O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117
Sellyulozaga reaksiya. 1. Rux-xlor-yod bilan reaksiya. Buyum 
oynachasidagi 1 tomchi suvga kesimni to‗g‗ri joylashtirib, suvni filьtr qog‗ozi 
bilan torib olinadi va kesimga 1 tomchi xlor-sink-yod reaktivi tomizilib qoplagich 
oyna bilan berkitiladi va mikroskopda ko‗riladi. Haqiqiyssellyulozadan tashkil 
topgan xujayra devori ko‗k-binafsha rangga bo‗yaladi. 
YOg„ochlangan kletchatkaga reaksiya. 1 Floroglyusin va xlorid kislotasi 
bilan reaksiya. Kesimni buyum oynachasidagi floroglyusinning 1% li spirtli 
eritmasiga joylashtiriladi, keyin filьtr qog‗ozi yordamida reaktiv shimilib olinadi 
va kesimga 1 tomchi konsentrlangan xlorid kislotasi tomiziladi, 1-2 daqiqa 
o‗tgandan keyin 1 tomchi xloralgidart solib qoplagich oyna bilan berkitiladi va 
mikroskopni kichik ob‘ektivida ko‗riadi. YOg‗ochlangan xujayra devorlari 
yog‗ochlanish darajasiga qarab pushti rangdan to to‗q qizil ranggacha bo‗yaladi. 
2. Safronin bilan reaksiya. Kesimni byuks yoki soat oynachasidagi 
safroninning 50% li spirtdagi 1% li eritmasiga joylashtiriladi. 30 dqiqa o‗tgach uni 
oldin 50% li spirt bilan keyin kislota saqlagan spirt bilan yuviladi, to‗qimaning 
yog‗ochlanmagan qismida safroninni yuvib chiqariladi. Keyin bo‗yalgan kesim 
buyum oynachasidagi glitseringa joylashtirilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda 
yog‗ochlangan xujayra devorlari qizil rangga bo‗yaladi. 
Kraxmalga reaksiya. Tekshirilayotgan kesim yoki kukunini buyum 
oynachasidagi Lyugol eritmasiga (yodning kaliy yodiddagi eritmasi) joylashtiriladi 
va qoplagich oyna bilan ektilib mikroskopda ko‗riladi. Bunda kraxmal donachalari 
ko‗k yoki ko‗k-binafsha rangga bo‗yaladi. Preparatni qizdirish rangning 
yo‗qolishiga olib boradi. 
Inulinga reaksiya. Tekshirilayotgan o‗simlik kesimining bo‗lakchasi (xo‗l 
holatda ) bir necha kunga 70% li spirtga solib qo‗yiladi va undan tayyorlangan 
kesim spirtda yoki glitserinda mikroskop ostida ko‗riladi. Bunda ninicha shaklli 
kristallardan tashkil topgan inulinni sferokristallari ko‗rinadi. 
Inulin, kraxmal va qandning borligini Molish reaksiyasi bilan ham naqlasa 
bo‗ladi. Buning uchun kesim buyum oynachasidagi naftol (yoki timolni) spirtadig 
10-20% li eritmasiga joylashtiriladi, ustiga 1 tomchi konsentrlangan sulьfat kislota 
tomizib, qoplagich oyna bilan bektiladi va mikroskopda ko‗riladi. Bunda 
uglevodlar (inulin, kraxmal, qand) qizil-binafsha yoki zarg‗aldoq-qizil rangga 
bo‗yaladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling