69
27-rasm. taxlil uchun namuna olish
Dorivor xom-ashyo mahsulot quyidagi hollarda yaroqsiz deb topiladi va
qabul qilinmaydi:
1. bir sutka (kecha-kunduz) shamollatishda ketmaydigan badbo‗y
yot xid
bo‗lsa yoki o‗ziga xos hidini yo‗qotgan bo‗lsa;
2. zaharli o‗simlik mahsuloti aralashmasi bo‗lsa;
3. begona, dorivor va boshqa o‗simlik (somon, xashak) yoki mineral
aralashmalar (qum, tosh) hamda qush va hayvonlar
chiqindisi ruxsat etilgan
normadan juda ko‗p bo‗lsa;
4. mahsulot mog‗orlangan va chirigan bo‗lsa;
5. ombor zararkunandalari bilan II-III darajada zararlangan bo‗lsa.
Agar mahsulotning tashqi ko‗rinishi tekshirilganda uning bir xil emasligi,
qisman mog‗orlaganligi va chiringanligi, boshqa o‗simliklar
bilan ruxsat etilgan
miqdordan anacha ko‗p va boshqa nuqsonlar aniqlansa, u vaqtda to‗plam butunlay
navlarga ajaratilib tozalanadi va qaytadan ikkinchi marta qabul qilinadi.
Ruxsat etilgan aralashma va nuqsonlar miqdori analizi yordamida
aniqlanadi. Bu analiz uchun GOST, (Davlat farmakopeyasi) qo‗llanma hisoblanadi.
Baza va omborlarda, dorivor mahsulotlardan ishlab chiqarish farmatsevtika
muassasalarida, mahsus qilishda tovarshunos analizi olib boriladi.
Tovarshunos analizi ikki bosqichda bajariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: