniqlash uchun asos bera oladi. Shuning uchun tarbiyachi faqat o‘zining taassurotlariga asoslanmasligi, balki bolalar faoliyati (rasm, yasalgan narsa, bolalar hikoyalari va shu kabilar)ning natijalaridan foydalanishi lozim. Nimalar egallanmaganligi, kimlar tomonidan egallanmaganligi 147 albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarnni o‘stirish va ularga savod o‘rgatish mashg‘ulotlaridagi faoliyatlarini tahlil qilishda bolalarning predmet va hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining sifati, ularning nutqiy ko‘nikmalari, ifoda vositalaridan foydalanish, so‘z yasash, so‘zni o‘zgartirish malakalari, so‘zning tovush strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu kabilarga e`tibor berish zarur. Bolaning ta’limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan, tarbiyachilarning ishlarini kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida ko‘maklashish, alohida-alohida o‘qitishni uyushtirishda va bolalarga individual yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi kerak. Umumiy ta’lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta’limiga doir ishlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Yangi dasturda bolalarning mehnati birinchi marta bolalar faoliyatining mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik guruhdan boshlaboq alohida bo‘limga ajratilgan. Shuning uchun hisobotda bolalarda mehnat ko‘nikma va malakalari, jamoa mehnat malakalarining rivojlanish darajasini qayd etish lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning tafsilotini ko‘rish, ijobiylik va kamchiliklarni obyektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o‘z mehnati mahsulini ko‘rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi. Masalan: MTT mudirasi ertalab guruhlarning ishga tayyorgarligini tekshira turib, bitta tarbiyachida matematika ta’limiy faoliyati uchun hamma materialning stol ustida turganini ko‘rdi. Navbatchilar geometrik shakllarni konvertlarga solayaptilar, rangli qalam va daftarlarning bor-yo‘qligini tekshirdilar. Ikkinchi tarbiyachi o‘z o‘rnida yo‘q edi, u metodik kabinetda sanash uchun o‘yinchoqlar tanlayotgan edi, keyin esa guruhda sanoq zinachasini qidirdi. Uchinchi tarbiyachi esa ta`limiy faoliyat uchun materialni taxlayotgan edi, bolalar bu vaqtda o‘yin bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling