O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117
Nazorat savollari 
1. 
Standarlashtirish deganda nimani tushinasiz
2. 
Gosstandartning asosiy vazifalari
3. 
Davlat standartlari – GOST nima? 
4. 
Soha standartlari – OST nima?
5. 
Ittifoq respublikalarning standartlari – RST nima?
6. 
Korxona stadarti – STP nima? 
 
 
19-MAVZU. DORIVOR VOSITALAR VA DORIVOR O„SIMLIK 
MAHSULOTLARIGA TUZILADIGAN NORMATIV-TEXNIK 
HUJJATLAR 
Reja 
1. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlariga tuziladigan normativ-texnik hujjatlar 
2. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlari haqiqiyligini belgilash 
3. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlarini mikrokimyoviy taxlil qilish 
Tayanch iboralar: Davlat standartlari – GOST, Farmakopeya maqolasi – 
FS, vaqtincha farmakopeya maqolasi – VFS va soha standarti – OST (ilmiy-txnik 
atamalar, umumiy texnik hujjatlar, texnologik normalar, qabul qilish qoidalari
belgilash, markalash, saqlash, transportlarda jo‗natish qoidalari va boshqalar). 
 
Dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlariga tuziladigan 
normativ-texnik hujjatlar quyiagilar: 
Davlat standartlari – GOST, Farmakopeya maqolasi – FS, vaqtincha 
farmakopeya maqolasi – VFS va soha standarti – OST (ilmiy-txnik atamalar, 
umumiy texnik hujjatlar, texnologik normalar, qabul qilish qoidalari, belgilash, 
markalash, saqlash, transportlarda jo‗natish qoidalari va boshqalar). 
GOST – ko‗p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda halq xo‗jaligining 
hamma tarmoqlarida ishlatiladigan o‗simlik mahsulotlari uchun tuziladi va 
Gosstandart tomonidan tasdiqlanadi. 
FS – Sog‗liqni saqlash Vazirligi tomonidan tibbiyot sohasida ishlatishga 
ruxsat etilgan, ko‗plab, seriyalab ishlab chiqariladigan dorivor vositalar va dorivor 
o‗simlik mahsulotlariga tuziladi, hamda Sog‗liqni saqlash Vazirliginig ilmiy-texnik 
boshqarmasining boshlig‗i tomonidan tasdiqlanadi. 
VFS – Sog‗liqni saqlash Vazirligining Farmakologiya qo‗mitasi tomonidan 


83 
tibbiyot sohasida ishlatishga tavsiya etilgan, keyinchalik ko‗plab chiqarishga 
mo‗ljalangan yangi dorivor vositalarning sanoatda birinchi chiqarilgan nusxalari va 
dorivor o‗simliklarni yangi turlariga tasdiqlanadi. VFS qisqa, lekin 3 yildan ziyod 
bo‗lmagan muddatga tasdiqlanadi. 
VFS va FS lar davlat standartlariga (GOST ga) tenglashtirilgan. SHuning 
uchun dorivor vositalar va dorivor o‗simliklar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, 
nazorat qiladigan va ishlatadigan hamma korxona, muassasalar va idoralar FS va 
VFS talablariga itoat etishlari majburiydir. 
Qadimdan keng miqyosda ishlab kelinayotgan, kasalliklarni davolashda 
katta ahamiyata ega bo‗lgan, o‗z qimmatini yo‗qotmaydigan dorivor vositalar va 
dorivor o‗simlik mahsulotlariga tuzilgan farmokopeya maqolasi Davlat 
farmakopeyasidan o‗rin oladi. Davlat farmakopeyasida bulardan tashqari yana utrli 
maqolalar (fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, dorilar 
tahlilidan ishlatiladigan raektivlar, indikatorlar, asosblar, idishlar va boshqalar 
to‗g‗risida) bo‗lib, ular qonuniy mazmunga ega. SHuning uchun Davlat 
farmakopeyasining dorivor vositalar va dorivor o‗simlik mahsulotlariga insbatan 
talabalarni bajarish respublika hududida ularni ishlab chiqaruvchi, nazorat 
qiluvchi, saqlovchi va ishlatuvchi korxona muassasa va idoralarga majburiydir. 
Davlat farmakopeyasi va marmakopeya maqolasi vaqt-vatqida qaytadan 
ko‗rib chiqiladi va yangidan tasdiqlanadi, eskilari esa o‗z kuchini yo‗qotadi. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlariga tuzilgan hamma normativ-texnik xujjatlar 
(FS, VFS, GOST va boshqalar) bir xil tuzilishga ega hamda ulardan keltirilgan 
ma‘ulmot ham bir xil tirtibda bayon etilgan. 
Maqolaning sarlavhasida dorivor o‗simlik mahsulotining lotin, rus va 
davlat tilida nomi beriladi. 
Kirish qismida mahsulotni qanday o‗simlikdan (yovvoyi holda o‗sadigan 
yoki o‗stiriladigan) va qachon tayyorlanganligi (yig‗ish davri yoki o‗simlikning 
o‗sish bosqichi), o‗simlik va oilasining ruchsa ham lotincha nomlari keltiriladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling