O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   117
Mikropeparat tayyorlash tartibi. Dorivor o‗simlik mahsulotlarni 
anatomik mikroskopik usulda haqiqiyligini aniqlashda mikroskop bilan ishlashdan 
oldin uning tozaligini tekshirish kerak. SHundan keyin mikroskopning dastali 
tomonini o‗ziga qaratib to‗g‗rilanadi. 
Dorivor o‗simlik mahsulotidan mikropreparat tayyorlash uchun uni 
yumshatish kerak. Materialni turli usullar bilan: sovuq, issiq, suv bug‗i yordamida 
yoki nam kamerada yumshatiladi. 
Sovuq usul bilan yumshatish. Tekshirilayotgan o‗simlik mahsulotlari: 
po‗stloq, meva, urug‗, er ustki qismlari, qalin barglarini suv-glitserin-spirt (1:1:1) 
aralashmasiga solinadi va o‗simlik to‗qimlalariga suyuqlik to‗liq shimilishi uchun 
bir necha kun unda saqlanadi. Bu vaqt davomida o‗simlik xo‗jayralaridagi havo 
chiqib ketadi va mahsulot qisman tiniqlashadi. Materialni sovuq xo‗llash 
usullaridan nacha oddiysi va ko‗p qo‗laniladigani ob‘ektni 1-3 soat davomida 
suvga solib qo‗yish va namlangandan so‗ng uni glitserin va spirt (1:1) yoki 
glitserin-suv-spirt (1:1:1) aralashmalarida 1-3 kun davomida saqladir. 
Materialni yumatishni nam akamerada ham olib borish mumkin. Nam 
kamera sifatida suv solingan eksikatordan foydalaniladi. Mahsulot suvga 
tegmasligi va faqat u kameradagi nam havo yordamida yumshatilishi kerak. Bu 
yumshatish usuli ancha vat talab qilsa ham, xujayra strukturasi va uning tarkibi 
o‗zgarmamaydi, ya‘ni xujayra shishidan, shilliqnashidan, yuvilishidan va boshqa 
holatlardan saqlanadi. 
Ko‗pincha nam kamerada yupqa materiallar 1 kun, qattiq, qalin materiallar 
2-3 kun saqlanadi va ular mog‗or bilan qoplanmasligi uchun kameradagi suvga 1-2 
tomchi fenol, formalьdegid yoki xloroform qo‗shiladi. Bu usul bilan mahsulot 
yumshatilganda undan havo butunlay chiqib ketmaydi, perepart tayyorlayotgan 
vaqtda, qizdirib havoni chiqarishga to‗g‗ri keladi. 
Issiq usul bilan yumshatish. Bu usul eng oddiy va tez bajariladigan usul 
hislanadi. Buning uchun mahsulotni 1-2 sm uzunlikdagi qismlari suvda (po‗stloq 
3-5 daqiqa, o‗simlik er sotki qismi uning qalinligi va to‗qimalarining 
yog‗ochlanishi darajasiga qarab 10-30 daqiqa davomida) qaynatiladi. Meva va 
urug‗lar asosan suv qaynab hosil bo‗lgan bug‗i ustiga dokaga joylashtirilgan holda 
15-30 daqiqa yoki undan ko‗proq vaqt davomida osib qo‗yib yumshatiladi. 
Barg va ugllar qalinligiga qarab 2-5 daqiqa davomida 3-5% li ishqor 
eritmasida qaynatilib yumshatiladi va yoritiladi. So‗ngra aralashma Petri idiiga 
yoki chinni idishgacha solib suv bilan bir necha marta yuviladi. Keyinchalik 
yumshatilgan mahsulotdan tegishli mikropreparat tayyoralanadi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling