O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Tahlil uchun namuna olish va tahlil etish


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117
 
28-rasm. Tahlil uchun namuna olish va tahlil etish 
Dorivor 
o„simlik 
mahsulotlarini 
haqiqiyligini 
aniqlashda 
mikrokimyoviy taxlil. Dorivor o‗simlik mahsulotining haqiqiyligini aniqlashda 
gistokimyoviy raeksiyalar qo‗shimcha ma‘lumot beradi. Ulardan tashqari 
gistokimyoviy reaksiyalar yordamida kimyoviy moddalarning xujayra va 
to‗qimalarda to‗planish joylarini aniqlash mumkin. Bu esa o‗simlik mahsulotlarini 
ishlatishga oid amaliy masallarni hal qilishda ahamiyatlidir. 
Gistokimyoviy reaksiyalar juda kam miqdordagi moddalarni ham 
aniqlashga yordam berishi tufayli, bu ishni olib borilganda ehtiyotkorlikka va toza 
ishlashga amal kilish kerak. Gistokimyoviy reaksiyalar o‗ziga xos bo‗lgani uchun 
tekshirilayotgan ob‘ektdan shu reaksiyani beruvchi boshqa moddalar oldindan 
ajratib olingan bo‗ladi. 
Gistokimyoviy reaksiya uchun tayyorrlanayotgan kesim juda yupqa 
bo‗lishi shart emas, 2-3 xujayra qalinligida bo‗lishi kerak. 
YAna shuni qayd etish kerakki, kam miqdorda aniqlanayotgan moddaga 
juda oz miqdorda reaktiv ta‘sir ettirish kerak. Gistokimyoviy reaksiyalarda 
ishlatiladigan ko‗p reaksiyalar tug‗un bo‗lmaganni uchun ular yangi tayyorlanishi 
va alohida saqlanishi lozim. 
Gistokimyoviy reaksiyalar xo‗l va maxsus usul bilan saqlangan o‗simlik 
kesimida olib boraladi. Agar reaksiya natijasida biror moddaning to‗planish joyini 
emas, faqat uning borligini aniqlash kerak bo‗lsa, u holda reaksiya maydalangan 
quruq o‗simlikda (qirindi, kukun) olib boriladi va reaksiyani mikrokimyoviy 
reaksiya deb ataladi. 
Reaktivning xarakteri va ta‘siri etish vaqtiga qarab reaksiyasi buyum 
oynachasida, soat oynasida yoki byuksda olib boriladi. Uning natijasida mikroskop 


86 
ostida oldin kichik, keyin katta ob‘ektivda ko‗riladi. Ko‗pgina gistokimyoviy 
reaksiyalarni tezlikda olib borish va kuzatish lozim bo‗ladi, aks holda o‗simlik 
to‗qimalari reaktiv tasirida parchalanib ketishi mumkin. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling