O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOg„ochlangan kletchatkaga reaksiya.
- Kraxmalga reaksiya.
- Inulinga reaksiya.
Sellyulozaga reaksiya. 1. Rux-xlor-yod bilan reaksiya. Buyum
oynachasidagi 1 tomchi suvga kesimni to‗g‗ri joylashtirib, suvni filьtr qog‗ozi bilan torib olinadi va kesimga 1 tomchi xlor-sink-yod reaktivi tomizilib qoplagich oyna bilan berkitiladi va mikroskopda ko‗riladi. Haqiqiyssellyulozadan tashkil topgan xujayra devori ko‗k-binafsha rangga bo‗yaladi. YOg„ochlangan kletchatkaga reaksiya. 1 Floroglyusin va xlorid kislotasi bilan reaksiya. Kesimni buyum oynachasidagi floroglyusinning 1% li spirtli eritmasiga joylashtiriladi, keyin filьtr qog‗ozi yordamida reaktiv shimilib olinadi va kesimga 1 tomchi konsentrlangan xlorid kislotasi tomiziladi, 1-2 daqiqa o‗tgandan keyin 1 tomchi xloralgidart solib qoplagich oyna bilan berkitiladi va mikroskopni kichik ob‘ektivida ko‗riadi. YOg‗ochlangan xujayra devorlari yog‗ochlanish darajasiga qarab pushti rangdan to to‗q qizil ranggacha bo‗yaladi. 2. Safronin bilan reaksiya. Kesimni byuks yoki soat oynachasidagi safroninning 50% li spirtdagi 1% li eritmasiga joylashtiriladi. 30 dqiqa o‗tgach uni oldin 50% li spirt bilan keyin kislota saqlagan spirt bilan yuviladi, to‗qimaning yog‗ochlanmagan qismida safroninni yuvib chiqariladi. Keyin bo‗yalgan kesim buyum oynachasidagi glitseringa joylashtirilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda yog‗ochlangan xujayra devorlari qizil rangga bo‗yaladi. Kraxmalga reaksiya. Tekshirilayotgan kesim yoki kukunini buyum oynachasidagi Lyugol eritmasiga (yodning kaliy yodiddagi eritmasi) joylashtiriladi va qoplagich oyna bilan ektilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda kraxmal donachalari ko‗k yoki ko‗k-binafsha rangga bo‗yaladi. Preparatni qizdirish rangning yo‗qolishiga olib boradi. Inulinga reaksiya. Tekshirilayotgan o‗simlik kesimining bo‗lakchasi (xo‗l holatda ) bir necha kunga 70% li spirtga solib qo‗yiladi va undan tayyorlangan kesim spirtda yoki glitserinda mikroskop ostida ko‗riladi. Bunda ninicha shaklli kristallardan tashkil topgan inulinni sferokristallari ko‗rinadi. Inulin, kraxmal va qandning borligini Molish reaksiyasi bilan ham naqlasa bo‗ladi. Buning uchun kesim buyum oynachasidagi naftol (yoki timolni) spirtadig 10-20% li eritmasiga joylashtiriladi, ustiga 1 tomchi konsentrlangan sulьfat kislota tomizib, qoplagich oyna bilan bektiladi va mikroskopda ko‗riladi. Bunda uglevodlar (inulin, kraxmal, qand) qizil-binafsha yoki zarg‗aldoq-qizil rangga bo‗yaladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling