O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollari
1. Okulyar va ob‘ektiv mikrometrlar haqida namalarni ayta olasiz? 80 2. Mikroskopik tahlil nima?. 3. Makroskopik tahlil nima? 4. Mikropeparat tayyorlash tartibini tushintiring? 5. Sovuq usul? 6. Issiq usul? 18-MAVZU. DORIVOR O„SIMLIKASHYOLARINI DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDARTLASH QOIDALARI (YOKI TOIFALARI) Reja 1. Dorivor o‗simliklarni standartlashtirish 2. Standartlash qoidalari yoki toifalari Tayanch iboralar: Stanlashtirish va metrologiya, Davlat qo‗mitasi (Gosstandart), (Gosplan) va Gosstandart, Davlat standartlari – GOST, Soha standartlari – OST, Ittifoq respublikalarning standartlari – RST, Korxona stadarti – STP Dorivor o„simliklarni standartlashtirish. Standarlashtirish – bir sohaning faoliyatini tartiblash maqsadida hamma manfaatdor bo‗lgan taraflar foydasiga xizmat qiladigan qonunlar to‗plami va bu qonunlarni ular ishtirokida qo‗llashdir. Fan va texnika taraqqiyotiga hamda ilg‗or tajribalarga asoslangan holda standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlatish, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan majburiy normalar, talablar va qoidalarni davlat korxonalariga, muassalarga, tashkilot vaidoralarga rejali ravishda tatbiq etish bilan halq xo‗jaligini idora qilishda katta ximat qiladi. Bu majburiy talablar, normalar va qoidalar tegishli normativ-texnik hujjatlarda keltiriladi. Dorivor o‗simliklarni standarlashtirish bo‗yicha normativ texnik xujjatlar ma‘lum tartibda ishlabchiqilgan va vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan ayrim sohalarda bajarilishi majbur bo‗lgan norma, talablar, qoidalar majmuasini o‗rgatadi. Halq xo‗jaligining hamma sohasini o‗ziga olgan Davlat standartlash tizimi Sobiq Ittifoqda 1925 yili tuzilgan. Hozirgi vaqtda bu tizimga quyidagi idoralar kiradi: 1. barcha standlashtirish takshilotlari va ularning bo‗limlari; 2. halq xo‗jalik tarmoqaridagi stanlashtirish bo‗limlari; 3. respublikamizdagi stanlashtirish bo‗limlari Stanlashtirish va metrologiyaga rahbarlik qiluvchi davlat tashkiloti – standartlar bo‗yicha Davlat qo‗mitasi (Gosstandart) joriy etilgan. Gosstandartning asosiy vazifalari: 1. standartlash taraqqiyotining asosiy yo‗nalishini aniqlash, ilmiy metodik va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, tarmoqlararo sanoat mahsulotlari va metrologiyani bir xil qilish; 81 2. standartlashtirish tizimini va metrologiyani takomillashtirish; 3. mahsulot sifatining ko‗rsatichini standartlash (ishlab chiqarish, qabul qilish va tahlili bo‗yicha); 4. standartlarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularga rioya qilish bo‗yicha davlat nazoratini bajarish. Barcha vilotalarda standartlashtirish faoliyatiga Davlat plan komissiyaga (Gosplan) va Gosstandart respublika boshqarmasi rahbarlik qiladi. Halq xo‗jalik tarmoqlarida esa bu ishlarga Vazirliklarning yoki boshqarmalarning standartlashtirish bo‗limi o‗zlariga biriktirigan shu sohadagi xizmatchilarga metodik-takshiliy rahbarilk ko‗rsatadi. Sog‗liqni saqlash Vazirligida standartlashtirish bo‗yicha ishlarni ilmiy- texnik boshqarmasi koordinatsiyalaydi. Dorivor vositalar va dorivor o‗simliklar mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlarni tayyorlash va qayta ko‗rib chiqish ishlarini Sog‗liqni saqlash Vazirligining Farmakopeya qo‗mitasi boshqaradi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling