O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOg„larga reaksiya.
- Efir moylariga reaksiya.
SHilliq moddalarga reaksiya. a). Tush bilan reaksiya, tekshirilayotgan
mahsulot kukunini buyum oynachasidagi qora tushning suvdagi eritmasiga (1:10) joylashtiriladi va qoplagich oyna bilan berkitilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda qora fonda shilliq modda saqlovchi xujayralar oq dog‗ shaklida ko‗rinadi. b). Metilen ko„ki bilan reaksiya: kesim buyum oynachasidagi metilen ko‗kining spitrdagi eritmasiga (1:5000) bir necha daqiqaga joylashtiriladi va keyin glitserin solib mikroskopda ko‗riladi. Bunda shilliq moddalar havo rangga bo‗yaladi. 87 v). Mis sulьfat va ishqor bilan reaksiya: kesimni buyum oynachasida 5-10 daqiqaga mis sulьfatning konsentrlangan eritmasiga joylashtiriladi, keyin suv bilan yuviladi va unga kaliy ishqorining 50% li eritmasi tomiziladi. Bunda shilliq moddalar havo rang yoki yashil rangga bo‗yaladi. YOg„larga reaksiya. Sudan bilan reaksiya: kesimni Sudan III eritmasiga 1 kun davomida solib qo‗yiladi va mikroskopda ko‗riladi. YOg‗ tomchilari zarg‗aldoq-qizil rangga bo‗yaladi. Bu reaksiyani efir moylari, smolalar va o‗simlikning boshqa moddalari bergani uchun yog‗larga uncha xos emas. SHu sababli yog‗lar borligi yana sovunlanish reaksiyasi bilan aniqlanadi. Rozentaler usulida sovunlash: kesim buyum oynachasidagi kaliy ishqorining 15% li eritmasiga joylashtiriladi va bir oz qizdiriladi. Bir necha daqiqadan keyin yog‗ kislotalarining tuzlari (sovun) nina shaklidagi kristallar holida ko‗rinadi. Efir moylariga reaksiya. Efir moylari Sudan III bilan yog‗lar kabi aniqlanadi. Efir moylarini yog‗lardan va smolalardan farqlash uchun tekshirilayotgan preparatni bin necha daqiqaga metilen ko‗kning suvdagi eritmasiga (0,1 g metilen ko‗kni 500 ml suvda eritiladi) joylashtiriladi va uni suvda yoki mikroskop ostida ko‗riladi. Bunda efir moylari ko‗k rangga bo‗yaladi. Efir moylarini borligini aniqlash uchun boshqa usullardan ham foydalaniladi. Preparatni suv bilan qizdirilganda efir moylari uchib ketadi va bo‗yovchi reaktivlar bilan qizdirilganda efir moylari uchib ketadi va bo‗yovchi reaktivlar bilan reaksiya bermaydi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling