O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


So‘ngra FS ning bo‘limlari boshlanadi


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117
So‘ngra FS ning bo‘limlari boshlanadi: 
“Tashqi belgilari” bo‗limida butun, qirqilgan, kukun (poroshok) holidagi 
mahsulotga xos bo‗lgan morfologik belgilari hamda mahsulotning hidi va mazasi 
(zaharli bo‗lmagan mahsulotlar uchun) beriladi. 
“Mikroskopiya” bo‗limida mahsulotning anatomik tuzilishdagi o‗ziga xos 
tashxisiy belgilar keltiriladi hamda mikroskopik taxlil vaqtida bajariladigan 
mkrokimyoviy reaksiyalar beriladi. 
“Sifat reaksiyalar” bo‗limida mahsulot biologik moddalarga xos va 
mahsulotning chinligini aniqlashda ahamiyatli reaksiyalar, xromatografik taxlil 
hamda ularni bajarish usullari beriladi. 
“Sonli ko„rsatkichlar” bo‗limida mahsulotda bo‗lishi kerak bo‗lgan 
biologik faol moddalar va ruxsat etiladigan (namlik, umumiy kul, 10% xlorid 
kislotada eritmaydigan kul hamda aralashmalar) shu o‗simlikning boshqa qismlari 
(nuqsonli mahsulot, organik va mineral aralashmalar va boshqalar) miqdorlari 
keltiriladi. 
“Miqdoriy aniqlash” bo‗limida mahsulotning asosiy ta‘sir etuvchi 


84 
bioloigk faol moddasining (yoki biologik faolligini) aniqlash usullari to‗liq 
keltiriladi yoki shu usullar Davlat farmakopeyasining qaysi qismida berilganligi 
ko‗rsatiladi. 
“Joylash” – qadoq qilish bo‗limida qanday idishda (qop, yashik, quti, 
xatacha va boshqalar) mahsulotning qanchadan joylashtirilganligi keltiriladi. 
“Markalash” (belgi qo‗yish), “Transportda jo„natish” va “Saqlash” 
bo‗limlarida dorivor o‗simlik mahsulotlarining transport vositalarida jo‗natish 
paytida markalashda ishlatiladigan bo‗yoqlarga hamda mahsulotni omborlarda va 
dorixonalarda saqlash vatida bajariladigan talablar keltiriladi (yukorida yoritilgan). 
Dorivor o„simlik mahsulotlari haqiqiyligini aniqlash va tahlil qilish. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlarini tahlil qilish ularni haqiqiyligini (o‗z 
nomlariga to‗g‗ri kelishini) aniqlashdan boshlanadi. Bunda xom ashyo 
mahsulotining o‗z nomiga mos kelishi, tarkibidagi biologik faol moddalarning 
miqdorini va mahsulotni normativ-texnik hujjat talablariga javob berishi to‗g‗risida 
fikr yuritiladi. SHuning uchun dorivor o‗simlik xom ashyo mahsulotlarini tahlil 
qilish, ularning haqiqiyligini aniqlashdan boshlanadi, so‗ngra esa yuqori sifatliligi 
to‗g‗risida fikr yuritiladi. 
Mahsulotlarning hiqiqiyligini aniqlash ularni qaysi holatda tahlilga 
yuborilganligiga qarab turli usullar bilan olib boriladi. Dorivor o‗simlik 
mahsulotlari omborlarga va dorixonalarga maydalanmagan – butun, ma‘lum katta-
kichiklikda qirqilgan va maydalab kukunga aylantirilgan holatlarda keltiriladi. 
Demak, shu holatda ular tahlilga ham yuboriladi. 
Agar mahsulotlar butun, qirqilmagan holda tahlilga yuborilgan bo‗lsa, 
ularning haqiqiyligi faqat tashqi ko‗rinishiga qarab – morfologik, yani 
makroskopik usuli bilan, yirik qirqilgan bo‗lsa – asosan makroskopik va qisman 
annatomik tuzilishi bo‗yicha, ya‘ni mikroskopik usul yordamida, bordi-yu dorivor 
o‗simlik mahsulotlari mayda qirqilgan yoki kukunga – poroshkka aylantirilgan 
bo‗lsa, faqat mikroskopik usul bilan aniqlanadi. 
Mahsulotlar tahlilida mikrokimyoviy va ba‘zi biologik faol moddalarga 
qilinadigan kimyoviy reaksiyalar ular haqiqiyligini aniqlashga yordam beradi. 


85 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling