O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik mikroskoplar
- YOritgichlar
- Okulyar va ob‟ektiv mikrometrlar
Steriomikroskoplar ham asosan dorivor o‗simliklar mahsulotini
morfologik tahlil qilishda qo‗llaniladi. Steriomikroskopning asosiy mohiyati tekshirilayotgan mahsulotni hajmli qilib ko‗rsatishdadir. Bu esa mahsulotni tekshirishni ancha osonlashtiradi va mukammallashtiradi. Odatda tahlil uchun MBS-1, MBS-2 va MBS-3 steriomikroskoplaridan foydalaniladi. Biologik mikroskoplar dorivor o‗simliklarning qirqilgan (kesilgan), maydalangan, poroshokka (kukunga) aylantirilgan mahsulotlarni hamda ulardan tayyorlangan briketlar, granulalar (donachalar) va boshqalarni tahlil qilishda ishlatiladigan yagona asosiy optik asbobdir. Biologik mikroskoplar yordamida mahsulotlarning anatomik tuzilishi o‗rganiladi. Bu maqsadda MBR-1, MBR-1A va MBR-3 universal biologik mikroskoplaridan foydlaniladi. YOritgichlar (yorituvchi asboblar) mikroskop ostida kuzatilayotgan mikropreparatni tabiiy nur yordamidi ko‗rishning iloji bo‗lmagan hollarda 77 qo‗llaniladigan moslamalar. YOritgichlarning nur manbai sifatida elektrolampalar xizmat qiladi. Mikroskopda ko‗pincha o‗tkazuvchi nur bilan yorituvchi OI-9 va OI-31 yoritgichlari hamda qaytariluvchi nur bilan yorituvchi OI-21 yoritgichlari ishlatiladi. Okulyar va ob‟ektiv mikrometrlar mikropreparatlarning turli qismlarini (tuklar, bezlar, og‗izchalar, xujayralar, suv naylari vaboshqalarning) hamda xujayra ichiddagi elementlarni (kraxmal donachlari, kristallar va boshqalarning) hajmlarini (katta-kichikligini) mikroskop ostida o‗lchash uchun ishlatiladi. Bu maqsad uchun asosan okulyar mikrometridan foydalaniladi, lekin uning bo‗lingan chiziqlari oldindan ob‘ektiv mikrometrining bo‗lingan chiziqlari bilan taqqoslanib, ularning qimmatlari anqlangan (kalibrovka qilingan) bo‗lishi kerak. Ob‘ektiv mikrometr oddiy buyum oynacha bo‗lib, u 1 mm li 100 bo‗lakchaga (chiziqlarga) bo‗lingan. Har bir bo‗lakchalari 10 mkm ga teng. Okulyar mikrometr bo‗lakchalarga (chiziqchalarga) bo‗lingan aylana shaklli oynacha bo‗lib, u mikroskop okulyari ichiga o‗rnatiladi. Mikrotom o‗simlik organlaridan uzluksiz qator yupqa kesimlar – mikropreparatlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda keng qo‗llaniladigan mikrotom chana tipidagisidir. Mikrotom yordamida o‗simliklardan kesim olish uchun mahsulot mahsus tayyorlannadi. Rasm oladigan (chizadigan) apparat o‗simlik to‗qimalarini (hayvon to‗qimalari va boshqa narsalarni ham) mikroskop ostidagi tasvirini chizish uchun qo‗llaniladigan asbob. Bu apparat tasvirning umumiy qiyofasini va uning tarkibiy qismlarini katta-kichikligining o‗zaro nisbatini saqlagan holda rsiga tushirishini ta‘minlaydi. SHu maqsadda asosan RA-6 rasm oluvchi proeksion asbob ishlatiladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling